Aloqa va ulanishsiz aloqa


Download 44.91 Kb.
bet4/8
Sana11.01.2023
Hajmi44.91 Kb.
#1089553
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
komp44

Aloqa tizimi 
Aloqa tizimi ATm – qo‘shinlar, kuchlar va qurollarni boshqaruv tizimining tashkil etuvchi qismi bo‘lib, u qo‘yilgan vazifa, joy va harakat vaqti bo‘yicha o‘zaro bog‘langan va kelishilgan aloqa tugunlari (AT), liniyalari va stansiyalarning yig‘insidir. 
Qo‘shinlarni boshqarishni ta’minlash maqsadida ular yagona reja asosida yoyiladi. 
Aloqa tizimi quyidagilarni ta’minlashi lozim: 
har qanday quroldan foydalangan holda jang harakatlarini olib borish vaqtida boshqarish punktlari orasida yuqori darajadagi ishonchlilik bilan axborotning o‘z vaqtida almashuvi; 
turli aloqa vositalarining dushman radiobosqinchiligiga qarshi turish va texnik imkoniyatlardan to‘liq holda foydalanish. 
Birlashma aloqa tizimi tashkiliy jihatdan quyidagilarni o‘z ichiga oladi: o‘z birlashmasi va bo‘ysundirilgan qism (bo‘linma) boshqarish punktining aloqa tuguni BP AT;
yordamchi aloqa tugunlari;
retranslyatsiya punktlari;
boshqarish punktlari orasida to‘g‘ri chiziqli aloqa liniyalari
FPA stansiyasi; 
aloqa harakatlanish vositalari yo‘nalishi, aloqa boshqarish punktlari; texnik taminlash organlari va qo‘shinlarni avtomatlashtirilgan boshqarish tizimlari (QABT), shuningdek zahira kuchlari aloqa vositalari. 
Aloqa tizimi asosini BP AT hamda ular orasida qurilgan (yoyilgan) aloqa liniyalari tashkil etadi. 
Harbiy okruglar aloqa tizimi tarkibiga quyidagilar kiradi: BP AT tayanch tizimi va yordamchi AT, to‘g‘ri o‘qli va rokadali ko‘p kanalli aloqa liniyalari;
BP orasida aloqaning to‘g‘ri chiziqli liniyalari (yo‘nalishlari);
BP AT ning tayanch tizimiga bog‘lanish liniyalari;
FPA tarmog‘i;
aloqa kuchlari va vositalari zahirasi shuningdek aloqani boshqarish tizimi va texnik ta’minot tizimi va QABT. 
Aloqa tizimi statsionar (qo‘zg‘almas) va harakatchan bo‘lishi mumkin. 
Statsionar aloqa tizimi - statsionar tugunlar va aloqa liniyalari asosida qurilgan tizimdir. Dala aloqa tizimi - dala tugunlari va aloqa liniyalari asosida yoyilgan tizimdir. 
Aloqa tizimi komandir va shtablar doimiy joyda bo‘lganida ham, harakatda bo‘lganida ham qo‘shinlarni boshqarish zaruratini ta’minlashi lozim. 


Download 44.91 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling