Aloqa va ulanishsiz aloqa


Aloqa tizimiga qo‘yiladigan talablar


Download 44.91 Kb.
bet7/8
Sana11.01.2023
Hajmi44.91 Kb.
#1089553
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
komp44

Aloqa tizimiga qo‘yiladigan talablar 
Aloqa tizimlari (ATm) qo‘shinlar, kuch va vositalarni boshqarishga doimo tayyor, yuqori chidamli, harakatchan, yetarlicha o‘tkazish qobiliyatiga ega bo‘lishi hamda razvedhimoya talablariga javob berishi lozim. 

Yuqori darajadagi jangovar tayyorgarlik harbiy aloqa tizimining joriy holatidan o‘tish zarur bo‘lgan holatga o‘z vaqtida o‘tishni ta’minlash qobiliyati bilan ifodalanadi. Bunda aloqa qo‘shinlari va tizimlarning tayyorgarligi ular yordamida boshqarishi ko‘zlangan qo‘shinlarning tayyorgarligiga qaraganda yuqoriroq bo‘lishi zarur. 
Bunga quyidagi yo‘llar bilan erishiladi: 
aloqa bo‘linmalari va qismlarini jangovar vazifalarni bajarishga doimo shay holda ushlab turish, aloqa tizimlarini oldindan tayyorlash va ularni uzluksiz mukammallashtirib borish; 
aloqa tizimlarini yuqori jangovar tayyorgarlikka o‘tishi bo‘yicha tizimlashgan mashg‘ulotlar o‘tkazish: 
aloqa tugunlari, stansiyalar va liniyalarda jangovar navbatchilikni aniq tashkil etish; 
aloqa o‘rnatish va rejalashtirish bo‘yicha qarorlarni o‘z vaqtida qabul qilish; 
aloqa qo‘shinlarining bilim darajasi va dala sharoitida ko‘nikmalarining yuqori bo‘lishi; 
aloqa vositalarining amaliy tatbiq etilishga texnik tayyor bo‘lish, shaxsiy tarkibning esa ko‘yilgan vazifalarni bajarishga doimo tayyor turishi; 
xavf tug‘ilgan vaqtda safarbarlik bo‘yicha yuqori tayyorlarligi, aloqa qismlarining tarqatilishiga tayyor turish; 
shaxsiy tarkibning intizomi, sergakligi va ma’naviy-ruhiy tayyorgarligi yuqori darajada bo‘lishi, aloqani qat’iy va uzluksiz boshqarish. 

Aloqa tizimining chidamliligi – aloqa tizimining har qanday faktorlar ta’siri ostida ham qo‘shinlar va qurollarni boshqara olish qobiliyatidir. U quyidatilar bilan aniqlanadi: 
yashovchanlik; 
xalaqitlarga chidamlilik; 
aloqa tizimi vositalari, komplekslari va elementlarining ishonchliligi. 

Chidamlilikning yuqorida keltirilgan tashkil etuvchilarining har biri aloqa…tizimiga ta’sir etuvchi o‘zining faktor guruhlarini inobatga oladi. 




Yashovchanlik dushman quroli yo‘qotish omillarining aloqa tizimiga ko‘rsatadigan ta’siri bilan ifodalanadi, halaqitga chidamlilik aloqa tizimining barcha turdagi halaqitlarga qarshi turish qobiliyatini belgilaydi, shu bilan bir qatorda texnik va ekspluatatsiya faktorlarini inobatga oladi. 
Aloqa tizimi chidamliligining asosiy ko‘rsatkichi sifatida buzilishsiz ishlash koeffitsienti va buzilishsiz ishlash o‘rtacha vaqti olinadi. 
Aloqa tizimi hamda elementlarining chidamliligi axborotning o‘z vaqtida uzatilishiga bevosita ta’sir ko‘rsatadi. Shuning uchun aloqa yo‘nalishining chidamliligiga bo‘lgan talab turlicha hajm va ahamiyatlikda bo‘lgan xabarlar o‘z vaqtida, ishonchli va maxfiy uzatilishidan kelib chikqan holda qo‘yiladi. 
Ahamiyatiga qarab aloqa ko‘shinlari uch guruhni tashkil qiladi: 
birinchi guruhga motoo‘qchi, tank batalonlari, alohida raketa divizionlari, artilleriya bo‘linmalari tarafga o‘rnatilgan aloqa yo‘nalishlari kiradi; 
ikkinchi guruhga birlashma qo‘mondonlik punkti QP (IQP) tomonidan birlashma qismlari, zaxiradagi hamda front orti boshqaruv punkti FOBP tarafga o‘tkazilgan aloqa yo‘nalishlari; 
uchinchi guruhga esa birlashma FOBP dan chiqqan aloqa yo‘nalishlari kiradi. 


Download 44.91 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling