Aloqa tugunlari
JP-230 navbatchi hisob raqami quyidagilarga majbur
Download 1.94 Mb. Pdf ko'rish
|
ALOQA TUGUNLARI
- Bu sahifa navigatsiya:
- Postda yong‘in bo‘lganda
JP-230 navbatchi hisob raqami quyidagilarga majbur: Navbatchilikni qabul qilishda tekshirishga: yong‘in o‘chirish vositalarining mavjudligi va ularning sozligini; uskunalarga o‘tiladigan yo‘llarni to‘sib qo‘yuvchi begona jismlarning yo‘qligini; jangovar post xonalarida ishlab chiqarish ishlarida yong‘in xavfsizligi qoidalariga rioya qilinishini. Navbatchilikni o‘tashda: jangovar post xonalarida tozalik va tartibni saqlab turishga; yong‘in o‘chirish vositalarini tezda ishlatishga tayyor holda saqlab turishga; kavsharlash va boshqa yong‘inga xavfli ishlarni (ro‘yxat bilan belgilangan) bajarishga ruxsatnoma bo‘yicha ruxsat berishga; yoqilg‘i, moylash va lakbo‘yoq materiallarini mahkam yopiladigan qopqoqli metall qutilarda kunlik ishlatish me’yori miqdorida saqlashga; ishlar yakunlangandan so‘ng ishlab chiqarish chiqindilarini, ishlatilgan lattalarni ularning miqdoridan qat’iy nazar belgilangan joyga chiqarib tashlash. Postda yong‘in bo‘lganda: yong‘in joyi va uning tavsifi haqida aloqa tuguni (tugun elementi) navbatchisiga bildirgi berishga; aloqa tuguni (tugun elementi) navbatchisi ruxsati bilan yong‘in o‘chog‘ida joylashgan elektr jihozlarni o‘chirishga; yong‘in o‘chog‘idan va yong‘in xavf solayotgan xonalardan portlashni keltirib chiqaruvchi yengil o‘t oluvchi va yonuvchi suyuqliklarni tezda chiqarishga; alanganing va tutunning boshqa xonalarga o‘tib, tarqalib ketmasligining oldini olish bo‘yicha choralar ko‘rishga; o‘zida mavjud, bor bo‘lgan yong‘in o‘chirish vositalaridan foydalangan holda yong‘inni o‘chirishga kirishishga; yong‘in o‘chirish komandasi yetib kelganda ularni bo‘lishi mumkin bo‘lgan xavflardan ogoh etgan holda yong‘in o‘chog‘iga kuzatib borishga; yong‘in o‘chog‘idan talofat ko‘rganlarni, hujjatlarni va mol-mulkni evakuasiya qilishni tashkil etishga va qatnashishga; yong‘in bartaraf qilingandan so‘ng jihozlarning ishlash qobiliyatini tiklash chora tadbirlarini ko‘rishga. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling