Amalgaoshirish


Download 229.46 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/4
Sana02.11.2023
Hajmi229.46 Kb.
#1739267
1   2   3   4
Bog'liq
S.Saidaliyev maqola

qomusiy darajasi so‘zlarning to‘g‘ri ma’nosinigina emas, balki har bir so‘zning 
«dunyosiga» kirib borishni talabetadi. Budarajaga yetish, bir so‘z bilan ifodalanishi 
mumkin bo‘lgan barcha ma’nolarni yoki bir ma’noni bildiruvchi barcha so‘zlarni 
egallash demakdir. Mana shu darajadagi inson tilni mukammal bilgan hisoblanadi. 
Sanab o‘tilgan talablarga qanchalik amal qilish, shaxsning qay darajadagi tilsohibi 
ekanini ko‘rsatadi. [8] 
Muloqot qachon, qayerda, qaysi mavzuda, kim bilan bo‘lishidan 
cho‘chimaydigan, o‘zini erkin tutadigan, fikrlarini og‘zaki va yozma shaklda bemalol 
ifoda eta oladigan insonlarni bilimdon tilsohibi deya olamiz. Bunday inson o‘z 
barkamolligi bilan jamiyat ravnaqigasezilarli hissa qo‘sha oladi. 
Hozirgi davrda chet tillarni o‘rgatish jarayonida kommunikativ layoqatni 
shakllantirish asosiy maqsad hisoblanadi. Til muloqot qilish maqsadida o‘rganiladi. 
Ta’lim tizimida o‘quvchilarning kommunikativ kobiliyatiniri vojlanirishga alohida 
e’tibor qaratilmoqda. Maktablarda hamda o‘rta maxsus o‘quv yurtlarida ta’limning 
kommunikativ tamoyilini barcha o‘quv fanlariga joriy etishni ko‘zda tutuvchi 
standartlar hamda dasturlar sinovdan o‘tkazilmoqda. [9]Bu ta’lim standartlari 
amaldagi standartlardan o‘quvchilarni bilim olish bilan gina cheklanmasdan,
ularda yig‘ilgan bilim, ko‘nikma va malakalarni tajriba da qo‘llay olish qobiliyatini 
rivojlan tirishga qaratilganligi bilan farq qiladi. Bunda kommunikativ layoqat 
alohida ahamiyat kasb etadi. O‘quvchi tushunishi, bilish ibilan bir qatorda


tushuntira olishi ham lozim. Yangi dasturlarda axborot bilan ishlashga e’tibor 
kuchaytirilgan. Har bir o‘quvchi kuchayib borayotgan axborot oqimidan o‘zi uchun 
zarurini tanlab, undan unumli foydalana bilmog‘I kerak. 
Ko‘zda tutilayotgan o‘zgarishlar o‘quvchilarni hayotga tayyorlashda samaralik 
o‘mak beradi. Ta’lim tizimida fan yo‘nalishlari bo‘yicha berilayotgan nazariy 
bilimlarni amalda qo‘llay bilish kommunikativ qobiliyat bilan uzviy bog‘liq. 
Ushbu qobiliyatni tarbiyalash va takomillashtirish qatormasalarni hal qilishni 
taqozo etadi.[11] 

Download 229.46 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling