Aloqa tugunlari
Navbatchi smenalar shaxsiy tarkibini ATda navbatdagi navbatchilikni o‘tashga
Download 1.94 Mb. Pdf ko'rish
|
ALOQA TUGUNLARI
2.4. Navbatchi smenalar shaxsiy tarkibini ATda navbatdagi navbatchilikni o‘tashga tayyorlash Navbatchi smenalar shaxsiy tarkibini navbatdagi navbatchilikni o‘tashga tayyorlash JPlar navbatchi hisoblari tarkibida, AT (ATE) boshlig‘i tomonidan belgilangan tartibda, AT(ATE)da ishlab chiqiladigan savollar ro‘yxatiga va aloqa boshlig‘i tomonidan tasdiqlangan “AT navbatchi smenasi shaxsiy tarkibini tayyorlash uslubiyati”ga asosan, har smena bilan haftasiga kamida bir marotaba o‘tkaziladi. Navbatchi smenalar shaxsiy tarkibini tayyorlash jihozlangan sinflarda va aloqa o‘quv markazlarida, o‘quv (o‘quv-jangovar) texnikalardan, ko‘rgazmali qo‘llanmalardan va yo‘riqnomalardan foydalanilgan holda, guruhiy mashg‘ulotlar, individual kompleks mashqlar usullarida olib boriladi. Savollar ro‘yxati ATE boshlig‘i tomonidan tuziladi hamda har bir toifadagi mutaxassislar uchun (ularning tayyorlanganligi va navbatchilikning o‘ziga xosliklarini hisobga olgan holda) navbatchilikni olib borishda muhim bo‘lgan va yetarli darajada chuqur o‘zlashtirilmagan aniq savollarni o‘z ichiga oladi. 21 Navbatchi smena shaxslarini navbatchilikni o‘tashga tayyorlashda quyidagilar bo‘yicha bilimlari tekshirilishi shart: – funksional majburiyatlari, JP NHRlari tomonidan aloqani ta’minlashda alohida operasiyalarni bajarish bo‘yicha amaldagi me’yorlar va yo‘riqnomalar talablari; – barcha turdagi axborotlarning tasdiqlangan nazorat o‘tish muddatlari; – aloqa apparaturalari (vositalari), kanallari, traktlari, liniyalari hamda QABT va MTT vositalari uchun belgilangan ekspluatasion me’yorlar; – xavfsizlik choralari talablari. Navbatchi smena shaxslarining navbatchilikni o‘tashga tayyorgarligi va ularni o‘z vaqtida ATga jo‘natilishi uchun o‘z bo‘ysunuvida ushbu shaxslar bo‘lgan ATE boshliqlari (aloqa bo‘linmalari komandirlari) javobgardir. Download 1.94 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling