Qo’l panjasining skeleti. Qo'l panjasining skeleti (1.5-rasm) kaft usti (I), kaft (II) va barmoq (III) suyaklaridan iborat.
Kaft usti suyaklari sakkizta qisqa g’ovak suyachalardan tashkil topgan bo’lib, to’rttadan ikki qator joylashgan. Birinchi proksimal qator qayiqsimon 3, yarimoysimon 5, uch qirrali 6 va no’xotsimon 7 suyaklaridan iborat. Ikkinchi distal qator esa kata 1, kichik 2 trapetsiyasimon, boshchali 4 va ilmoqli 8 suyaklardir.
Kaft suyaklari beshta 9 shakli jixatidan naysimon suyaklar hisoblanadi.
Barmoq suyaklari. Birinchi barmoqdan tashqarisi asosiy 10, o’rta 11 va tirnoq falangalari 12 dan iborat bo’lib, birinchi barmoqning o’rta va tirnoq falangalari birikib ketgan.
Kaft suyaklarining suyaklanish va rivojlanish tartibi quyidagicha bo’ladi:
-kaft suyaklarining suyaklanish nuqtasi embrion rivojlanish davrining 9-10 haftalarida diafizda paydo bo’lib, 15-20 yoshgacha davom etadi;
-kaft barmoqlaridagi birinchi suyaklanish nuqtasi esa bolaning 2 oylik davrida paydo bo’ladi va 18-20 yoshda to’xtaydi.
Qo’lni erkin turgan qismining suyaklarini birlashuvlari. Qo’lni erkin turgan qismining suyaklari bir birlari bilan bo’g’imlar vositasida birlashadi. Ulardan eng kattalari yelka, tirsak va bilak-kaft usti bo’g’imlari hisoblanadi (1.6-rasm).
Ye 1 к a b o’ g’ i m i 1 yelka boshchasi va kurak bo’g’im o’yig’i oralig’ida joylashgan. Bu bo’g’im oddiy, kam kongruent, sharsimon shaklga ega. Boshchaning bo’g’im yuzasi kurakning bo’g’im oyig’idan ancha katta. O’yiqni chuqurligi atrofida joylashgan bo’g’im labi hisobiga oshadi.
Bo’g’im xaltasi bo’g’im labi atrofidan boshlanadi va yelka suyagining anatomik bo’yinchasiga yopishib ketadi. Xaltaning qalinligi 0,l-0,5sm. bo’lib, u ayollarga nisbatan erkaklarda qalinroq. Bo’g’imning yuqori qismida tumshuq-akromial, pastida esa tumshuq-yelka boylam(pay)lari yotadi.
I
I I
III
Do'stlaringiz bilan baham: |