Alohida muhofaza etiladigan tabiiy hududlarni tartibini buzish


v) davlat buyurtma qo`riqxonalari


Download 35.02 Kb.
bet4/7
Sana27.03.2023
Hajmi35.02 Kb.
#1300324
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Hujjat (6)

v) davlat buyurtma qo`riqxonalari.
Qo`riqxonalardan tashqari kamayib ketayotgan o`simlik va hayvon turlarini saqlab qolish va tiklash maqsadida 10 gektar yaqin zakazniklar barpo etilgan. Masalan, Toshkent viloyatidagi Oqbuloq zakaznigi Chatqol tizmasi tarmoqlarida Oqbuloq soyi havzasida joylashgan bo`lib, maydoni 12,5 ming gektardan ortiq, uning hududida oq tirnoq ayiq, to`ng`iz, O`rta Osiyo echkisi, bo`rsiq va tosh savsari muhofaza qilinadi. Buxoro viloyatidagi tashlama suvlardan hosil bo`lgan ko`l asosida tashkil etilgan To`dako`l zakaznigida (maydoni 30 ming gektar) qishlovga uchib keluvchi yirik qushlardan - o`rdak, g`oz, birqozon, oqqush qo`riqlanadi. Dengizko`l zakaznigida ham (8620 gektar) suv qushlaridan o`rdak, g`oz, qoravoy, flamingo (qizilg`oz) kabilar himoya olingan.
Xorazm zakaznigida (maydoni 11 ming gektar) ko`l qushlari hamda sutemizuvchi hayvonlardan to`ng`iz, shoqol, tulki, bo`rsiq qo`riqlanadi. Eng janubiy - Ko`hitang zakaznigida esa (maydoni 43 ming gektar) morxo`r, Buxoro tog` qo`yi, burgut kabi hayvonlar bilan birga dunyo ahamiyatiga molik ajoyib arxeologik yodgorlik - Zarautkamar qoya yozuvlari himoya qilinadi.
1977 yil respublikada birinchi xalq xiyoboni - O`zbekiston xalq xiyoboni tashkil etildi. U Jizzax viloyatining Zomin tumani hududida, Turkiston tizmasining shimoliy yon bag`rida, dengiz sathidan 1000-4030 metr balandda joylashgan. Maydoni 47,47 gektar. Xiyobonning ajoyib iqlimli sermanzara landshaftlari aholining dam olib, xordiq chiqarish, sport turizmi mashg`ulotlari bilan shug`ullanishi uchun juda qulaydir. Unda bargli siyrak tog` o`rmonlari, butazorlar, archazorlar, subalp o`tloqlari tabiiy majmualari muhofaza qilinadi.
O`zbekiston Respublikasining "Alohida muhofaza etiladigan tabiiy hududlar to`g`risida"gi qonunining 19-moddasida davlat buyurtma qo`riqxonasi tushunchasi va bunday qo`riqxonalarni tashkil etish masalasi aniq ko`rsatilgan. Unga ko`ra, davlat buyurtma qo`riqxonalari tabiiy majmuilarni yoki ularning ayrim bo`laklarini asrash, ko`paytirish va tiklash maqsadida buyurtma qo`riqxona oldiga qo`yilgan vazifalarni bajarish uchun zarur muddatga ajratib beriladigan hududlar (akvatoriylar)dir.
Davlat buyurtma qo`riqxonalari respublika va mahalliy ahamiyatga molik bo`lishi mumkin. Buyurtma qo`riqxonalar vazifasiga ko`ra:
alohida qimmatga ega bo`lgan tabiiy landshaftlar va majmuilarni asrash va tiklash uchun mo`ljallangan landshaft (yaxlit) buyurtma qo`riqxonalarga;
qimmatli, nodir va yo`qolib borayotgan o`simliklar va jonivorlar turlarini asrab qolish va tiklash uchun mo`ljallangan biologik (botanik, zoologik) buyurtma qo`riqxonalarga;
ayrim qazilma boyliklar va ularning majmuini asrab qolish uchun mo`ljallangan paleontologik buyurtma qo`riqxonalarga;
jonsiz tabiatning qimmatli obyektlari va majmuilarini asrab qolish uchun mo`ljallangan gidrologik (botqoq, ko`l, daryo) buyurtma qo`riqxonalarga;
tabiat yaratgan nodir va noyob relyef shakllarini asrab qolish uchun mo`ljallangan geomorfologik buyurtma qo`riqxonalariga;
nodir geologik va mineralogik hosilalar va tuzilmalarni asrab qolish uchun mo`ljallangan geologik va mineralogik buyurtma qo`riqxonalarga bo`linadi.
Noyob mineral va o`zga xil geologik tuzilmalarga ega bo`lgan hamda fundamental ilmiy ahamiyatga molik geologik buyurtma qo`riqxonalarga davlat qo`riqxonasi maqomi berilishi mumkin.
Buyurtma qo`riqxonalar faoliyat muddatlari ko`rsatilmay (muddatsiz), 5 yildan ortiq muddatga (uzoq muddatli) yoki 5 yildan kam muddatga (qisqa muddatli) qilib tashkil etiladi.
Respublika ahamiyatiga molik davlat buyurtma qo`riqxonalarini O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tashkil etadi.
Mahalliy ahamiyatga molik davlat buyurtma qo`riqxonalari tabiatni muhofaza etish idoralarining taqdimiga ko`ra viloyat hokimlarining qarori bilan tashkil etiladi.
Shuningdek, davlat buyurtma qo`riqxonalarining ish tartibi ham qonunda o`z aksini topgan bo`lib, quyidagicha ifodalangan.
Davlat buyurtma qo`riqxonalari deb e'lon qilingan hududlar ularni xo`jalik maqsadlarida istifoda etayotgan yer egalari va yerdan foydalanuvchilardan tortib olinmaydi.
Yerida davlat buyurtma qo`riqxonalari tashkil etilgan korxonalar, muassasalar va tashkilotlar davlat buyurtma qo`riqxonasi belgilaydigan tartibga rioya etishlari shart.
Davlat buyurtma qo`riqxonalarining hududlarida buyurtma qo`riqxona oldiga qo`yilgan vazifalarga zid bo`lgan faoliyatning har qanaqa turi to`xtatiladi yoki cheklab qo`yiladi.
Har bir davlat buyurtma qo`riqxonasining aniq vazifalari va ish tartibining xususiyatlari O`zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qo`mitasining idoralari, yer egalari va yerdan foydalanuvchilar bilan kelishib turib ishlab chiqiladigan hamda davlat buyurtma qo`riqxonasi tashkil etish to`g`risida qaror chiqargan idora tasdiqlaydigan nizomda belgilab qo`yiladi (20-modda).


Download 35.02 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling