Amalgaoshirish
Download 229.46 Kb. Pdf ko'rish
|
S.Saidaliyev maqola
qomusiy darajasi so‘zlarning to‘g‘ri ma’nosinigina emas, balki har bir so‘zning
«dunyosiga» kirib borishni talabetadi. Budarajaga yetish, bir so‘z bilan ifodalanishi mumkin bo‘lgan barcha ma’nolarni yoki bir ma’noni bildiruvchi barcha so‘zlarni egallash demakdir. Mana shu darajadagi inson tilni mukammal bilgan hisoblanadi. Sanab o‘tilgan talablarga qanchalik amal qilish, shaxsning qay darajadagi tilsohibi ekanini ko‘rsatadi. [8] Muloqot qachon, qayerda, qaysi mavzuda, kim bilan bo‘lishidan cho‘chimaydigan, o‘zini erkin tutadigan, fikrlarini og‘zaki va yozma shaklda bemalol ifoda eta oladigan insonlarni bilimdon tilsohibi deya olamiz. Bunday inson o‘z barkamolligi bilan jamiyat ravnaqigasezilarli hissa qo‘sha oladi. Hozirgi davrda chet tillarni o‘rgatish jarayonida kommunikativ layoqatni shakllantirish asosiy maqsad hisoblanadi. Til muloqot qilish maqsadida o‘rganiladi. Ta’lim tizimida o‘quvchilarning kommunikativ kobiliyatiniri vojlanirishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Maktablarda hamda o‘rta maxsus o‘quv yurtlarida ta’limning kommunikativ tamoyilini barcha o‘quv fanlariga joriy etishni ko‘zda tutuvchi standartlar hamda dasturlar sinovdan o‘tkazilmoqda. [9]Bu ta’lim standartlari amaldagi standartlardan o‘quvchilarni bilim olish bilan gina cheklanmasdan, ularda yig‘ilgan bilim, ko‘nikma va malakalarni tajriba da qo‘llay olish qobiliyatini rivojlan tirishga qaratilganligi bilan farq qiladi. Bunda kommunikativ layoqat alohida ahamiyat kasb etadi. O‘quvchi tushunishi, bilish ibilan bir qatorda tushuntira olishi ham lozim. Yangi dasturlarda axborot bilan ishlashga e’tibor kuchaytirilgan. Har bir o‘quvchi kuchayib borayotgan axborot oqimidan o‘zi uchun zarurini tanlab, undan unumli foydalana bilmog‘I kerak. Ko‘zda tutilayotgan o‘zgarishlar o‘quvchilarni hayotga tayyorlashda samaralik o‘mak beradi. Ta’lim tizimida fan yo‘nalishlari bo‘yicha berilayotgan nazariy bilimlarni amalda qo‘llay bilish kommunikativ qobiliyat bilan uzviy bog‘liq. Ushbu qobiliyatni tarbiyalash va takomillashtirish qatormasalarni hal qilishni taqozo etadi.[11] Download 229.46 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling