Мигрантлар ва уларнинг оила аъзолари ҳуқуқларини ҳимоя қилиш. migratsiya – insonlarning odatiy yashash joyidan xalqaro chegara orqali yoki davlat chegaralari ichida koʻchib oʻtishidir. - migratsiya – insonlarning odatiy yashash joyidan xalqaro chegara orqali yoki davlat chegaralari ichida koʻchib oʻtishidir.
- Mehnat migratsiyasi deganda, odamlarning daromad keltiradigan ishni topish maqsadida bir geografik joydan ikkinchisiga koʻchishi tushuniladi.
- Mehnat migrantlari deganda, ishga joylashish maqsadida oʻzi fuqarosi boʻlmagan mamlakatga koʻchib boradigan yoki koʻchib borgan shaxs tushuniladi.
- Noqonuniy migratsiya (Hujjatlashtirilmagan migratsiya) – kelib chiqish va boradigan mamlakatlarning tartibga solish normalaridan tashqarida sodir boʻladigan transchegaraviy harakat.
- Sirkulyar migratsiya deganda, shaxslarning rasmiy yoki norasmiy ravishda chegaralar orqali takroriy xarakterdagi vaqtinchalik koʻchishi tushuniladi.
- Migratsiya kontekstida tranzit mamlakati – bu shaxs yoki bir guruh shaxslarning har qanday sayohat davomida belgilangan mamlakatga borish yoki undan qaytish uchun kesib oʻtadigan mamlakat hisoblanadi.
Migratsiyani tartibga solishning xalqaro huquqiy mexanizmalari quyidagi elementlarni oʻz ichiga oladi: - a) aʼzo davlatlar uchun majburiy xususiyatga ega boʻlgan xalqaro shartnomalar va boshqa xalqaro-huquqiy hujjatlar (migratsiya sohasida faoliyat yurituvchi hukumatlararo tashkilotlarning ustavlari va rezolyutsiyalari);
- b) migratsiya sohasidagi aloqalarda davlatlarning qatʼiy amaliyotini namoyon qiluvchi xalqaro odatlar;
- d) migratsiya sohasiga taalluqli tavsiyaviy xususiyatga ega xalqaro-huquqiy hujjatlar (deklaratsiya va rahbariy prinsiplar);
- e) xalqaro huquq subyektlarining migratsiya sohasidagi munosabatlarining asoslarini mustahkamlovchi maxsus xalqaro-huquqiy prinsiplar;
- f) turli toifadagi migrantlarni qabul qilish, kafolatlar taqdim etish va mamlakatda boʻlish rejimlarini belgilash sohasida faoliyat yurituvchi xalqaro-huquqiy institutlar.
Do'stlaringiz bilan baham: |