Amalga oshirish tartibi
Buyurtmachi shaxsiy kabinetga kirgach birinchi navbatda kelgusida
Download 0.77 Mb. Pdf ko'rish
|
ELEKTRON DO‘KON ORQALI DAVLAT XARIDLARINI AMALGA OSHIRISH TARTIBI
- Bu sahifa navigatsiya:
- 3. Elektron do‘konda tovarni tanlash va savdo mexanizmi
- Korporativ buyurtmachi Elektron do‘kon
Buyurtmachi shaxsiy kabinetga kirgach birinchi navbatda kelgusida
amalga oshiriladigan xaridlar to‘g‘risidagi reja javdalni joylashtiradi. Buning uchun “E’LON JOYLASHTIRISH” tugmasi bosiladi va “Reja jadval” bandini tanlash lozim.(6-rasm) Reja jadvalda quyidagi qatorlar to‘ldiriladi: - Mavsum (yil yoki chorak) - Tovar kategoriyasi - Buyurtma nomi - Tovar miqdori - O‘lchov birligi - Savdo o‘tkazilish oyi - Moliyalashtirish manbai 3. Elektron do‘konda tovarni tanlash va savdo mexanizmi Elektron do‘kon orqali xaridlarni amalga oshirish uchun xarid qilinadigan tovar va xizmatlar narxi bo‘yicha talablar belgilangan: 6-расм Xarid turi Xarid predmeti Byudjet buyurtmachisi Korporativ buyurtmachi Elektron do‘kon tovar 25 BHM gacha 250 BHM gacha Bir yilda 2500 BHM dan ortiq bo‘lmagan ish, xizmat 25 BHM gacha 25 BHM gacha Tovarlar bo‘yicha byudjet buyurtmachilari uchun bazoviy hisoblash miqdorining 25 barobariga, korporativ buyurtmachilar uchun bazoviy hisoblash miqdorining 250 barobariga teng bo‘lgan miqdorda xaridlarni amalga oshirish mumkin. Buyurtmachi bir yil ichida bazoviy hisoblash miqdorining 2500 barobarigacha . Ish yoki xizmat bo‘yicha byudjet buyurtmachilar ham, korporativ buyurtmachilar ham bazoviy hisoblash miqdorining 25 barobariga teng bo‘lgan miqdordagi xaridni amalga oshirishlari mumkin. Elektron do‘kondatovarni tanlash uchun elektron raqamli imzoyordamida shaxsiy kabinetga kirish lozim.Zarur tovarni “Tovarlar katalogi” bo‘limi orqali filtrdan foydalangan holda tanlash mumkin.(7-8 rasm) 7-расм Quyidagi parametrlarga ko‘ra qidiruvni amalga oshirish mumkin: - Tovar raqami - Tovar kategoriyasi - Tovar nomi - Tovarni etkazib berish hududi - O‘rtacha narx berish orqali - Tovar sonini ko‘rsatish orqali - Ishlab chiqarilgan mamlakat Buyurtmachi Elektron do‘konda zarur tovar tanlangach, mazkur lotning barcha parametrlariva shartlari bilan sinchiklab tanishib chiqishi kerak. Agar tovar barcha talablarga mos kelsa, siz narxlar so‘rovi mexanizmini faollashtirishingiz mumkin. (9-rasm) 8-расм - Tovar etkazib berish hududi - Tovar etkazib berish tumani tanlanadi - Zarur partiya miqdori kiritiladi - Hisob raqam aniqlanadi - Harajatlar moddasi tanlanadi (byudjet buyurtmachilari uchun) - “NARXLAR SO‘ROVI” tugmasi bosilib mexanizmfaollashtiriladi. Mazkur mexanizm ishga tushirilganidan so‘ng: - Elektron tizim byudjet buyurtmachisi bo‘yicha zarur mablag‘lar mavjudligini tasdiqlash uchun talab etilayotgan to‘lovlar so‘rovnomasini avtomatik tarzda Moliya vazirligining G‘aznachiligiga yuboradi. 9-расм - G‘aznachilik tomonidan mablag‘lar mavjudligi tasdiqlanganidan keyin, byudjet buyurtmachisi avans to‘lovini kiritadi va savdo boshlanadi. - Savdolar jaryonida ishtirokchilar 48 soat mobaynida lot bo‘yicha o‘z takliflarini berishlari mumkin.(10-rasm) - 48 soat yakunlangach buyurtmachi va eng arzon narx taklif etgan ishtirokchi o‘rtasida elektron shartnoma shakllanadi.(11-rasm) Download 0.77 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling