Aloqa va ulanishsiz aloqa


Aloqa tizimining asosiy elementlarini


Download 44.91 Kb.
bet5/8
Sana11.01.2023
Hajmi44.91 Kb.
#1089553
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
komp44

Aloqa tizimining asosiy elementlarini ko‘rib chiqamiz. 

 Aloqa tugunlari 
BP aloqa tugunlari (AT) aloqa tizimining muhim elementlaridandir. Ular qo‘shinlarni boshqarish maqsadida aloqa vositalarining kompleks vositalaridan samarali foydalanishni ta’minlaydilar. Aloqa tugunlarini qurish tamoyillari bilan bog‘liq masalalar keyingi bo‘limlarda ko‘rib chiqiladi. 

Aloqa liniyalari 
Aloqa tizimining tugunlari va stansiyalari turli vositalar bilan tashkil qilingan aloqa liniyalari bilan bog‘lanadi. Aloqa liniyalarini qurish uslublari boshqaruv zaruriyati, aloqa kuchlari va vositalarining mavjudligi, jangovar vaziyat shartlari va boshqa sabablar bilan belgilanadi. Aloqa liniyalari radiovositalar, radioreleyli, troposfera aloqasi, kosmik aloqa va simli aloqa vositalari, hamda feld’eger-pochta aloqasi yordamida tashkil qilinishi mumkin. 
Aloqa liniyasi AL - aloqa tizimi elementi bo‘lib, umumiy tarqalish muhitiga, chiziqli yoki (va) antenna machtali qurilmalarga, hamda ularga xizmat ko‘rsatish kuch va vositalariga ega bo‘lgan kanallar va guruhli traktlarni tashkil qilishni ta’minlaydi
Turli (radio, radioreleyli, simli, harakatlanuvchi) aloqa vositalaridan tuzilgan va boshqarish punktlarining ikkita aloqa tuguni (yordamchi tugunlar) orasida aloqani tiklashga mo‘ljallangan liniyalar yig‘indisi aloqa yo‘nalishini tashkil etadi. 
Aloqa liniyalari quyidagilarga bo‘linadi: 
jihozlanishi, ekspluatatsiya shartlariga ko‘ra - statsionar va dala aloqa liniyalari; 

foydalanilgan vositalarga ko‘ra – radio, radioreleyli, troposfera va kosmik, simli (havo va kabelli) aloqa liniyalari: 


aloqa tizimidagi vazifasiga ko‘ra - o‘qli, rokadali, chiziqli aloqa, bog‘lanish, ulanish, masofadan boshqarish va abonent aloqa liniyalari. 
Qo‘shilmalarda (qismlarda) asosan to‘g‘ri chiziqli, ulanish, abonent, masofadan boshqarish liniyalaridan foydalaniladi. 
Statsionar aloqa liniyalari tinchlik va urush vaqtida aloqani ta’minlash maqsadida oldindan quriladi. 
Dala aloqa liniyalari jangovar harakatlar (o‘quv, manyovrlar) vaqtida aloqani ta’minlash maqsadida quriladi. Ularni qurish uchun radioreleyli, troposfera, kosmik va simli aloqa vositalaridan foydalaniladi. Dala aloqa liniyalari yuqori darajadagi mustahkamlikka, razvedhimoyaga va o‘tkazish qobiliyatiga ega bo‘lishlari kerak. Bu quyidagicha amalga oshiriladi: 
aloqa qismlari va bo‘linmalarning yuqori tayyorgarligi bilan; 
aloqa liniyalaridan ularning taktiktexnik tasniflari va vaziyat shartlariga mos holda foydalanish bilan; 
maxfiylashtirish qurilmalaridan keng foydalanish bilan: 
qurilmalarni ishchi holatda saqlash bilan; 
aloqa liniyasini o‘t ta’siridan va dushman radiohalaqitlari ta’siridan himoyani, qo‘riqlash va mudofaasini tashkil qilish bilan. 
Dala aloqa liniyalarini qurish, ishlatish yoki foydalanish va texnik xizmat ko‘rsatish aloqa qismlari va bo‘linmalari orqali amalga oshiriladi. 
To‘g‘ri chiziqli aloqa liniyalari BP AT orasida radio, radioreleyli, troposfera, kosmik va simli (kabelli) aloqa vositalaridan foydalangan holda quriladi. Chetki stansiyalar orasida to‘g‘ri chiziqli aloqa liniyalarini qurish imkoni bo‘lmaganda, retranslyatsiya (qayta qabul qilish va uzatish) stansiyalari (punktlari) qurilishi mumkin. 
Bog‘lanish liniyalari BP AT bilan birlashma (davlat) aloqa tarmog‘iga tegishli tayanch tarmog‘ining tayanch tugunlari (bog‘lanish tugunlari) orasida quriladi. Umumqo‘shin va raketa qo‘shinlari BP ATning bog‘lanishi yuqori shtabning kuch va vositalari bilan amalga oshiriladi, qo‘shin turlari qo‘shilmalari va qismlari hamda maxsus qo‘shilmalarda esa - shaxsiy kuch va vositalar bilan amalga oshiriladi. 
Aloqa tuguni elementlarini o‘zaro ulash uchun ulanish liniyalari quriladi. 
Abonent liniyalari abonentning chetki aloqa vositalari bilan AT orasida quriladi. 



Download 44.91 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling