Amalga oshirish tartibi
Elektron savdolar uchun ro‘yxatdan o‘tish tartibi
Download 0.77 Mb. Pdf ko'rish
|
ELEKTRON DO‘KON ORQALI DAVLAT XARIDLARINI AMALGA OSHIRISH TARTIBI
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1-расм 2-расм
- 3-расм 4-расм
2. Elektron savdolar uchun ro‘yxatdan o‘tish tartibi
Davlat xaridlarida byudjet va korporativ buyurtmachilari ishtirok etishadi. Byudjet buyurtmachisi elektron davlat xaridlari tizimida birja va Moliya vazirligi bilan yo‘lga qo‘yilgan axborot almashinuvi orqali avtomatik tarzda ro‘yxatdan o‘tkaziladi. Byudjet buyurtmachisi davlat xaridlari tizimida ro‘yxatdan o‘tgandan keyin, tashkilot nomiga birjaning Hisob-kitob kliring palatasida hisob varaq ochiladi. Korporativ buyurtmachi elektron davlat xaridlari tizimida ro‘yxatdan o‘tish uchun davlat xaridlari bo‘yicha maxsus portal – xarid.uz saytiga kiradi. Xarid.uz saytining o‘ng tomon tepa qismidagi “Ro‘yxatdan o‘tish” tugmasi bosiladi. 1-rasm) Birjaning barcha savdo platformalarida ro‘yxatdan o‘tishni ko‘zda tutuvchi sahifasida “Elektron raqamli imzo bilan” doirasiga belgi qo‘yiladi.(2-rasm) 1-расм 2-расм Davlat xaridlaridagi korporativ buyurtmachi tanlanadi. Oferta bilan tanishib chiqilgandan so‘ng, “qabul qilaman” katagiga belgi qo‘yiladi va“Ro‘yxatdan o‘tish” tugmasi bosiladi.(3-4 rasm) Ochilgan keyingi sahifada so‘ralgan ma’lumotlar kataklari to‘ldiriladi va belgi qo‘yilib, “Jo‘natish” tugmasi bosiladi.(5-rasm) 3-расм 4-расм Shu bilan ro‘yxatdan o‘tish jarayoni tugaydi va mijozga Hisob-kitob kliring palatasida hisobvaraq ochiladi. Korporativ buyurtmachi Hisob-kitob kliring palatasidagi ikkilamchi hisobvarag‘iga lot joylashtirishdan avval 0,15% komission yig‘im va boshlang‘ich narxdan 3% avans to‘lovini kiritishi lozim. Byudjet buyurtmachisi ham shu miqdordagi avans to‘lovini Hisob-kitob kliring palatasining Moliya vazirligi g‘aznachiligidagi maxsus shaxsiy hisob varag‘iga o‘tkazadi. Byudjet buyurtmachilari uchun –shop.uzex.uz 5-расм Elektron davlat xaridlari bo‘yicha kelgusidagi barcha operatsiyalar Elektron raqamli imzodan foydalangan holda buyurtmachining shaxsiy kabineti orqali amalga oshiriladi. Korporativ buyurtmachilar uchun – eshop.uzex.uz |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling