Amaliy antropologiya va biomexanika asoslari
-rasm. Oyoq panjasini (a), boldirni (b) anatomik
Download 1.67 Mb.
|
portal.guldu.uz-AMALIY ANTR. VA BIOMEXANIKA ASOSLARI
2.1-rasm. Oyoq panjasini (a), boldirni (b) anatomik
nuqtalarini belgilash tasviri. 2.2-rasm. Qo’l panjasining asosiy anatomik nuqtalarini belgilash va o’lchash tasviri Hamma o’lchamlar ma'lum antropometrik tekisliklarga nisbatan olinadi. Bir sagittal va bir gorizontal, lekin turli frontal tekislikda yotuvchi o’lchamlar, bo’ylama 66 yoki uzunlik o’lchamlar deyiladi. Bir gorizontal va bir frontal, lekin turli sagittal tekislikda yotuvchi o’lchamlar ko’ndalang yoki kenglik o’lchamlar hisoblanadi. Oyoq yoki qo’lni yuzalari bo’ylab o’tkazilgan o’lchamlar esa quchoq yoki perimetr o’lchamlaridir. 2.1.2. ASOSIY ANTROPOMETRIK MOSLAMALAR Antropometrik tadqiqotlar olib borishda kontakt va kontatsiz (masofadan) o’lchash usullaridan foydalaniladi. Tadqiqotlanuvchi ob'yektning o’lchash moslamalari bilan muayvan kontaktida bajarilganligi, kontakt usuli hisoblanadi. Bunda hosil bo’lgan ma'lumot diskret (ma'lum nuqtalarning koordinatasi), yoki analogli (kesimlar konturini ifodalovchi) sifatida bo’lishi mumkin. Kontaktsiz usul bo’yicha esa tadqiqotlanuvchi jism yuzasi fotogramma, nurli va rentgen suratlari orqali tasvirlanishi hisoblanadi. Ulardan hosil bo’lgan tasvirlar differentsial va integral ma'lumotlar orqali o’qiladi. Differentsial ma'lumotlar tadqiqotlanuvchi jismlarning qismini yoki kesimini shakli va o’lchamlari. yoki nuqtalarning raqamli koordinatasi to’g’risida tasvvur beruvchi, uzluksiz ma'lumot bo’lishi mumkin. Integral ma'lumotlar esa jismni geometrik tasvirini to’liq ta'rif beruvchi, ya'ni uni fazoviy holatini. shaklini vao’lchamini aniqlovchi ma'lumotlardir. Kontakt usullari. odatda sodda usul hisoblanib. ularning asosiy kamchiligi moslamani tana bilan kontakt paytida qo’l va oyoqning yumshoq mushak to’qimalarini deformatsiya qilib, aniq ma'lumot olinishini qivinlashishiga olib kelishidadir. Bundan tashqari, ushbu usullar ko’p mehnat talab qilinadigan, o’lcham olib borish uchun ko’p vaqt sarflanib, tadqiqodlanuvchini toliqtirib qo’yadi. Kontaktsiz usullar yuqori unumdorlikga ega, ob’yektiv va ishonchli ma'lumotlar olishga va tadqiqlanuvchi ob’yektni harakat jarayonini ifodalshga imkon beradi. Bu usulning kamchiliklariga apparaturaning va tasvir hosil qilish jarayonini va ob’yektni rasshifrovka qilishning murakkabligi hisoblanadi. Kontakt usuli bo’yicha o’lchashda quyidagi asboblar va moslamalar ishlatiladi. Plantograf (2.3,a-rasm) [4], oyoq panjasining konturini va izi (plantogrammasi) ni olishga mo’ljallagan moslama. Bu moslama juda sodda bo’lib, asos 3 ga sharnir yordamida biriktirilgan ramka 2 dan tashkil topgan. Ramkaga to’qima materiali (doka) va polivinilxlorid plyonka 1 tortilgan bo’ladi. Bosmaxona buyog'ini dokaga surib, asosga oq qog’oz 4 ni qo’yib ramka yopiladi. So’ngra o’ng oyoq panjasini plyonka ustiga qo’yib, uning konturi chizib olinadi. Elektrkontaktli konturograf (2.3,b-rasm) oyoq panjasini plantografga qo’ygandan keyin uning konturini chizib olishda ishlatiladigan asbob. Uning uchburchak shaklidagi ishchi qismi 2 da chizish uchun igna I bo’ladi. Oyoq panjasiga ta'sir qiladigan bosimni nazorat qilish uchun elektr sxema bilan ta'minlangan. Agar oyoq panjasining konturini chizayotganda, konturografni me'yordagi bosimda oyoq panjasiga tekkizib, uning konturi bo’yicha yurgizilsa, birinchi lampochka 4 (2.3.v-rasm), me'yordan oshib ketsa ikkinchi lampochka 3 yonadi. Bu esa oyoq panjasining konturini chizishda hatoga yo’l qo’yilavotganini bildiradi. 1 a ь л в Download 1.67 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling