Алоҳида ҳимояга мухтожлар ва заиф қатламларни ҳимоя қилиш
Download 25.13 Kb.
|
Презентация (4)
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1949-yilda (1952-yilda kuchga kirgan) Xalqaro mehnat tashkilotining 97-sonli Mehnatkash-migrantlar toʻgʻrisidagi konvensiyasining
Maʼlumki, har bir shaxsning mehnat qilish huquq universal xalqaro-huquqiy standart hisoblanadi. Mazkur huquqning mazmuni 1966-yilgi Iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy huquqlari toʻgʻrisidagi paktning 6-moddasida har bir insonning “ishlab mablagʻ topish imkoniyatini qamrab oladigan, erkin holda tanlanadigan yoki erkin holda rozi boʻladigan mehnat qilish huquqi” sifatida namoyon boʻladi.
Mehnat migratsiyasini xalqaro-huquqiy tartibga solish asoslarining shakllanishidagi dastlabki bosqich 1949-yilda (1952-yilda kuchga kirgan) Xalqaro mehnat tashkilotining 97-sonli Mehnatkash-migrantlar toʻgʻrisidagi konvensiyasining qabul qilinishi boʻldi. Konvensiyaning muhim ahamiyati aʼzo davlatlarning oʻz yurisdiksiyalari doirasida mehnatkash-migrantlarni chiqishi, koʻchishi va qabul qilinishini yengillashtirish uchun choralar koʻrish majburiyatiga egaligi (4-modda), ushbu toifadagi shaxslarga ish haqi, nafaqalar toʻlash, ish vaqti rejimi, taʼtillar, uy mehnati, ishga qabul qilish yoshi, kasbiy taʼlim olishi, kasaba uyushmalariga birlashishi va jamoa shartnomalarida ishtirok etishi, yashash va ijtimoiy taʼminoti, soliqqa tortish va sudlov masalalarida qabul qiluvchi mamlakatda milliy rejimni kafolatlovchi (6-modda) qoidalarining belgilanganligida namoyon boʻladi.
Download 25.13 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling