Bugungi kunda mehnat migratsiyasini xalqaro-huquqiy tartibga solish quyidagi yoʻnalishlarda amalga oshirilmoqda: - - mehnatkash-migrantlarning huquqlarining xalqaro-huquqiy himoyasini taʼminlash;
- - mintaqaviy integratsiya tashkilotlari doirasida ishchilarning harakatlanishini huquqiy tartibga solish.
Mehnat migratsiyasini xalqaro-huquqiy tartibga solish nisbatan yangi jarayon boʻlib, har qanday holatda ham ichki davlat tartibga solishi bilan birgalikda amalga oshirilishi talab qilinadi. Xalqaro migratsiya tashkilotining migratsiya sohasiga oid atamalar maʼlumotnomasida qayd etilishicha, mehnatkashlarning koʻchish jarayonlari davlatlarning migratsiyaga oid qonunchiligi bilan tartibga solinadi va “baʼzi davlatlar oʻz fuqarolariga xorijda tashqi mehnat migratsiyasini amalga oshirish uchun qulay sharoitlar yaratish borasida faol rol” oʻynashadi. - Mehnat migratsiyasini xalqaro-huquqiy tartibga solish nisbatan yangi jarayon boʻlib, har qanday holatda ham ichki davlat tartibga solishi bilan birgalikda amalga oshirilishi talab qilinadi. Xalqaro migratsiya tashkilotining migratsiya sohasiga oid atamalar maʼlumotnomasida qayd etilishicha, mehnatkashlarning koʻchish jarayonlari davlatlarning migratsiyaga oid qonunchiligi bilan tartibga solinadi va “baʼzi davlatlar oʻz fuqarolariga xorijda tashqi mehnat migratsiyasini amalga oshirish uchun qulay sharoitlar yaratish borasida faol rol” oʻynashadi.
- Oʻz navbatida, har bir davlat oʻzining milliy qonunchiligi yordamida hududiga migrantlarning kirishi, ularning yashash tartibi, mehnat faoliyati bilan shugʻullanishi va boshqa masalalarni tartib solishda ustuvor huquqqa ega ekanligini qayd etish lozim.
- Ushbu huquq inson huquqlari boʻyicha xalqaro-huquqiy hujjatlarda maxsus taʼkidlab oʻtilgan. Fuqarolik va siyosiy huquqlar toʻgʻrisidagi paktning 12-moddasida biror bir davlat hududida qonuniy ravishda boʻlgan har bir kishi ushbu hudud doirasida erkin koʻchib yurish va yashash joyini tanlash, shuningdek har bir kishi har qanday mamlakatni, jumladan oʻz mamlakatini tark etish kabi huquqlarga ega ekanligi mustahkamlangan boʻlib, ushbu moddaning 3-bandida “davlat xavfsizligini, jamoat tartibini, aholi salomatligi yoki axloqini saqlash uchun yoki boshqalarning huquq va erkinligini saqlash uchun” yuqorida taʼkidlangan huquqlarning cheklanishini koʻzda tutuvchi qonunlarni qabul qilish imkoniyati belgilangan.
Do'stlaringiz bilan baham: |