Амалий машулот б´йича дарс ´тиш


Download 7.13 Mb.
bet13/20
Sana10.10.2023
Hajmi7.13 Mb.
#1697149
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   20
Bog'liq
Ўткир аппендицит

Pileflebit — chuvalchangsimon o‘simta venasi orqali infeksiyaning gematogen tarqalishi tufayli yuzaga kelgan darvoza venasi infitsirlangan trombozi. Kam uchrasada, pileflebit o‘tkir appenditsitning eng havfli va og‘ir kechuvchi asoratlaridan hisoblanib, o‘lim darajasi ushbu asorat yuz berganida 95 % ni tashkil etadi. Ma'lumki, pileflebitning sababchisi gangrenoz appenditsit. Bunda infeksiya o‘simta trombozga uchragan venalaridan proksimal yo‘nalishda yonbosh-chambar ichak tutqich venalari orqali tarqalib darvoza venasi tutqichi trombozini chaqirib, pileflebitik jigar abssesslarini keltirib chiqaradi. Klinik manzarasi o‘ziga xos tomonlari: 1. Amaliyotdan keyingi davrning birinchi kunlaridan angiogen septik belgilari mavjudligi (gipertermiya, taxikardiya, organ disfunksiyasi). 2. Jigar osti darajasidagi o‘tkir blok natijasida yuzaga keluvchi portal gipertenziya (assit, splenomegaliya, qorin old devori venalarining ko‘rinib qolishi). 3. Bartaraf etib bo‘lmaydigan ichaklar parezi klinikasi. Ob'ektiv ko‘rikda bemorning axvoti septik sindrom tufayli og‘ir. Sariqlik, organ yetishmovchiligi kuzatilishi mumkin (hansirash, taxikardiya, gipotoniya). Qoringa razm solinganida uning bir tekis kattalashgani, assit mavjudligi e'tiborni tortadi. Palpatsiyada qorinning o‘ng tarafida og‘riq yuzaga keladi, qorin parda ta'sirlanish belgilari unchalik rivojlanmagan. Splenomegaliya, jarayon jigar venalariga tarqalishi bilan esa gepatomegaliya yuzaga keladi. Pileflebit diagnotikasi uchun jigar UTT qo‘llanilib, unda ko‘plab abssesslarni, darvoza venasining kengayganligi, devorlari notekis qalinlashganligini ko‘rishimiz mumkin. Diagnozni aniqlashtirish uchun darvoza venasi dupleks skanirlash o‘tkazilinib, ko‘pincha uning trombozi belgilari aniqlanadi. Bundan tashqari UTT hamda dupleks tekshiruvi differensial diagnostika uchun kam ma'lumot bersa, jigar MSKT o‘tkaziladi. MSKT da jigar abssesslari hamda trombozga uchragan darvoza venasini aniq ko‘rish mumkin (Rasm 9).



Rasm 9. Pileflebit MSKT tasviri.


Ma'lumki, pileflebitning rivojlanishi o‘lim darajasi yuqori bo‘lgan asorat hisoblanadi. O‘lim sababi bo‘lib esa kuchayib boruvchi sepsis, poliorgan, birinchi navbatda, pileflebitik jigar abssesslari rivojlanishi oqibatida jigar yetishmovchiligi hisoblanadi. Zamonaviy xirurgiyaning ushbu kasallik davosida imkoniyatlari keskin chegaralanganligini inobatga olsak, asosiy urg‘uni pileflebit profilaktikasiga qaratishimiz zarur bo‘ladi. Shuning uchun appendektomiya vaqtida uning tutqichi tromboziga gumon qilinsa, yonbosh-chambar ichak venaga tarqalishini oldini olish maqsadida o‘simta tutqichi to‘liq olib tashlanishi muhim ahamiyat kasb etadi. Pileflebitni davolashda asosiy yo‘nalish antibakterial davoga qaratilgan bo‘ladi. Keng ta'sir doirasiga ega antibiotiklar tanlanishi lozimki, ular infeksiya o‘chog‘iga ko‘proq ta'sir etishi kerak. Asosan piperatsillin preparatlari, uchinchi avlod sefalosporinlari qo‘llaniladi. Ba'zi olimlar antibakterial vositalarni kindik venasiga yoki qorin poyasiga o‘rnatilgan kateter yordamida yuborish naf beradi deb ta'kidlaydi.


Antibakterial davoni antikoagulyantlar bilan birga qo‘shib qo‘llash antibiotikli monoterapiyadan samaraliroq hisoblanadi. Ko‘rsatmaga binoan simptomatik va dezintoksikatsion davo, parenteral oziqlantirish o‘tkaziladi.
Amaliyotdan keyingi asoratlar sarasiga appendikulyar o‘simta tutqichi cho‘ltog‘idan qon ketishi ham mansub bo‘lib, operatsiya vaqtidagi yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar yoki eroziv qonketishiga sabab bo‘luvchi davom etuvchi yallig‘lanish (nekrotik) jarayon asosiy omil hisoblanadi. Qon ketishi kinik manzarasining o‘ziga xos hususiyatlaridan o‘tkir qon yo‘qotish belgilari – bosh aylanishi, xolsizlik, ichak parezi, taxikardiya, arterial qon bosimining pasayishi, hattoki hushini yo‘qotishgacha bo‘lgan o‘zgarishlar, shuning bilan birga anemiya belgilarining namoyon bo‘lishi (gemoglobin va gemotakrit miqdorining kamayishi) ko‘zga tashlanadi. Qorin bo‘shlig‘iga o‘rnatilgan drenaj nay orqali ham ichki qon ketishini tezda payqash mumkin. Diagnostikasida, albatta umumiy qon tahlili (gemoglobin, gematokrit, qon ivish vaqti), qorin bo‘shlig‘i UTT yetarli bo‘ladi. Drenaj naydan yangi qonning ajralib chiqishi sur'ati va gemodinamik ko‘rsatkichlar miqdoriga qarab konservativ chora-tadbirlar qo‘llash mumkin (gemostatik davo) yoki ko‘p miqdorda qon ketishi belgilari yuzaga kelsa – shoshilinch qayta amaliyot bajariladi. Amaliyot hajmi qon ketish manbaini bartaraf qilish, qorin bo‘shlig‘i sanatsiyasi hamda drenajlashdan iborat. Massiv qon ketganida qorin bo‘shlig‘i to‘laqonli sanatsiyasi uchun o‘rta-o‘rta laparotomiya bajariladi. Konservativ davo naf berishini baholash davo natijasida gemodinamik o‘zgarishlarning meyorlashuvi, laborator ko‘rsatkichlari pasayishining bo‘lmasligi, UTT da qorin bo‘shlig‘idagi erkin suyuqlikning oz miqdorda bo‘lishi va uning dinamikada ko‘paymasligi, peritoneal belgilarning yo‘qligi) hamda drenaj naychadan ajralmaning to‘htashi yoki eski qon qoldiqlari ajralishi bilan kamayishi orqali amalga oshiriladi.

Download 7.13 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling