Alohida olingan so‘zlar va uning o‘ziga xos xususiyatlari
Alohida olingan so‘zlar va uning o‘ziga xos xususiyatlari
Download 22.42 Kb.
|
Undov so\'zlarning morfologik belgi-xususiyatlari. ( O‘.Hoshimov asarlari misolida)
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1. His – hayajon undovlar quyidagi ma’nolarni ifodalaydi
- 2. Buyruq-xitob undovlari
Alohida olingan so‘zlar va uning o‘ziga xos xususiyatlari
His–hayajon, buyruq – xitob ifodalash uchun ishlatiladigan so‘zlar undov so‘z deb ataladi. Undov so‘zlar: 1) his-hayajon: eh, oh, uh, obbo, bas, marsh, hormang, rahmat, barakalla, xayr, salom kabilardan; 2) buyruq – xitob: qurey – qurey, tu -tu, pish – pish, kisht kabi so‘zlardan iborat bo‘ladi. Undovlar boshqa so‘z turkumlaridan lug‘aviy ma’noga ega emasligi bilan farqlanadi. 1. His – hayajon undovlar quyidagi ma’nolarni ifodalaydi: 1) so‘roq: Men ham boraman, a? 2) ajablanish: Buni qarang, a! 3) kamsitish: E, shu ham ish bo‘ldi-yu. 4) qo‘rqinch: I-i, yiqilib ketaman; 5) taajjub, hayrat: Iye, keldingizmi!? 6) ishonchsizlik: Be, qo‘ysang-chi bu gapingni; 7) achinish, norozilik: Obbo, yana ish pachava, deng; 8) norozilik: E, qo‘ying-ye; 9) mamnunlik: Ehe, ishlar joyida-ku! kabilar shular jumlasidandir. 2. Buyruq-xitob undovlari biror ish-harakatni bajarishga undash yoki harakatdan to‘xtatish, tinchlantirish uchun qo‘llanadi. Bu tur undovlardan pish-pish (mushukni), beh-beh, tu-tu-tu (tovuqni), bah-bah (itni) kabi undovlar hayvon va qushlarni chaqirish uchun, hayt (hayvon-larni), pisht (mushukni), kisht (tovuqni), chuh (otni), xix (eshakni), qurey-qurey (qo‘yni) kabi undovlar hayvon va qushlarni haydash uchun ishlatilsa, dirr, tak (otni), xush, xuush (sigirni), huk (hukizni), ishsh (eshakni), chix (tuyani) kabi undovlar hayvonlarni harakatdan to‘xta-tish, tinchitish yoki harakatga undash uchun ishlatiladi. Yuqoridagilardan tashqari, ko‘rsatishni ifodalovchi huv, hu kabi so‘zlar, urf-odat bilan bog‘liq: assalomu alaykum, vaalaykum assalom, hormang, bor bo‘ling, rahmat, tashakkur, balli, barakalla, ofarin kabi so‘zlar ham undovlardir. Nutqda ba’zi mustaqil so‘zlar o‘z ma’nosini yo‘qotgan holda undovga ko‘chishi mumkin: Kel, bir miriqib dam olaylik. Undovlarda morfologik usul bilan so‘z yasalish yo‘q, biroq ulardan fe’l yasovchi qo‘shimchalar bilan so‘z yasash mumkin: dod+la, voy-voy+la, salom+lash. Undovlar tuzilishiga ko‘ra juft va takror shakllarga ega bo‘ladi: Beh-beh, oh-oh, e-voh, voy-bo‘y kabi. Undov so‘zlar gapda quyidagi kabi vazifalar bajaradi: 1) undalma vazifasida: Hoy, kim bor!? 2) degan, deb so‘zlari bilan birikib (qo‘shma fel hosil qiladi), sifatlovchi aniqlovchi, hol vazifasida: Olisdan ehe…he… degan ovoz eshitildi. Unga javoban u ham ehe…he… deb chaqirdi; 3) so‘z-gap vazifasida: – Assalomu alaykum, ustoz! –Va alaykum assalom; 4) ayrim undovlar egalik, kelishik va ko‘plik qo‘shimchalarini olib otlashadi va gapda bosh va ikkinchi darajali bo‘lak vazifalarini bajaradi. Masalan: a) ega: Shu payt uning qulog‘iga kimningdir ohi chalindi; b) kesim: Orqada qolganning holiga voy; v) qaratqich aniqlovchi: Ko‘rinar daxshatlar to‘la tush kabi, Mazlumlar ohining ko‘kda tutuni. (G‘.G‘.) So‘zlovchining o‘z fikriga bo‘lgan munosabatini, his-hayajon, haydash-chaqirishni, tovushga va holatga taqlidni bildirgan so‘zlar alohida so‘z turkumlaridir. Ular modal, undov, taqlid so‘zlar deyiladi. Mazkur so‘z turkumlari alohida lug‘aviy ma’no bildirmaydi, ammo ba’zan gap bo‘lagi vazifasini bajarishi mumkin. . Download 22.42 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling