Amaliy fanlar universiteti
Katta va Tayyorlov guruhlarda matematika mashg’ulotlarini olib borish
Download 130.57 Kb.
|
metodika kurs ishi
1.3.Katta va Tayyorlov guruhlarda matematika mashg’ulotlarini olib borish.
Katta guruh yoshidagi bolalarning son-sanoq. O‘tilganlarni takrorlash. Ma’lumki, 5 ichida bo‘lgan teng va teng bo‘lmagan (bitta ko‘p yoki bitta kam) miqdordagi narsalaming ikki to‘plamini taqqoslash bolalarga birinchi beshlik sonining qanday tashkil topishini cslatish imkonini bcradi. Teng, tcng emas, ko‘p, kam va sanoqning nisbatlarini aniqlash uchun ikki guruh predmetlarini birma-bir taqqoslash usullarini bolalar ongiga yetkazish maqsadida to‘plamlarni tcnglashtirishga oid topshiriqlar beriladi, masalan: «Hamma bolalarga yetadigan piyolalar olib kel»,— va hokazo. Bolalarni narsalarni tartib bilan chapdan o‘ngga qarab sanashga, sanoq yakunining nomini aytishga o‘rgatish sanoq ko‘nikmalarining mustahkamlanishiga olib keladi. Katta guruhda sonni xotirada saqlab qolish mustahkamlanib boriladi. Buning uchun predmetlarni sanab chiqish mashqlari asta- sckin murakkablashtirib boriladi. Masalan, bolalarga ayni bir vaqtda ikki son aytiladi, darhol ikki xil predmetni yoki bir xildagi, ammo bir-biridan rangi yoki hajmi jihatidan farq qiladigan predmetlarni sanab chiqish taklif qilinadi. Predmetlar nomi ularning joyla- shish o‘mi bilan bog'lanadi. Bolalar sonni xotirada eslab qolishga, prcdmetlarni bittalab olishga, sonlarning olingan har bir predmet bilan munosabatini aniqlashga, bajarilgan topshiriq haqida hisobot berishga o‘rgatiladi. Ba’zi bir fazoviy tasavvurlar o‘ziga nisbatan predmetning joylashish o‘rni oldida, orqasida, chapda, o‘ngda: qog‘oz varag‘i yuzasida tasvirlangan predmetlaming joylashishi yuqorida, pastda, chap tomonda, o‘ng tomonda, o‘rtada kabilar mustahkamlanadi. 10 ichida sanash. Ikki to‘p!amdagi elementlarni solishtirish asosida ikkinchi beshlik sonini hosil qilishi va 10 gacha sanashni o‘rgatish uchun o‘rta guruhda birinchi beshlik sonini hosil qilish namoyish etiladi. O‘rta guruhda bo‘lganidek, har bir kelgusi son qanday hosil qilinishini ko‘rsatish uchun bundan oldingi son qanday hosil qilinganini takror ko‘rsatish lozim. Shunday qilib, hamma vaqt 3 tadan kam bo‘lmagan ketma-ket sonlar taqqoslab ko‘riladi. Bolalar ko‘pincha 7 va 8 sonlarini adashtiradilar, bu o‘z navbatida 7 va 8 elementlardan iborat to‘plamlarni taqqoslash bo‘yicha juda ko‘p mashq qilishni taqozo etadi. Turli o‘lchovda yoki turli maydonni egallovchi predmetlar to‘plamini taqqoslash ko‘nikmasi sanoq ahamiyatini va taqqos- lanadigan ikki to‘plamlarelementlarini bittalab solishtirishda aniq- lash usullarini tushunish, teng, ko‘p, kam munosabatlarini aniq- lash imkonini bcradi. Masalan, qaysi olmalar ko‘proq—qizillarimi yoki yashillarimi, qaysi gullar ko‘proq—sariqlarimi yoki oqlarimi— ana shularni aniqlash uchun, agar keyingilari birinchilarga nisbatan katta oraliq bilan joylashgan bo‘lsa, predmetlami sanab chiqish va ular sonini yoki 2 guruh predmetlarini bir-biriga taqqoslash zarur. Bunda taqqoslashning ustiga qo‘yish, yoniga qo‘yish usullaridan foydalaniladi. Bolalar guruhlardan birida ortiqcha predmct paydo bo‘lganini, demak, bu guruhdagi predmetlar ko‘proq, boshqa guruhda esa bitta yetishmasligini, demak, bu guruhda predmetlar kamroq ekanligini ko‘radilar. Soni kamroq guruhga bitta predmetni qo‘shish yoki soni ortiqroq guruhdan bitta predmetni olib qo‘yish yo‘li bilan guruh- larni tenglashtirish natijasida bolalar taqqoslanayotgan sonlardan har birini hosil qilish usullarini o‘zlashtirib oladilar. Ko‘proq, kamroq munosabatlarining o‘zaro aloqasini ko‘rib chiqish bolalarga kelgusida sonlar o‘rtasidagi munosabatlarning o‘zaro simmetriklik xossasini o‘rganishga zamin yaratadi. Didaktik materialni almashtirib turish, xilma-xil topshiriqlar berish bolalarga har bir sonni hosil qilish usullarini yaxshiroq anglab olishda yordam beradi. Bolalarda 10 gacha sanash kd‘nikmalarini mustahkamlash uchun turli xil mashqlardan, masalan, «Xuddi shuncha ko‘rsat» mashqidan foydalaniladi. 10 gacha bo‘lgan predmetlarni sanash. Predmetlami sanash mashqlari murakkablashib boradi.Birdaniga turli xil predmetlarning 2 guruhini (6 t:i piyola va 7 ta kosani sanang) yoki bir xil ko‘rinishga ega. ammo bir-biridan rangi, shakli yoki katta-kichikligi bilan ajralib turuvchi (7 ta katta va 8 ta kichkina tugmachalami), 2 guruh predmetlarini hosil qilish mashqlari bilan birgalikda faqatgina ikkita guruhdagi predmetlarni sanashnigina emas, balki ularni ma’lum joyga, masalan, qog‘oz varag‘ining ko‘rsatilgan qismiga: yuqoriga, pastga, chapga, o‘ngga, o‘rtasiga joylashtirish topshirig‘i ham beriladi. Biroz keyinroq tarbiyachi ko‘rsatmasi asosida, bolalar predmetlarni varaqning yuqori yoki pastki, o‘ng yoki chap chet- lariga, yuqoridagi o‘ng burchagi, pastdagi chap burchagigajoylash- tiradilar. Tarbiyachi bolalarga bunday topshiriqlami berishdan oldin ularni qog‘oz varag'ining tcgishli qismlarini topishda maxsus ravishda mashq qildiradi. Bolalarni topshiriqni diqqat bilan tinglashga, uni eslab qolishga, aniq bajarishga nima qilgani va qanday qilgani haqida so‘zlab berishga o‘rgatiladi. Awaliga ularga aniq javob berish qiyinlik qiladi. Shuning uchun tarbiyachi ularga yordamchi savollar bilan yordam beradi. Masalan, u boladan: «Kvadratlar nechta, sen ularni qayerga qo‘yding? To‘g‘ri burchaklar nechta, sen ularni qayerga qo‘yding? Download 130.57 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling