Амалий машғулотлар бўйича кўрсатма ва тавсиялар Геофизик усуллар билан ҳал қилинадиган геологик масалалар


Magnit anomaliyalarini talqin qilish


Download 152.03 Kb.
bet3/21
Sana02.06.2024
Hajmi152.03 Kb.
#1833654
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21
Bog'liq
Амалий машғулотлар бўйича кўрсатма ва тавсиялар Геофизик усуллар-fayllar.org

Magnit anomaliyalarini talqin qilish
Magnit anomaliyalarini talqin qilishda anomaliyalarning tabiati, geologik ob’ektlar bilan bog‘lanishi, geologik muhitda joylanish qonuniyati va natijada maydonning geologik tuzilishi o‘rganiladi.

Talqin qilish sifatiy va miqdoriyga bo‘linadi.


Sifatiyda – kuzatilgan magnit anomaliyalarni taqsimlanishi, tasnifi, shakli, keskinligi o‘rganiladi, regional (hududiy) va lokal (mahalliy) anomaliyalarga ajratiladi. Magnit qo‘zg‘atuvchi ob’ektlarning tabiati va parametrlari tahminan baholanadi.
Sifatiy talqin qilishning asosiy usullari ko‘rinar tahlili va anomaliyalarni oddiy hisobotlar yordamida boshqa kuzatuv darajasiga (tepaga yoki pastga), magnit potensialining boshqa hosilalari qayta hisoblanadi. Bunday qayta hisobotlar transformatsiyalar deb ataladi. Ularning maqsadi bizni qiziqtiradigan maydonning xususiyatlarini ajratish va kuchaytirishdir.
Miqdoriy talqin qilishda matematik formulalar bo‘yicha hisobotlar yoki turli paletkalar yordamida magnit ko‘zg‘atuvchi jismning shakli, yotish chuqurligi, o‘lchamlari va xossalari aniqlanadi.
Miqdoriy talqin qilish magnitorazvedkaning to‘g‘ri va teskari masalalarini echish asosida o‘tkaziladi. Miqdoriy talqin qilishning uslubi kuzatilgan anomaliyaga asoslanib, tanlab olingan modelga (geologik ob’ekt sodda geometrik jismlar bilan approksimatsiyalashgan model) bir necha marta hisoblangan nazariy anomaliya kuzatilgan anomaliya bilan solishtirish usuli bilan olib boriladi.

Magnitorazvedka dalillarini sifatli talqin qilish.
Profillar va izodinama xaritalarida bitta ob’ektga tegishli anomaliyalar ajratiladi va kuzatiladi, har xil jinslar kontaktlari xolati belgilanadi, tuzilmalar konturlari kuzatiladi. Izometrik Za anomaliyalari tik magnitlangan izometrik geologik ob’ektlarga to‘g‘ri keladi; cho‘ziq izodinamalarga cho‘ziq geologik tuzilmalar va alohida qatlamlar to‘g‘ri keladi. Agar tik magnitlangan jismga maydon Za anomaliyasi bitta ishoraga ega bo‘lsa, unda bu jinslarning boshqa qutbi katta chuqurlikda yotganini bildiradi; agar jismning pastki qismining chuqurligi yuqori qismining chuqurligidan kam farq qilsa, unda yuqori qismi ta’siridan hosil bo‘lgan kuchli anomaliya atrofida pastki qutbi ta’sirida hosil bo‘lgan kuchsiz teskari ishorali maydon kuzatiladi. Kuchsiz anomaliyalarning taqsimlanish maydoni jinslarning yotish yo‘nalishini bildiradi.

Agar jismlarning magnitlanganligi qiyalik bo‘lsa, unda maydon tuzilishi murakkab bo‘ladi va grafiklar assimetrik bo‘ladi. Geomagnit maydonining vertikal tashkil etuvchisi (Z) anomaliyalarning yuqori gorizontal gradientlar uchastkalariga har xil magnit xususiyatiga ega bo‘lgan jinslar kontaktlariga to‘g‘ri keladi.


Kuzatilgan anomaliya – yig‘indi anomaliya hisoblanadi (o‘lchamlari, xususiyatlari va yotish chuqurligi har xil bo‘lgan ob’ektlar ta’sirida hosil bo‘lgan anamaliyalar to‘plami). Magnit maydonini transformatsiyalash ayrim jismlar hosil qilgan anomaliyalarni belgilash (ajratish), ma’lum bir intervaldagi chuqurlikda yotgan ob’ektlar bilan bog‘liq bo‘lgan anomaliyalarni kuchaytirish imkonini beradi.
Katta chuqurliklarda yotgan ob’ektlarga bog‘liq bo‘lgan anomaliyalarni nisbatan kuchaytirish uchun (Er yuzasiga yaqin bo‘lgan kichik chuqurliklarda joylashgan jismlar anomaliyalarini susaytirish (so‘ndirish) hisobiga) maydonning o‘rtacha qiymatini ma’lum bir doira yoki kvadrat maydoni bo‘ylab topish yoki uning yuqori yarim makon uchun qayta hisoblash usulidan foydalaniladi. Bunda o‘rtacha qiymatni hisoblash radiusi yoki qayta hisoblash balandligi qanchalik katta bo‘lsa, regional anomaliya shunchalik kuchaygan bo‘ladi, lokal (mahalliy) anomaliya shunchalik so‘ngan bo‘ladi.
Kesimning yuqori qismidagi tuzilmalar va ayrim jismlar bilan bog‘liq bo‘lgan anomaliyalarni kuchaytirish uchun magnit maydonning birinchi va ikkinchi tartibli gradientlari hamda farqli anomaliyalari hisoblanadi.
Har xil chuqurlikda yotgan ko‘zg‘atuvchi massalar ta’siridagi anomaliyalarni ajratishni maydonni chastotali saralash deb ko‘rish mumkin. Bunga o‘rtacha qiymatni va boshqa darajalarga (balandlikka) qayta hisoblash, yuqori tartibli gradientlarni hisoblash usullari kiradi.


Download 152.03 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling