13-AMALIY MASHG’ULOT: Odamda himoya reflekslari (ko’zni yumish, nafas olish, ko’z qorachig’ining o’zgarishi)
Ishdan maqsad: ko`zni yumishga shartli refleks hosil bo`lishini kuzating.
Ish uchun kerakli jihozlar: sekundomer, elektr qo`ng`iroq, ko`zga havo purkaladigan moslama.
Ishni bajarish tartibi. Eksperementator bilan sinaluvchi kishi bir biriga qarama qarshi o`tiradi. Sinaluvchiga havo oqimi yuboriladigan nay o`rnatilgan ko`zoynak ramkasi taqiladi. Nayning uchini esa ko`zning shox qavatiga to`g`rilab qo`yiladi. Hamma narsa tayyor bo`lgach, qo`ng`iroq chalinadi va uning ovoziga ko`z yumish bilan javob berilmasligiga ishonch hosil qilinadi. Shundan keyin qo`ng`iroq chalingach 1-2 sekund o`tar o`tmas rezina nokni qisib naydan ko`zga havo purkaladi. Tajriba 15-20 sekund oralatib 5-6 marta takrorlanadi. So`ng havo oqimi yubormasdan faqat qo`ng`iroqning o`zi chalinsa ham ko`z o`z o`zidan yumilaveradi. Demak, shartli refleks hosil bo`ladi. keyin refleksni so`ndiriladi, ya`ni yo`qotiladi. Buning uchun ko`zga havo purkamasdan bir necha marta faqat qo`ng`iroqning o`zi chalinadi.
Topshiriqlar. Tajribadan xulosalar chiqaring va savollarga javob bering:
1. Shartli va shartsiz ta`sirlovchi deb nimaga aytiladi?
2. Shartli refleks deb nimaga aytiladi?
3. Shartli reflekslarni hosil qilish qoidalarini sanang.
4. Nima uchun shartli refleksni vaqtincha refleks deyiladi ?
Do'stlaringiz bilan baham: |