Амалий машғулот: доцент, п ф. н. М. Т. Ахмедова
Ko‘rib chiqilayotgan muammoga oid dastlabki tadqiqotlar miloddan avvalgi VI-VII asrlarga tegishli
Download 147.77 Kb.
|
2 taqdimot
- Bu sahifa navigatsiya:
- Социал конфликтларни тизимли таҳлили
Ko‘rib chiqilayotgan muammoga oid dastlabki tadqiqotlar miloddan avvalgi VI-VII asrlarga tegishliO‘sha davr Xitoy mutafakkirlarining yozishicha, barcha mavjud narsa taraqqiyotining manbai – o‘zaro munosabatlarda, materiyaga xos bo‘lgan ijobiy (Yan) va salbiy (In) tomonlarda bo‘lib, ular doimiy o‘zaro qarama-qarshilikdadir va aynan bu ularning egalari o‘rtasida konfrontatsiya(konflikt)ni keltirib chiqaradi. Qadimgi Yunonistonda qarama-qarshiliklar va ularning buyumlari yuzaga kelishidagi roli to‘g‘risidagi falsafiy ta’limot paydo bo‘ldi. Yunon faylasufi Anaksimandr – (miloddan oldingi 640-547 yillar) narsa (buyum)lar apeyron – undan qarama-qarshiliklar ajralib chiqishiga olib keladigan yagona moddiy asosning doimiy harakatidan paydo bo‘ladi deb uqtirgan. Yunon faylasufiGeraklit(miloddan oldingi VI asr oxiri - V asr boshi) harakat sabablarini ochishga, narsalar va hodisalar harakatini ziddiyatlar, qarama-qarshiliklar kurashi tufayli paydo bo‘ladigan qonuniy, zarur jarayon sifatida taqdim etishga harakat qildi. Qadimgi Rim faylasufi, notiq Mark Tulliy Sitseron(miloddan avvalgi 106-43 y.y.) yetkazilgan zarar uchun qasos olish, mamlakatga bostirib kirgan dushmanni haydash maqsadida olib boriladigan “adolatli va haq e’tiqod uchun urush” to‘g‘risidagi tezisni ilgari surdi (“Davlat to‘g‘risida”).Социал конфликтларни тизимли таҳлилиСоциал конфликтларни тизимли таҳлил қилишга биринчи бўлиб (Италия) Флоренсиялик ёзувчи Никколо Макиавелли(1469-1527) уриниб кўрди. У конфликтни инсоннинг ғаразли моҳияти, турли гуруҳларнинг доимий ва чекланмаган бойликка интилиши сабабли жамиятнинг универсал ва узлуксиз ҳолати деб ҳисоблаган. У бутун давлат ҳокимиятини ўз қўлида жамлаб олган зодагонларни конфликт манбаларидан бири деб билади. Инглиз файласуфи Френсис Бекон (1561-1626) мамлакат ичидаги социал конфликтлар тизимини биринчи бўлиб батафсил таҳлилдан ўтказди.Янги даврда Женева (Швейсария) файласуфи ва ёзувчиси Жан-Жак Руссонинг (1712-1778) бутун жаҳон тарихий жараёнининг босқичлилиги тўғрисидаги қуйидаги ғоялари кенг ёйилди:
Download 147.77 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling