Amaliy antropologiya va biomexanika asoslari
Download 1.67 Mb.
|
portal.guldu.uz-AMALIY ANTR. VA BIOMEXANIKA ASOSLARI
tx= (X - M J / Me'yorlangan chetlanish qator matematik xossalariga ega. Chunki,me'yorlangan chetlanishlar ko’paytmasini yig’indisi t j / n nuldan birgacha o’zgarishi mumkin. Me'yorlangan chetlanish ko’paytmasini yig’indisi, o’rganiluvchi ikki ko’rsatgich oralig’idagi bog’lanish umuman yo'q bo’lsa, tj/n=0ga. teng; to’liq (ya'ni funktsional) bog’lanish bo’lsa, t j y /n= lga teng bo’ladi. Shuni ta'kidlash kerakki, agar bir ko’rsatgich oshib borishi bilan ikkinchi ko’rsatgich ham oshsa. o’rta me'yorlangan chetlanishlar ko’paytmasini yig’indisi plyus. agar kamaysa minus belgiga ega bo’ladi. Ikki ko’rsatgichlar oralig’idagi bog’lanish darajasini ifodalovchi. o’rta me'yorlangan chetlanishlar ko’paytmasini yig’indisi korrelyatsiya koeffitsienti bo’lgani uchun, manfiy bog'lanishlar 0 dan +/ gacha, musbat bo’lganda 0 dan -1 gacha o’zgaradi deb xulosa qilish mumkin. 0,750.... ± 0,999 oralig’idagi miqdorlarga, katta korreliyatsion bog’lanish; o’rta korrelyatsion bog’lanish deb ± 0,450 .... ± 0,749 oralig'iga; kichik korrelyatsion bog’lanishga esa - 0 .... ± 0,449 oralig’idagilar kiradi. Agar korrelyatsiya koeffitsienti nulga teng bo’lsa, ko’rsatgichlararo bog’lanish yo’q deyiladi. Umumiy tenglama bo’yicha korrelyatsiya koeffitsientini hisoblash juda ko’p mehnat talab qiladi, shuning uchun uni hisoblashda, asosiy statistik parametrlarini hisoblash kabi. moment usulidan foydalaniladi. Korrelyatsion bog’lanish darajasi va uni yo’nalishidan tashqari, bog’lanish shakli ham aniqlanadi. Shakli jixatidan bog’lanish to’g’ri. yoki egri chiziqli bo’lishi mumkin. To’g’ri chiziqli bog’lanish - bu shunday bog’lanishki, unda bir ko’rsatgichni tekis o’zgarishi ikkinchisini ham tekis o’zgarishiga sabab bo’ladi. Egri chiziqli bog’lanishda esa bir ko’rsatgich tekis o’zgarganda ikkinchisi notekis o’zgaradi. Bog’lanish darajasi. yo’nalishi va shakli to’g’risida koorelyatsiya maydon turiga qarab mulohaza qilish mumkin (2.22-rasm). Katta korrelyatsiya bo’lsa, korrelyatsiya maydoni cho’zilgan ellips shakliga ega bo’lishi 2.22-rasmdan ko’rinib turibdi. Agar bog’lanish yo’q bo’lsa, korrelyatsiya maydoni doiraga yaqinlashgan va egri chiziqli bog’lanish bo’lsa (2.22,g-rasm), korrelyatsiya maydoni noksimon shaklga ega bo’ladi. Download 1.67 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling