Amalgaoshirish


Download 229.46 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/4
Sana02.11.2023
Hajmi229.46 Kb.
#1739267
  1   2   3   4
Bog'liq
S.Saidaliyev maqola



UDK 30 428 
CHET TIL TA’LIMIDA KOMMUNIKATIV TAMOYILNI 
AMALGAOSHIRISH 
Saidumar Saydaliev,
pedagogika fanlari nomzodi, professor, 
Namangan davlat universiteti,
Tel :+99 696 30 49 
 
Annotatsiya: Maqolada muloqotning inson hayotidagi ahamiyati, til bilish 
darajalari,til sohibi va uning xususiyatlari, kommunikatsiya va uning verbal va 
noverbal turlari haqida fikr bayon qilingan. 
Kalitso‘zlar: muloqot, tilbilish,til sohibi, nutqmadaniyati, verbal, noverbal 
Аннотация:В статьеизлагаецяознаcҳении коммуникации в жизне cҳеловека, 
степенизнанияязыка, насителеязыкаи егохарактеристики,а так жевер бальной и
невер бальной коммуникации. 
Клюcҳавыеслова:коммуникация,знаниеязыка,носительязыка, 
культураречи, 
вербальный, невербальный 
Annotation: The article deals with the importance of communication in human life, 
the degree of knowledge of the language, the native of the language and its 
characteristics, as well as verbal and non-verbal communication. 
Keywords: communication, knowledge of the language, native speaker, culture of 
speech, verbal, non-verbal 
Inson o‘zoldiga qo‘ygan barcha va zifalarni til yordamida muloqot qilish orqali 
hal qiladi,yoqimli muloqot qila bilish esa qadim zamonlardan san’at hisoblanadi. 
Hayotda duch kelinadigan muammolarni hal qilish ko‘proq ularni muhokama 
qilish,boshqalarga tushuntirib bera olish bilan chambarchas bog‘liq. Buning uchun 
esa til bilish zarur. [1] 
Tilni mukammal o‘rganish juda oson ishdek tuyuladi, guyoki til voqea hodisalarni 
idrok etish jarayonida o‘z-o‘zidan o‘rganib qolinadigandek.Shu sababli bo‘lsak 
erak,ko‘pchilik ona tilida muloqot yuritish qobiliyatini rivojlantirish gaahamiyat 


bermaydi. Lekin turli vaziyatlarda kishilar bu ishni amalga oshirishga ojiz 
ekanliklarini sezdirib qo‘yadilar. Masalan, turli marosim va yig‘ilishlarda so‘zga 
chiquvchilar ko‘pincha cho‘chib, ikkilanib turadilar, menemas, balki falonchi 
so‘zlasa yaxshiroq bo‘larmidi, degan fikrni bildiradilar. Bunday holat bolalarda ham 
seziladi. [2] Ularga ish buyurilganda, topshiriq muloqot bilanbog‘liqb o‘lganhollarda 
«Men qanday qilib aytaman?», «Nima deyman?» - debso‘raydilar. Kattalar 
ham,bolalar ham muloqot bilan aloqador bo‘lmagan ishlarni bajarishni afzal 
ko‘radilar. Sababi, muloqot aqliy, ruhiy va boshqa bir qator qiyinchiliklarga boy 
bo‘lgan murakkab jarayonligidir. Chunki, muloqot jarayonida kishining tilni qay 
darajada bilishi yaqqol ko‘zga tashlanadi. [3] 
Afsuski, shunday mas’uliyatli vazifa – kommunikativ layoqatni boshqalarga 
taqlid qilish yo‘li bilan egallash odat tusini olgan. Ta’lim muassasalarida asosan 
muloqot vositasi hisoblanmish,tilmaterialiga e’tibor qaratiladi. Vaholangki, nutq 
madaniyatini rivojlantirish va muloqot qobiliyatini yuksaltirish alohida ahamiyatga 
ega. CHunki, shaxsning nutqiga qarab uning umumiy madaniyati, o‘qimishliligi, ish 
bilarmonlik darajasi va qator boshqa xususiyatlariga baho berish mumkin. 
Ruhshunoslarning ta’kidlashlaricha, muloqotning to‘g‘ri va unumli yuritilishi ishlab 
chiqarish unumini 20 foizgacha orttirar ekan. [4] 
Tilni to‘la egallash, o‘z navbatida, mashaqqatli va cheksiz jarayondir. Bu ishga 
astoydil bel bog‘lagan inson tilda o‘zi o‘rganishi va o‘zlashtirishi kerak bo‘lgan so‘z, 
ibora va nutq vositalarining o‘rni beqiyos ekanligini his etib boradi. Shu o‘rinda, 
chinakam til sohibi bo‘lish uchun nimalarga e’tibor qaratilmog‘I lozim, degan 
savol tug‘ilishi tabiiy. Dunyo rang-barang, ko‘p qirrali va sermazmun bo‘lgani kabi 
tilning qirralari ham turlicha namoyon bo‘ladi. Kishilarning so‘z boyligiga, chiroyli 
iboralar va o‘xshatishlardan foydalanishiga qarab ham qanday til sohibi ekanligini 
baholash mumkin. [5] 
Ba’zi kishilar yozma nutq ustasi bo‘lsalar, boshqalar og‘zaki nutqni afzal 
ko‘radilar.Shundan kelib chiqqan holda, til o‘rganuvchilarga maslahat sifatida ular 
bosib o‘tishilozim bo‘lgan bosqichlarni sanab o‘tish maqsadga muvofiqdir. 


Til bilishning lingvistik jihati til qoidalariga amalqilish darajasini egallash bilan 
bog‘liq. Til sohibining ijtimoiy-madaniydarajasi esa, asosan muloqot jarayonida 
hamsuh batning yoshi, jinsi, jamiyatdagi o‘rni va boshqa xususiyatlarini qanchalik 
inobatga olishida seziladi. Masalan, bola bilan gaplashganda qo‘llaniladigan «til»dan 
kattalar bilan muloqotda foydalanilmaydi. [6] 
Til vositalaridan nutq vaziyatiga mos ravishda foydalana bilish o‘tamuhim 
qobiliyatdir.Til sohibining nutqvaziyatiga mosravishda til birliklarini to‘g‘ri 
tanlayolishi nut qmadaniyati tarzida namoyon bo‘ladi. [7] 
Til bilishning milliy-madaniy darajasi shu tilda ifoda etiladigan urf-odat, 
udumlar,adabiy merosdan xabardor bo‘lishni taqozo etadi.Vanihoyat, til sohibining 

Download 229.46 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling