Amalgaoshirish
Kommunikatsiya - muomala, muloqat, aloqa
Download 229.46 Kb. Pdf ko'rish
|
S.Saidaliyev maqola
Kommunikatsiya - muomala, muloqat, aloqa – bu kishilar o‘rtasidagi
hamkorlik zarurati tufayli sodir bo‘ladigan ko‘p qirrali munosabatlar jarayonidir. Muomala kishilar o‘rtasidagi axborot olish va berish hamda kishilarning bir-biriga o‘zaro ta’sir qilish jarayonidir. Muomalaning asosiy vositasi til hisoblanadi. Muomala orqali kishilar amaliy va nazariy faoliyatlarini tashkillaydilar, axborot almashadilar, bir-birlarini tushunadilar, bir-birlari bilan kelishadilar, maqsadga qaratilgan harakat dasturlarini tuzadilar, bir-birlariga o‘zaro ta’sir o‘tkazadilar. Muomala jarayonida shaxslar o‘rtasidagi munosabatlar shakllanadi, yuzaga chiqadi va amalga oshadi. Muomala til vositasi bilan - verbal, yoki tilning ishtirokisiz – noverbal amalga oshirilishi mumkin.Verbal muomala jarayonida so‘z muhim o‘rin tutadi.So‘z talaffuz qilinishi, ichki nutqda takrorlanishi, yozilishi, maxsus ishoralar yordamida ifodalanishi mumkin. Nutq og‘zaki va yozma bo‘lishi, monolog yoki dialog tarzida amalga oshadi. Muomala faqat kishilar o‘rtasidagi axborot almashishdangina iborat bo‘lmay, balki kishilarning his-hayajonlarini ham qamrab oladi. Muomalaning bu tomoni noverbal kommunikatsiyani tashkil qiladi. Noverbal muomala vositalari bo‘lib imo-ishora, harakat, ohang, intonatsiya, pauza, kulgi, tabassum, ko‘zqarash, ko‘z yoshi va boshqalar hizmat qiladi. Noverbal vositalar verbal muomalani to‘ldiradi. Noverbal vositalar yordamida bir so‘zgako‘plab maьno berish mumkin. Tillarni o‘rgatishda shu til sohibiga hos bo‘lgan noverbal vositalarni ham o‘rgatish lozim. Aks holda chettil to‘la o‘zlashtirilmaydi. Chunki turli tillardagi noverbal vositalar ham so‘zlar kabi bir-biridan farq qiladi. Gapirishni o‘rgatish jarayonida talabalarni yuzma-yuz o‘tqazish ijobiy samara beradi.Muomala jarayonida til ga hos bo‘lgan noverbal vositalardan to‘g‘ri foydalanish muomala madaniyatining tarkibiy qismi hisoblanadi. Muomala me’zonlarini bilmaslik va ularni buzish odobsizlik hisoblanadi. Odobsizlik esa o‘zaro kelishmovchiliklarga olib keladi. Natijada muomala madaniyati buziladi, munosabatlar taranglashadi, salbiy natijalar kelib chiqadi va ishga putur etadi. Download 229.46 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling