Amaliy antropologiya va biomexanika asoslari


-rasm. Oyoqni va qo’l panjasini o’lchash moslamalarini sxemasi


Download 1.67 Mb.
bet49/101
Sana30.03.2023
Hajmi1.67 Mb.
#1310342
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   101
Bog'liq
portal.guldu.uz-AMALIY ANTR. VA BIOMEXANIKA ASOSLARI

2.6-rasm. Oyoqni va qo’l panjasini o’lchash moslamalarini sxemasi

N.K.Kushnir tomonidan ishlab chiqarilgan poyabzalni oyoq panjasiga moslashtirish qurulmasi (2.6,b-rasm). Bu qurulma oyoq panjasining o’lchamlarini ma'lum darajadagi yuklanishda, tovonni har xil balandlikka ko’tariligan paytdagi o’zgarishini aniqlashga imkon beradi. Moslamaning asosi 1 da tovon uchun orqa va yon devorchalari bo’lgan tayanch 4, balandligini o’zgartirish imkonini beruvchi tovon tagiga qo’yiladigan andaza 3, oyoq panjasini tutam qismini perimetrini o’lchaydigan tasmalar 5 maxkamlangan. Oyoq panjasiga yuklanish miqdorini aniqlash uchun blok 2 lar orqali o’tkazilan, uchlariga yuk 7 larni biriktiruvchi troscha 6 lar o’matilgan.


Qo’l panjasini ikki antropometrik nuqtalari oralig’idagi eng yaqin masofasini aniqlash uchun sirpanuvchi sirkul yoki shtangentsirkul (2.6,v-rasm) ishlatilishi mumkin. Qo’l panjasini tabiiy (barmoqlari biroz egilgan) holatda bo’lishi uchun, uni maxsus andaza ustiga qo’yib o’lchamlar olib borish tavsiya etiladi. Andaza (2.7-rasm) qo’l panjasining kaft-barmoq bo’g’imi orqali o’tkazilgan quchoq o’lchamga bog’liq, ma'lum egrilikdagi yuzaga ega bo’lishi kerak.



2.7-rasm. Qo’l panjasini turli perimetrdagi o’lchamlarini olish uchun andazaning egrilik yuzasi


2.8-rasm . Foto o’lchagich sxemasi va o’lcham miqdorlariga ishlov berish

Kontaktsiz usul ishlatiladigan apparaturaga bog’liq bo’lib, quyidagilarga bo’linadi:


-fotogrammetrik - ob’yektning o’lcham va shakli fotografik tasvir bilan aniqlash; -rentgenografik - rentgen nurlari yordamida yassi tasvir hosil qilish;


-golgraflk interferentsiya interferentsiya to’lqinlari orqali ob’yektni hajmli


tasvirini hosil qilish.


V.V.Bunak va P.N.Bashkirovlar, birinchi bo’lib odam qomatini antropometrik


tadqiqotlari uchun fotografik usul ishlatilgan. Bu usul ob’yektning aniqlanishi qiyin


bo’lgan, ko’p anatomik va odam tanasidagi morfologik hususivatlarini yaqqol aniqlash imkonini beradi.
Bu usulda ko’p ishlatiladigan moslamalardan biri, oyoq panjasini to’rt tomonidan bir yo’la tasvirlovchi fotoo’lchagich (2.8,a-rasm) hisoblanadi. U oynalar to’plami, fotokamera va bosimni chegaralab turuvchi elektr kontaktlardan tashkil topgan. Foto suratda berilganlarni o’qish uchun elektron va mexanik moslamalar ishlatiladi. Elektron moslamalarda o’lcham miqdorlarini kesimlar bo’yicha o’qish 2.8,b-rasmdagiday amalga oshiriladi. Oyoq panjasini yon, frontal va iz tomonlari bo’yicha yuzalari foto tasvirlarga ishlov berish 2.8,v-rasmda keltirilgan.

V.Z.Ilichenko (UkrNIIKP) tomonidan ishlab chiqarilgan foto moslama (2.8,g-rasm) foto-plantograf va foto-gabaritograflarni kombinatsiyasidan tashkil topgan bo’lib. oyoq panjasini gabarit chegaralarini tasvirini aniqlash imkonini beradi. Tasvirning aniqligi panja yuzasini teng yoritlishi va fotoapparat ob’yektivini to’g’ri diafragmalashtirish bilan amalga oshiriladi. Bolgariyada oyoq panjasini kontaktsiz o’lchash uchun mo’ljallangan foto moslama (2.8,d-rasm). bir-biriga nisbatan ma'lum burchak ostida joylashgan oynalar to’plami, to’rtta optik sistema va fotoob’yektivlardan iborat.





Download 1.67 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   101




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling