Aloqa va ulanishsiz aloqa


Download 44.91 Kb.
bet6/8
Sana11.01.2023
Hajmi44.91 Kb.
#1089553
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
komp44

Aloqa qo‘shinlari 
Aloqa qo‘shinlari harbiy qo‘shinlarni boshqarish uchun zarur bo‘lgan aloqa tizimlarini yoyish va ularni ishga tushirishga mo‘ljallangan. Ularga shuningdek QABT vositalarini ekspluatatsiya qilish, aloqa xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha texnik va tashkiliy tadbirlarni tashkil qilish vazifalari yuklanadi. 
Aloqa qo‘shinlari quyidagilardan tashkil topgan: brigada, alohida batalonlar, guruh, garnizon aloqa tugunlari, aloqa xavfsizligini nazorat qilish tugunlari, feld’egerpochta aloqasi tugunlari. Aloqa qo‘shinlari o‘z ichiga tugun, liniya va boshqaruv bo‘linmalarini, FPA, aloqa xavfsizligi va texnik ta’minot xizmatlarini oladi. 
Tugun qism (bo‘linma)lari quyidagi vazifalarni bajaradi: harakatdagi va boshqarish punktlari orasida aloqa tugunlarini; boshqarish punktlari orasida to‘g‘ri chiziqli radio va kosmik aloqa liniyalarini; BP ATning tayanch aloqa tarmog‘iga radioreleyli, kabelli, troposferali liniyalarini yoyish va ishga tushirish.
Chiziqli va boshqaruvchi aloqa bo‘linmalari o‘z tarkibida ko‘p kanalli radioreleyli, troposfera va simli aloqa vositalariga ega bo‘lgan holda aloqaning o‘q va rokada liniyalarini, tayanch va yordamchi aloqa tugunlarini, boshqarish punkti ATlarini aloqa tarmog‘iga ulovchi bog‘lanish liniyalarini, o‘z qo‘l ostidagi qism (bo‘linma)lar tomoniga to‘g‘ri chiziqli aloqa liniyalarini quradilar. Aloqa yo‘nalishining chiziqli bo‘linmalari radiostansiyalar maxfiylashgan avtomatik aloqa MAA (ZAS) apparatxonalariga ega. FPA bo‘linmalari qo‘shinlarga maxfiy va xizmat hujjatlarini, davriy nashrlar, boshqa bosma nashrlar va pochta jo‘natmalarini yetkazish uchun xizmat qiladi. 
Aloqa xavfsizligi bo‘linmalari birlashma, qo‘shilma, qism shtablari tomonidan, hamda aloqa ko‘shinlari, qismlari va bo‘linmalari tomonidan radiomaskirovka va MAA qurilmalaridan foydalanish talablari, qo‘shinlarni maxfiy boshqarish qoidalari va aloqa xavfsizligini ta’minlovchi boshqa hujjatlarning bajarilishini nazorat qiladilar. 
Aloqani va QABTni ta’minlovchi qism (bo‘linma)lar, tashkilotlar, avtomatlashtirilgan boshqarish kurilmalarini, sarflanadigan va ekspluatatsiya qilinadigan materiallar bilan ta’minlaydi, shuningdek aloqa vositalari va QABT ishdan chiqqanda ularni tiklash (ta’mirlash) hamda ishga tushirish bo‘iicha ham tadbirlarni bajaradilar. 
Aloqa bo‘linmalari maxsus qo‘shinlar, qo‘shin turlari, maxsus qo‘shin, xo‘jalik, texnik ta’minlash qismlari tarkibida bo‘ladi. Ular aloqa vzvodlari, guruhlari va seksiyalariga bo‘linadilar. Ularning tuzilishi va aloqa vositalari bilan ta’minlanishi tegishli ko‘shilma (qism)ning tashkiliy holati bilan aniqlanadi. 

Download 44.91 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling