2.11-rasm. Rastrov optik sistema yordamida oyoq panjasini tasvirini hosil
qilish moslamalarining sxemasi
2.12-rasm. Turli turish holatida oyoq panjasining iz yuzalaridan
steriofotoplantografda gorizontal kesim (izogips) larini hosil qilish:
a - tayanchga yengil tekkan holatda; b - tayanchga to’liq tekkan holatda; v-e - old qismiga nisbatan tovonni monand ravishda 10, 20, 30, va 40mm. ga ko’tarilgan holat
2.13-rasm. Oyoq panjasining ganch nusxasini
|
2.14-rasm. Golografik intarfe-rentsiya usuli
|
va boldirni tasvirlash uchun B.S. Pashaev va
|
bilan jismning hajmli tasvirni hosil qilish
|
B.M.Fomitsinlar moslaniasining sxemasi
|
sxemasi
|
Rentgenografik usul odam tanasini va uning qismlarini bir yo’la maxsus rentgen fotoplyonkasida tasvirlashga imkon beradi. Lekin bu usul maxsus klinik sharoitda olinishi va odam organizmiga salbiy ta'sir ko’rsatuvchi rentgen nurlari mavjudligi bilan chegaralangan.
Golografik interferometriya usuli jismni uch o’qli (hajmli) tasvirini optik kvant generatori lazer nurlarini hosil qilishga asoslangan [8]. Unda optik sistemaga yo’naltirilgan lazer nurlari yordamida jism shakllantiriladi. Jism 3 ga tushgan nur chiqaruvining bir qismi 2 tayanch nur deb nomlanadi (2.14-iasm.). Nurlanishning boshqa qismi 4 etalon nur hisoblanib, jismni yonidan o’tib, ko’zgu 5 ga tushadi. Jism va ko’zgudan qaytgan 7 va 6 nurlar fotoplastina 1 ga tushadi. Fotoplastina proyavka qilinganda jismni interferentsion tasviri, ya'ni gologrammasini ko’rish mumkin. Gologrammada interferent nurlarni zichligi etolon nurlar va jismdan chiqqan nurlar orasidagi a burchak miqdoriga bog’liq. Jismni tasvirini hosil qilish uchun gologrammani shunday yoritish kerakki, uning chastotasi etalon nurning chastotasiga mos bo’lsin. Shunda etalon nur, gologramma orqali o’tib, fotoplastina bilan to’silgan va jismdan chiqqan tayanch nurga mos keladi. Bu usul o’ta istiqbolli hisoblanib, murakkab shaklli yuzaga ega jismni ozgina deformatsiyasini ham o’lchash imkonini beradi, lekin ommaviy o’lchashda kam ishlatiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |