Amaliy antropologiya va biomexanika asoslari


-rasm. Yelka kamarining suyaklari


Download 1.67 Mb.
bet11/101
Sana30.03.2023
Hajmi1.67 Mb.
#1310342
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   101
Bog'liq
portal.guldu.uz-AMALIY ANTR. VA BIOMEXANIKA ASOSLARI

1.3-rasm. Yelka kamarining suyaklari.


a-kurak suyagi old va orqa tomonidan ko’rinishi. 1- ustki qirg’oq; 2- ustki chuqurcha; 3-tumshuqsimon o’simta; 4- akromial o ’simta; 5-lateral qirg’oq; 6- medial qirg’oq; 7- o’simta osti; 8-lateral burchak tomon yo’naltirilgan o’simta; 9- o’simta usti; 10-ustki burchak; 11-kurak osti chuqurchasi; 12- pastki burchak; 13- lateral burchak; 14- bo’g’im o’ymasi.


b-o’mrov suyagi. 15-ko’krak qismi; 16-o’mrov tanasi; 17-akromial qismi.

Lateral burchak qalinlashgan va yelka suyagining boshchasi bilan birlashuvchi bo’g’im o’yma 14 dan tashkil topgan. Bo’g’im o’ymaning usti va tagida: yelkaning ikki boshli mushagini uzun payi boshlangan, bo’g’im usti; va yelkaning uch boshli mushagini uzun payi boshlangan, bo’g’im osti kabi ikki do’ngliklar joylashgan. Kurakning qovurg’a tomoniga qaragan qismi, egilgan va kurak osti chuqurchasi 11 ni tashkil qilgan. Kurakning tashqi yuzasi qabariq va medial tomondan lateral burchak tomon yo’naltirilgan o’simta 8 mavjud. Undan teparoqda o’simta usti 9. pastda esa o’simta osti 7 chuqurchalari yotadi. Ularda shu nomlar bilan ataladigan mushaklar joylashgan. Bu o’simta paypaslanganda teri ostida oson seziladi. O’simta lateral tomonga o’tib, akromial o’simta 4 ga aylanadi. Akromial o’simta pastida mushak va boylamlar yopishgan tumshuqsimon o’simta 3 joylashgan.


O’ m г о v S shaklida egilgan suyak bo’lib, ko’krak qafasining ustida va tananing old qismida joylashganligi oson seziladi. O’mrov suyagi tana 16, ko’krak 15 va akromial 17 qismlari deb nomlanadigan ikki boshchadan iborat. Birinchi uchi qalinlashgan va to’sh suyagi bilan birlashib turuvchi bo’g’im yuzasidan; ikkinchisi esa bir oz yassilasbgan kurakning akromial o’simtasi bilan birlashgan uchlaridan tashkil topgan. O’mrovning tepa yuzasi silliq va tekis, pastki yuzasi esa boy lam va mushaklar yordamida ko’krak qafasiga va kurakka yopishgani uchun notekis, g’adir-budir bo’ladi. Kurak suyagining holatini mustaxkamlash va yelka bo’g’imini ko’krak qafasidan ma'lum masofada ushlab turish, o’mrov suyagining asosiy vazifasi hisoblanadi.


Q o’ I ni e r k i n t u r g a n q i s m i (1.4-rasm) yelka (a, b), bilak(v) va qo’l panjasining suyaklari(1.5-rasm) dan iborat.


Yelka va bilak suyaklari naysimon suyaklar turkimiga kirib, uning tanasi - diafizi, tepa va pastki uchlari - epifizlar va ular o’rtasida joylashgan metafizlar tafovut qilinadi.

17 j £tyf9Rf



T T E S I


KUTUBHONAS1



Y e l k a s u y a g i ning yuqori uchi sharsimon boshcha 10 bo’lib kurak suyagi bilan birikadi. Boshchaning qolgan qismidan unchalik chuqur bo’lmagan ariqcha 8 yordamida ajralib turadi; ana shu bo’yinchaning pastki tomonida ikkita katta 9 va kichik 1 do'mboqcha, har qaysi do’mboqchadan pastga qarab bittadan qirra 2, 7 va undan ham pastda anatomik 11, xirurgik 12 bo’yinchalar joylashgan. Mazkur suyakning tanasida qon va nerv tomirlari uchun teshikcha mavjud bo’lib, mushaklami birktirib turish uchun, uning yuzasida g’adir-budurlik 6 joylashgan.

1.4-rasm . Y elka suyagining old (a), orqa (b) tom onidan ko’rinishi; bilak suyaklari (v). I- kichik do’mboqcha; 2- kichik do’mboqcha qirrasi; 3- old toji; 4- ichki va 5-tashqi tepachalar; 6-yelka suyagi; 7- kichik do’mboqcha qirrasi; 8- ariqcha; 9- katta do’mboqcha; 10- sharsimon boshcha;





  1. - anatomik bo’yicha; 12- xirurgik bo’yincha; 13- lateral tcpacha; 14- tirsak o ’sig’i kirib turadigan chuqurcha; 15- medial tepacha; 16- tirsak o ’sig'i; 17- katta g’altaksimon bo’g’im o’ymasi; 18- old toj o’sig’i; 19- tirsak suyagi; 20- yumaloq tirsak boshi; 21- bigizsimon o ’siq; 22- bo’g’im yuzasi, 23- bilak to’piqi 24- bilak suyagi; 25- bilak o’simtasi; 26- bilak suyagining proksimal do’mboqligi; 27- bilak chuqurchasi.

Yelka suyagining pastki kengaygan uchi, ikki tomondan g’adir-budur tepacha hosil qilib tugaydi, bular medial tepacha 15 va lateral tepacha 13 lardir. Ikkala 4 va 5 tepachalar orasida bilak suyaklari bilan birlashadigan bo’g’im yuzasi joylashgan, u ikki bo’lakka ajraladi; medial tomonda ko’ndalang joylashgan va tirsak suyagi bilan birlashadigan g’altak bo’lsa, lateral tomonda bilak suyagi bilan birlashish uchun yarim sharga o’xshash bo’g’im yuzali boshcha bor. G’altakning tepasida, oldingi tomonda toj 3 ko’rinadi, unga tirsak suyagining toj o’sig’i kirib turadi. G’altakni tepasida, orqa tomonda tirsak suyagining tirsak o’sig’i kirib turadigan chuqurcha 14 bor.


Bilak suyaklari naysimon ikkita uzun suyaklardan iborat. Medial tomonda tirsak 19 suyagi, lateral tomonda esa bilak 24 suyagi joylashadi. Tirsak suyagining yuqori,



18


yo’g’on uchida yelka suyagi bilan qo’sqiladigan katta g’altaksimon bo’g’im o’ymasi 17 bo’lib, old tomonda toj o’sig’i 18 va orqa tomonda tirsak o’sig’i 16 bilan chegaralanadi: pastki uchi esa yumaloq tirsak boshi 20 va bigizsimon 21 o’siq bilan tugaydi.

Suyaklanish nuqtasi suyakning yuqori qismida 8-10 yoshlarda, pastki qismida 4-8 yoshlarda taraqqiy etadi. 16-17 yoshlarda tana (diafiz) qismi bilan suyaklanish davri boshlanadi va 20-24 yoshlarga borib batamom suyaklanib bitadi.


Bilak suyagining proksimal uchi dumaloq boshcha 26 lik bo’lib, oxirida chuqurcha 27 hosil qiladi. Bilak suyagining boshi boshqa qolgan bo’laklaridan ingichka bo’yni va o’simtasi 25 bilan ajralib turadi; distal uchi esa pastki tomoni uchburchak shaklidagi botiq bo’g’im yuzasi 22 vositasida kaft suyaklari bilan bo’g’im hosil qilib qo’sqiladi. Bilak suyaklarining tana (diafiz) lari uch qirra shaklida bo’lib, eng o’tkir qirralari bir biriga qaragan bo’ladi va bu qirralar suyaklararo qirralar deyiladi.





Download 1.67 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   101




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling