Aluminiy gidroksidning olinishi va xossalari


Alyuminiyning birikmalari


Download 28.38 Kb.
bet4/6
Sana06.04.2023
Hajmi28.38 Kb.
#1330854
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
ALUMINIY GIDROKSIDNING OLINISHI VA XOSSALARI

Alyuminiyning birikmalari.
Aluminiy o’zining barcha birikmalarida +3 oksidlanish darajasini namoyon qiladi. Al2O3 ning bir necha shakl o’zgarishlari mavjud. Bulardan eng muhimlari alfa- Al2O3 va gamma- Al2O3. alfa- Al2O3 nihoyatda barqaror va u korund mineralini hosil qiladi. Korund oq rangli kristall modda u romboedrik panjarada kristallanadi. Uning qattiqligi Moos shkalasida 9 ga teng (olmosniki 10 ga teng). Korund 20460C da suyuqlanadi. Al2O3 ning hosil bo’lish entalpiyasi H0 = - 1676 kJ/mol. Shuning uchun aluminiy juda ko’p metal oksidlaridan metalni qaytaradi:
8Al + 3Fe3O4 = 4Al2O3 + 9Fe + 3326kJ [2. 345-b]
Korund kimyoviy reagentlar ta’siriga nihoyatda jidamli modda. Xira korunddan jilvir, tigel pechlarining astarlari va boshqa o’tga chidamli buyumlar tayyorlanadi.
Jilvir uchun kerakli korund, boksitlarni elektr pechda qizdirish yo’li bilan olinadi.
Tiniq korund (yoqut ko’rinishida) kuchli nur chiqaruvchi lazerlarning tarkibiy qismi uchun ishlatiladi. Kuchli lazerdan chiqqan ignasimon yorug’lik dastasi bir necha million kPa ga teng yorug’lik bosimini yaratadi. Bular yordamida qattiq tog’ jinslarini teshish kabi ishlarni bajarish mumkin. Xozirgi vaqta yoqut ham suni’y usulda olinadi. (buning uchun kukun holidagi Al2Obilan xrom oksid aralashmasi qizdirib suyuqlantiriladi).
a-Al2O3 kubsimon panjarada kristillanadi, u yaxshi adsorbent (yani boshqa
moddalarni o’ziga singdiruvchi) sifatida xromotografiyada ishlatiladi.
Alyuminiy (I) oksid Al2O uchuvchan modda bo’lib, alyuminiy bilan Al203 aralashmasi yuqori temperaturada qizdirilganda hosil bo’ladi.
NaAlO2 – natriy metaalyuminat deb yuritiladi. Magniy metaalyuminat Mg(AlO2)tabiatda shpinel nomli mineral tarzida uchraydi.
Al3+ ioni kichik radiusli va katta zaryadli bo’lgani uchun, kuchli qutblovchi tasir ko’rsatadi. Shu sababli alyuminiy tuzlari eritmalarda suv molekulalari bilan birga kristanlanadi, maslan:
Al2(SO4)3*18H2O; Al(NO3)3*9H2O; AlCl3*6H2O.
Alyuminiy tuzlari rangsiz, suvda yaxshi eriydi(fosfat va silikatlari erimaydi). Ularning ba’zilari, chunonchi Al2S3, Al(CH3COO)3, to’liq gidrolizlanadi. Kuchli kislotalarning alyuminiy tuzlari (alyuminiy sulfat, alyuminiy nitrat) ham suvda gidrolizlanadi, ular kislotali reaksiya namoyon qiladi, masalan:
Al2(SO4)+ 2H2O = H2S04+ 2Al(OH)SO4
Alyuminiy sulfat suvni tozalashda qog’oz ishlab chiqarishda va boshqa sohalarda ishlatiladi.
Agar alyuminiy sulfat eritmasiga K2SOyoki (NH4)SO4 qo’shib , hosil bo’lgan aralash eritma bug’latilsa, kaliyli yoki ammoniyli achchiqtosh kristallanadi. Achchiqtoshlar
kaliy, ammoniy va alyuminiy sulfatlardan iborat qo’shaloq tuzlaridir:
K2SO4*Al2(SO4)3*24H2O va (NH4)SO4*Al2(SO4)3*24H2O
Achchiqtoshlar sanoatda, tibbiyotda, qandoatchlikda ishlatiladi.
Alyminiy xlorid AlCl3(yoki Al2Cl6)-ko’pincha organik sintezlarda katalizator sifatida ishlatiladi.
Alyuminiyning bir qancha organik birikmalari ma’lum. Masalan, trietilalyuminiy Al(C2H5)3 etilendan polietilen olishda katalizator sifatida ishlatiladi.

Download 28.38 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling