Алоҳида ҳимояга мухтожлар ва заиф қатламларни ҳимоя қилиш


Migrantlar huquqlarini himoya qiluvchi xalqaro mexanizmlar


Download 25.13 Kb.
bet7/9
Sana03.12.2023
Hajmi25.13 Kb.
#1799725
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Презентация (4)

Migrantlar huquqlarini himoya qiluvchi xalqaro mexanizmlar

  • 1951-yilda tashkil etilgan Xalqaro Migratsiya Tashkiloti migratsiya sohasidagi yetakchi hukumatlararo agentlik boʻlib, hukumat, hukumatlararo va nodavlat tashkilotlar bilan yaqindan hamkorlik qiladi. XMTga 173 ta davlat aʼzo boʻlib, yana 8 ta davlat kuzatuvchi maqomiga ega. Tashkilotning 100 dan ortiq mamlakatlarda filiallari mavjud. XMTning maqsadi insonparvarlashtirish va migratsiya jarayonlarini soddalashtirishga yordam berishdir. Shu maqsadda XMT hukumatlar va migrantlarga xizmatlar hamda maslahatlar beradi.
  • XMT faoliyati migratsiyani tartibga solish boʻyicha chora-tadbirlarni soddalashtirish va insonparvarlashtirishga, migratsiya sohasida xalqaro hamkorlikni rivojlantirishga, migratsiya muammolarini amaliy yechimini topishga yordam berishga va unga muhtoj boʻlgan migrantlarga, shu jumladan qochqinlar va ichki koʻchirilganlarga gumanitar yordam koʻrsatishga qaratilgan. XMT nizomida migratsiya jarayonlari iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy rivojlanish bilan, shuningdek, odamlarning erkin harakatlanish huquqi bilan bogʻliqligi taʼkidlangan. XMTning migratsiyani tartibga solish boʻyicha faoliyati toʻrt asosiy yoʻnalishda amalga oshiriladi:
  • migratsiya va rivojlanish,
  • migratsiyani yengillashtirish,
  • migratsiyani tartibga solish,
  • majburiy migratsiya.

Migrantlar huquqini himoya qilish mexanizmini takomillashtirish O‘zbekiston Respublikasi oldida turgan ustuvor vazifalardan biri hisoblanadi. Bu borada inson huquqlari bo‘yicha milliy institutlar, jumladan, Milliy markaz qator chora-tadbirlar amalga oshirmoqda.

  • Birinchidan, migrantlar huquqi bo‘yicha ta’limni rivojlantirish yo‘nalishida O‘zbekiston Respublikasining inson huquqi sohasidagi Milliy ta’lim dasturi loyihasi ishlab chiqilib, tegishli “Yo‘l xaritasi”da migrantlar huquqi bo‘yicha davlat idoralari va tashkilotlari xodimlari uchun o‘quv kurslari tashkil qilish, “Migrantlar huquqi” darsligi, o‘quv va uslubiy qo‘llanmalar chop etish vazifasi belgilandi.
  • Ikkinchidan, migrantlar huquqi bo‘yicha xalqaro shartnomalar to‘plamini davlat tilida chop etish yuzasidan ish boshlangan, migratsiya huquqi bo‘yicha risolalar nashr etilmoqda.
  • Uchinchidan, migrantlar huquqi bo‘yicha axborot-resurs ta’minoti takomillashmoqda, Inson huquqlari bo‘yicha Milliy markazda ochilgan “Inson huquqlari uyi”da migrantlar huquqiga bag‘ishlangan nashrlar yig‘ilmoqda. Shuningdek, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlar axborot-kutubxona markazlarida tashkil etilgan “Inson huquqi sohasidagi adabiyot burchaklari”dan migrantlar huquqi bo‘yicha nashrlar joy oladi.
  • To‘rtinchidan, migrantlar huquqi bo‘yicha ilmiy tadqiqot ishlari amalga oshirilmoqda. Buning natijasi o‘laroq, 2022 yil Milliy markazda migrantlar huquqi bo‘yicha doktorlik dissertatsiyasi muvaffaqiyatli himoya qilindi. Ushbu muhim mavzuning turli jihatlarini tadqiq etishga bag‘ishlangan ilmiy, amaliy tadqiqotlar davom ettirilmoqda.
  • Beshinchidan, migrantlar huquqini ta’minlash bo‘yicha xalqaro hamkorlik ko‘lami kengaytirilmoqda. Xalqaro migratsiya tashkiloti bilan yaqin hamkorlik qilinib, ilg‘or tajribani o‘rganish maqsadida xorijiy tashriflar amalga oshirilmoqda.
  • Oltinchidan, xalqaro hamkorlikning asosiy maqsadlaridan biri sifatida migrantlarga yordam ko‘rsatish, ularning huquqini himoya qilish bo‘yicha tavsiyalar tayyorlash belgilab olingan.

Download 25.13 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling