Amaliy antropologiya va biomexanika asoslari


ANTROPOMETRIK KO’RSATKIChLANI O’ZGARUVChANLIGI VA TAQSIMLANISh QONUNIYATLARI


Download 1.67 Mb.
bet54/101
Sana30.03.2023
Hajmi1.67 Mb.
#1310342
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   101
Bog'liq
portal.guldu.uz-AMALIY ANTR. VA BIOMEXANIKA ASOSLARI

2.2. ANTROPOMETRIK KO’RSATKIChLANI O’ZGARUVChANLIGI VA TAQSIMLANISh QONUNIYATLARI

Charm mahsulotlarini xozirgi sharoitga mos ommaviy ishlab chiqarishda poyabzal va qo’lqoplar «noma'lum» istemolchilarga mo’ljallanganligi uchun, shaxsiy buyurtmadan farqli o’laroq, har bir shaxsni oyoq va qo’l panjalarini o’lchash imkoniyati yo’qoladi. Shu bilan bir qatorda mahsulot ishlab chiqarishda axolini imkon qadar qulay, har bir shaxsni tana o’lchamlariga mos liboslar bilan ta'minlashga maksimal erishilishi shait. Buning uchun axolini ommaviy o’lchash natijasida hosil bo’lgan o’lcham ko’rsatkichlarini korxonalar va axoli uchun optimal bo’lgan guruhlarga ajratish maqsadga muvofiq. Faqat shunda tanlangan guruhlarga ajratilgan razmer ko’rsatkichlari bo’yicha tayyorlangan mahsulot vatanimizning ko’pchilik axolisini libos bilan ta'minlanishiga erisqiladi. Qo’l va oyoq panjasining o’lchamlarini shunday guruhlarga ajratish sistemasi - razmer tipologiyasi deb ataladi.


Bundan tashqari qulay mahsulot ishlab chiqarish uchun, har bir xududda yashovchi axolining necha qismi yoki foizi ajratilgan guruhga ta’aluqligi va oyoq(qo’l) panjasining o’lcham va shakli poyabzal (qo’lqop) razmer va shakliga mosligi ta'minlanishi kerak. Buning uchun esa antropometrik ko’rsatkichlararo bog’lanish tenglamalarini aniqlash lozim.


Yuqorida keltirilgan vazifalarni echish uchun odamlar orasida uchraydigan morfologik guruhlarning tavsifini batafsil o’rganish kerak, ya'ni morfologik guruhni
ifodalovchi antropometrik koTsatkich miqdorlari, ularning boshqa guruhlardan farqli o’zgaruvchanlik chegarasi (variabelligi) aniqlanadi.

Oyoq (qo’l) panjasini antropometrik tadqiqotlaridan oldin. poyabzal va qo’lqoplarni loyihalash uchun kerak bo’lgan. yetakchi o’lcham ko’rsatkichlari. o'lchash dasturi va uslubi, o’lchanadigan odamlar soni, yosh - jinsiy guruhi, kasbi va millati, o’lcham o’tkazish joyi aniqlanadi.




2.2.1. BOSh VATANLANMA MAJMUYLAR TO’G’RISIDA TUShUNChA.

Belgilangan dastur asosida o’rganilayotgan axolidan iborat bir guruh odamlarning tanasini o’lchamlari tadqiqot qilinadi deb faraz qilaylik. Agar tanlangan odamlar guruhining o’lcham ko’rsatkichlari butun axoli kabi takrorlansa. tanlangan guruh butun ommaning o’lchamini ifodalaydi deb hisoblash mumkin.


Vatanimizda yashovchi hamma aliolini bosh majmuy (generalnaya sovokupnost) deb hisoblasak. Butun axolini oyoq (qo’l) panjasini. ya'ni butun bosh majmuyni, o’lchash imkoniyati yo’q va bunga extiyoj ham bo’lmaydi. Lekin butun axolini o’lcham ko’rsatkichlarini ifodalovchi miqdorda odamlarni oyoq (qo’l) panjasini o’lchash kerak. Shu miqdorda oyoq (qo’l) panjalarini o’lchanadigan odamlar guruhiga tanlanma majmuy (viborka) deyiladi.


Tadqiqot maqsadiga muvofiq butun bosh majmuyni ifodalovchi qisimga tanlama majmuy deb nomlasa ham bo’ladi. Agar tanlanma majmuy yetarlicha yaxshi bosh majmuyning proportsiyasini tashkil qilsa, unda tanlama majmuy butun bosh majmuy uchun ishonchli (reprezentativ) deb hisoblanadi (masalan, agar ajratilgan guruhlarning oyoq panjasini o’lcham ko’rsatkichlari bosh majmuvda ham bir xil miqdorda takrorlanishi kuzatilsa). Tanlama majmuyni tuzishda quydagi asosiy talab bajarilish kerak, ya'ni u tasodifan statistika bo’lib, har bir odam o’lchanishi uchun teng imkoniyatga ega; bundan tashqari katta yoshdagi axolini o’lchashda, tanlov majmuyiga hamma guruhlari bir xil miqdorda kiritilishi talab qilinadi. Bu guruhlarga kichik (18-29); o’rta (30-44) katta (45 va undan yuqori) yoshdagilar va har bir guruhning yoshlar bo’yicha taqsimlanishini hisobga olgan holda tadqiqot o’tkazilishi lozim. Tadqiqot shahar va qishloq axolisi, hamda har turdagi kasb egalari o’rtasida o’tkazilishi shart. Chunki oyoq panjasida, ayniqsa qo’lda har xil kasb egalarining o’lchamlari sezilarli cheklanishlarga egaligi kuzatilgan.


Yuqorida keltirilgan guruhlarning tanlov majmuyning soni, bosh majmuyning proportsiyasiga mos kiritilishi kerak. Keyin o’tkaziladigan axoli punkti belgilab olinadi.


Bolalar oyoq(qo’l) panjasini o’lchashda, tadqiqot maqsadiga muvofiq tanlov majmuyga (masalan yil mobaynida o’sish jarayonini kuzatish uchun) har bir yoshdagi davri, yoki bolalaming razmer tipologiyasini qurush uchun esa - 1 dan 18 yoshgacha bolalar guruhi kiritiladi.


Tanlov majmuyi tipologik bo’lishi mumkin, ya'ni tadqiqot ob’yekti, o’xshashligini va berilgan guruhga ta’luqliligini hisobga olib, ongli tanlanadi. Masalan: oyoq panjasini


uzunlik, quchoq (perimetr) o’lchamlarini o’rta miqdorini aniqlash uchun tasodifiy tanlov tuziladi; uzunlik va quchoq o’lcham ko’rsatkichlararo bog’lanishni o’rganish uchun esa - faqat shu razmerlarni o’rta tipik miqdorlariga teng odamlardan tashkil topgan tipologik tanlov o'tkaziladi.

Tanlov hajmi (soni) ishning oxirgi maqsadiga bog’liq. Oyoq va qo’l panjalarini o’lchashda, agar tanlov hajmi 500 odamdan kam bo’lmasa tadqiqot natijalari ishonchli (dostoverniy) deb hisoblanadi, chunki 500 dan kam bo’lmagan tanlanma natijalari bosh majmuyni ifodalaydi. Shunda tipologik tanlov, staxostik hajimga nisbatan kam bo’ladi. Bolalarni har bir yosh davri uchun esa - jinsiy guruhiga qarab, 100-150 o’lcham olish kifoya.





Download 1.67 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   101




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling