Alohida olingan so‘zlar va uning o‘ziga xos xususiyatlari


Eh! SHahrimiz naqadar go‘zal. Obbo


Download 22.42 Kb.
bet4/4
Sana18.06.2023
Hajmi22.42 Kb.
#1555797
1   2   3   4
Bog'liq
Undov so\'zlarning morfologik belgi-xususiyatlari. ( O‘.Hoshimov asarlari misolida)

    Bu sahifa navigatsiya:
  • , chu
Eh! SHahrimiz naqadar go‘zal. Obbo, juda oshirib yubording. Bay-bay, tiling juda achchiq. Be, shunga ham xafa bo‘ldingmi?..
Mazkur undovlar kishilarning diqqatini tortish, qushlar, hayvonlar va boshqa jonivorlarni biror ishni bajarishga undash uchun ishlatiladi: hoy, allo, ey, ma, jim, marsh; kisht, chuh, chu, tu-tu, cho‘k, tek, beh-beh, mah-mah. MOtliqlar gaplashmas, har zamon-har zamon otga bir qamchi bosib, chu deb qo‘yilardi. Atrofdan beh-beh, tu-tu degan tovushlar eshtilardi.
Bunday undovlar nutqda ko‘proq deb, degan so‘zlari bilan qo‘llanadi va gapda aniqlovchi, hol vazifasida keladi.
Undov so‘zlarni to‘g‘ri va ifodali o‘qishda tinish belgilarining roli katta. Og‘zaki va yozma nutqni o‘stirishda ham undov so‘zlar o‘ziga xos o‘rin tutadi. Undov so‘zlarning uslubiy roli, undov so‘zli gap ohangi, gapni qiroat bilan o‘qishga o‘rganish bo‘yicha quyidagi amaliy ishlarni bajarish foydali:
— undov so‘zlar ishtirokida gap tuzish va undagi undov so‘zlarni izohlash;
— undov so‘zlarning boshqa so‘z turkumiga ko‘chishi (bemorlarning oh-vohlari), Mustaqil so‘zlarning undov so‘z o‘rnida ishlatilishi — (kel, bir gaplashaylik)ga misollar tanlash, matnni ifodali o‘qish, undov so‘zli gaplardagi tinish belgilarini izohlash dars samaradorligini oshiradi.
Insonning bilim faoliyati voqelikni, narsa va hodisalarni sezish va idrok qilishdan boshlanib, asta – sekin tafakkurga yetadi. Tafakkur atrof – muhitdagi voqelikni nutq yordami bilan bevosita, umumlashgan holda aks ettiruvchi psixik ( ruhiy ) jarayon, sotsial sababli bog‘lanishlarni anglashga, yangilik ochishga va bashorat qilishga yo‘naltirilgan aqliy faoliyatdir.
Tafakkurning mazmundorligi ko‘p jihatdan emotsional kechinmalarga – hayratda qolish, taajjublanish, yangilikni his qilish kabilarga bog‘liqdir. Tafakkurning moddiy asosi – so‘z.

Til sathida yuqorida ko‘rsatilgan gapning ifoda maqsadiga ko‘ra gap modellari nutq jarayonida turli variantlarda namoyon bo‘ladi. Nutq sathida esa bu variantlar yana qo‘shimcha belgilarga han ega bo‘ladi. Bu belgilardan biri so‘zlovchining his-hayajonidir.


Demak, darak, so‘roq, buyruq, istak gaplarning nutq jarayonida so‘zlovchining his-hayajonini ham ifodalashi ularni his- hayaonga aylantiradi. His-hayajonli gap undov gap deyiladi.
Undov gaplar shakliy tuzilish jihatidan ham farqlovchi belgilarga ega
bo‘ladi.
1.Undov ohangi, kuchli hayajon bilan talaffuz qilinadi;
2.Tarkibida hayajon bildiruvchi so‘zlar ishtirok etadi.
Fikr kuchli his-hayajon bilan ifodalangan gap undov gap deyiladi.
Undov gap fikrni kuchli his-hayajon bilan ifodalaydigan, kuchli ohang bilan aytiladigan gaplardir. Ular shodlik, quvonch, suyunish, qo‘rquv, tantana, taajjub, qayg‘u, afsuslanish kabi turli hissiyotlarni ifodalaydi va baland ohangda aytilishi bilan boshqa gap turlaridan farq qiladi. Yozuvda undov gapning oxirida undov belgisi qo‘yiladi.

XULOSA
Til belgisi tabiatining mutloq erkinligi borasidagi qarashlar munozarali bo‘lib, tilda buning aksini isbotlovchi holatlar ham uchrab turadi. Biroq zamonaviy tillarda bunday material yetarli emas. Til tarixida hali tovushiy ifodalanishga ega bo‘lgan mazmuniy mohiyat munosabatidan boshqacha ko‘rinishlar kuzatilmagan bois, biz til birliklarining tovushiy shakllanishi hamda mazmuni orasida muayyan mutanosiblik bor degan xulosaga keldik. Albatta, bu mutanosiblik hamma belgilarda bir xil emas, shunday belgilar mavjudki, ularda bunday mutanosiblik taraqqiyot natijasida sezilmas holga kelgan. Shuningdek, balki bunday mutanosiblikning mavjudligi belgining til taraqqiyotining qaysi davrida paydo bo‘lgani bilan ham bog‘lanar. Ammo til tarkibida shunday mutanosiblik maksimal bo‘lgan birliklar borligi ham rad etib bo‘lmaydigan dalildir. Alohida olingan so‘z turkumlari gapdagi boshqa so‘zlar bilan grammatik jihatdan aloqaga kirishmaydi. Shu xususiyatiga qarab ularni alohida olingan so‘z turkumlari deb yuritamiz. Bu so‘z turkumlari leksik ma’no ifoda etmaydi.
Download 22.42 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling