Amaliy va laboratoriya mashg’ulot ishlanmalari
Download 31.93 Kb.
|
1-13 Amaliy va laboratoriya mashg
- Bu sahifa navigatsiya:
- Qon surtmasini tayyorlash
Amaliy va laboratoriya mashg’ulot ishlanmalari: 1-AMALIY MASHG’ULOT: Qon va uning tarkibi. Qonni o’rganish usullari: gematokrit, eritrotsitlar, leykotsitlar, gemoglobinni aniqlash, qon gruppalari va rezus-omili haqida tushuncha Qonning shaklli elementlari: Darsning maqsadi: Qonning shaklli elementlari: eritrotsitlar, leykotsitlar, trombotsitlar haqida tushunchaga ega bo'lish va ularni sanash texnikasini o'rganish. Ish uchun kerakli hayvonlar vajihozlar: qishloq xo'jalik va laboratoriya hayvonlari hamda ularning qoni, qaychi, spirt, efir, qon olish uchun igna, paxta, yod eritmasi, melanjerlar (aralashtirgichlar), 3% li osh tuzi eritmasi, 3% li sirka kislotasining metilen ko'ki bilan bo'yalgan eritmasi, Goryayev sanoq kamerasi, qoplovchi oynalar, mikroskop. Qon — qizil rangli, sho‘rtak ta’mli, yopishqoq, suyuq biriktiruvchi to'qimadir. Qon, limfa va to'qima oraliq suyuqligi organizmning ichki muhitini tashkil qiladi. Organizmning barcha to'qim a va hujayralari ana shu suyuqliklarning muhitidagina me’yorda yashay oladi. O‘rtacha olganda qonning 60% ga yaqin qismini plazma, 40% ga yaqin qismini esa shaklli elementlar tashkil qiladi. Qonning shaklli elementlari, ya’ni hujayralari uch xil bo‘ladi: 1. Eritrotsitlar — qizil qon hujayralari. 2. Leykotsitlar — oq qon hujayralari. 3. Trombotsitlar — qon plastinkalari. Bu hujayralarning har qaysisi o ‘ziga xos tuzilgan bo'lib, bir qator xossa va xususiyatlarga ega, ularning organizmda bajaradigan vazifalari ham turlicha. Ularning har bir hayvonning qonidagi miqdori nisbatan doimiydir. Lekin, ularning miqdori hayvonning yoshi, jinsi, fiziologik holati, atrof-muhit sharoiti va boshqa omillar t a ’sirida o'zgarishi mumkin. Shuning uchun qonning shaklli elementlarini sanash va ularning qondagi miqdorini aniqlash katta ahamiyatga egadir. Qonning shaklli elementlari Goryayev to'rida sanaladi Qon surtmasini tayyorlash Ish tartibi: Tekshirilayotgan hayvonning quloq venasidan igna vordamida qon chiqarilib, bir tomchisi toza yog‘sizlantirilgan buyum oynachasining bir chetiga tomiziladi. Darhol yopgich oynaning silliq chekkasi bilan tomizilgan qon bir tekis qilib surtiladi va uy haroratida quritiladi. So'ngra oddiy qora qalam bilan surtmaning bir chctiga hayvonning turi, yoshi, qon olingan kun, oy va yil yoziladi. Kevin esa spirtga solib jipslashtiriladi — fiksatsiyalanadi. I Metil spirtida 3—5 daqiqa yoki spirt efirda 5—20 daqiqa). Spirtdan chiqarilib uy haroratida quritiladi. So‘ngra Azureozin bo'yog'i bilan Gimza Ramonovskiy usuli bo‘yicha 50—40 daqiqa davomida bo‘yaladi. Bo‘yoq kran ostida oqar suv bilan asta-sekin yuviladi va uy haroratida (|uritiladi. Natijada qon surtmasi tayyor bo’ladi. Download 31.93 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling