Aloqa tizimlarida qo’llaniladigan optik tola va kabellarning ahamiyati. Tolali optik uzatish tizimining tuzilishi
Tolali optik aloqa tizimlarida qo`llaniladigan optik tolalar va kabellar
Download 153.92 Kb.
|
Ta’lim vazirligi buxoro davlat universiteti
Tolali optik aloqa tizimlarida qo`llaniladigan optik tolalar va kabellar.
Optik tola xuddi koaksial juftlik tuzilishi ko`rinish srukturasiga ega bo`lib, o`z navbatida o`zak, qobig’ va muhofazalovchi qoplamdan iborat. Optik tolaning o`zagi va qobig’i shaffof materialdan tayyorlanib, uning sinish ko`rsatkichlari o`zak uchun - va qobig’ uchun - sonli qiymatlardan iborat bo`lib, unda > shart bajarilishi lozim. Optik tola bo`ylab nurlanishning tarqalish jarayonining pog’onasimon sinish ko`rsatkich profiliga ega bo`lgan optik tolada ko`rib chiqamiz. Bunday profilda - tola o`zagining sinish ko`rsatkichi bo`lib u o`zgarmas qiymatga ega. Sinish ko`rsatkich profili optik tolaning butun uzunlikdagi radiusining o`zgarishini xarakterlaydi. Magistral, mintaqaviy, mahalliy va strukturlashtirilgan kabel tarmoqlaridagi aloqa liniyalarida asosan ikkita turdagi kvarsdan tayyorlangan optik tolalar qo`llanadi; bular ko`p modali va bir modali (1.3.1 - chizma ). 1.3.1 - chizma. Optik tolaning tuzilish strukturasi: a) ko`p modali; b) bir modali: 1 - tola o`zagi, 2 - tola qobig’i, 3 - muhofozalovchi qoplamning ichki qatlami, 4 - muhofazalovchi qoplamning tashqi qatlami. Optik kabellar ishlatilish sharoitiga qarab elektr kabellari singari ikkita asosiy guruhga bo`linadi: - liniya kabellari - bino tashqarisida ya`ni binodan tashqarida bo`lgan yerlarda yotqiziluvchi vа texnik xizmat ko`rsatuvchi kabellar; - bino ichida yotqiziluvchi - bino ichida yotqiziluvchi va xizmat ko`rsatuvchi kabellar. Optik kabelning asosiy konstruktiv elementlari quyidagilardan iborat: - optik tola; - optik modul; - optik kabelning o`zagi; - qattiqlovchi elementlar; - gidrofob materiallar; - zirx qatlami; -kabel qobig’i. Tolali optik uzatish tizimlarining liniya traktini loyihalashtirishda ITU-T ning G.655 standartiga mos keluvchi Corning Cable firmasi tomonidan ishlab chiqilgan, NZDSF turidagi LEAF markali toladan foydalanish maqsadga muvofiq.Ushbu tolaning parametrlari 1.3.1-jadvalda keltirilgan. 1.3.1-jadval.
OTUT ning turli xil tasnifi mavjud, lekin asosan quyidagilar qo’llaniladi: 1.Qo’llanilayotgan kanal hosil qiluvchi uskunaga qarab OTUT quyidagilarga bo’linadi: -analog optik tolali uzatish tizimlari (AOTUT) ga. Agar kanal hosil qiluvchi uskuna garmonik eltuvchi chastotaning parametrlari (amplitudaviy, chastotaviy, fazaviy modulyatsiya va ularning kombinatsiyalari) ni yoki impulslar davriy ketma- ketligining parametrlari (amplituda- impulsli, keng- impulsli, faza- impulsli modulyatsiya va ularning kombinatsiyalari) ni modulyatsiyalashning analog usullari asosida qurilsa; - raqamli optik tolali uzatish tizimlari (ROTUT) ga. Agar kanal hosil qiluvchi uskuna impuls- kodli modulyatsiya, delta- modulyatsiya va ularning xillari asosida qurilsa, ROTUT juda keng suratda qo’llanilmoqda. 2. Optik nurlanishni modulyatsiyalash usuliga qarab, OTUT quyidagi qismlarga bo’linadi: -optik nurlanish jadalligi modulyatsiyalanadigan optik tolali uzatish tizimlariga va uning demodulyatsiyalanishiga tegishli optik tolali uzatish tizimlariga. Bu demodulyatsiyalashni ba’zan bevosita modulyatsiyalash deyilib, u ko’p ROTUT da keng suratda qo’llaniladi; -optik nurlanish ( optik eltuvchi) ni analog usullar (amplitudaviy, fazaviy, chastotaviy modulyatsiyalar va ularning kombinatsiyalari) bilan modulyatsiyalanadigan optik tolali uzatish tizimlariga. 3. Optik signalni qabul qilish va uni demodulyatsiyalash usuliga qarab, OTUT quyidagi qismlarga bo’linadi: -bevosita demodulyatsiyalaydigan yoki bevosita qabul qiladigan optik tolali uzatish tizimlariga. Bunda optik nurlanish jadalligining elektr signalga bevosita o’zgarishi sodir bo’ladi, bu signalning kuchlanishi yokitoki optik signal jadalligining o’zgarishini bir xil aks ettiradi; - kogerent optik tolali uzatish tizimlariga. Bularda optik nurlanishni modulyatsiyalash turlaridan (sinxron yoki nosinxron) qat’iy nazar, chastotani oraliq chastotada amalga oshiriladigan geterodin yoki gomodin usulda o’zgartirish qo’llaniladi. Qabul qilishning geterodin usulida fotodetektorga, chastotalioptik signal bilan bir vaqtda chastotali mahalliy geterodinning juda kuchli optik nurlanishi uzatiladi, fotodetektorning chiqishida oraliq chastota hosil bo’ladi va unda optik signalni elektr signalga navbatdagi o’zgarishi amalga oshadi. Qabul qilishning gomodin usulida qabul qilinayotgan optik nurlanish va mahalliy geterodin tebranishlarning chastotasi bir xil ( ), fazalari esa sinxronlangan bo’lishi kerak. 4. Ikki tomonlama aloqani tashkil qilish ususliga qarab, OTUT quyidagi qismlarga bolinadi: a) ikki tolali bir polosali bir kabelli uzatish tizimiga. Unda optik signallarni uzatish va qabul qilish to’lqin uzunligi bir xil bo’lgan ikki optik tola orqali amalga oshiriladi. Har bir OT ikki simli fizik zanjirga ekvivalent bo’lib, kabelning optik tolalari o’rtasida o’zaro ta’sir bo’lmaganligi sababli, turli tizimlarning uzatish va qabul qilish traktlari bir kabelli qilib tashkil qilinadi, ya’ni bunday OTUT bir kabelli bir polosali bo’ladi. Xulosa. Bitiruv malakaviy ishining kirish qismida mavzuning dolzarbligi, olib borilgan tadqiqotlarning maqsad va vazifalari aniqlangan, ishning ilmiy yangiligi va amaliy ahamiyati ko’rsatilgan. Birinchi bob tolali optik uzatish tizimining tahliliga bag’ishlangan bo’lib,mamlakatimizda optopolimerlar fizikasi va aloqa tizimlarida qo’llaniladigan optik tola va kabellarning ahamiyati, optik tola va kabellarning tuzilishi, berilganlarni uzatish tezligi axborotni birdaniga ikki yo’nalishda uzatish imkoniyati, yorug’lik to’lqinlari bir toladan bir-biriga xalaqit bermasdan tarqalish xususiyatiga egaligi, bundan tashqari optik toladan har xil qutblanishga ega bo’lgan yorug’lik signallari tarqalishi va bu optik aloqa kanalining o’tkazuvchanlik qobiliyatini ikki barobar oshirish imkoniyatlari tahlil qilingan. Download 153.92 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling