Amaliy fanlar universiteti
Download 130.57 Kb.
|
metodika kurs ishi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Qabul qiluvchi
- Maktabgacha tayyorlov guruhida son-sanoq va xisoblash faolyatiga o’rgatish vaziflari mazmun va moxiyati………………………………………5
- II BOB.Matematika tasavvurlarni shakillantirish metodikasi.
- Xulosa……………………………………………………………………….........40 Foydalanilganadabiyotlar…………………………………………………….....41 Kirish…
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY TA’LIM, FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI AMALIY FANLAR UNIVERSITETI “MAKTABGACHA TA’LIM METODIKASI” KAFEDRASI Maktabgacha tayyorlov guruxida son-sanoqva xisoblash faolyatiga o’rgatish vazifalari mavzusidagi KURS ISHI Bajardi: MT22-S-07 guruh talabasi Jumaniyozova Nodira Qabul qiluvchi: “Maktabgacha ta’lim metodikasi” kafedrasi Katta o’qituvchisi Xudaybrganova Elmira Umaraliyevna __________________ (imzo) TOSHKENT-2023 Mundarija Kirish……………………………………………………………………………2 I BOB.. Maktabgacha tayyorlov guruhida son-sanoq va xisoblash faolyatiga o’rgatish vaziflari mazmun va moxiyati………………………………………5 1.1.Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida matematika mashg’ulotlarini tashkil etish..........................................................................................................…………15 1.2. Kichik va O’rta guruhlarda matematika mashg’ulotlarini olib borish.......21 1.3.Katta va Tayyorlov guruhlarda matematika mashg’ulotlarini olib borish..27 II BOB.Matematika tasavvurlarni shakillantirish metodikasi. .......................33 2.1 . Maktabgacha tayyorlov guruhi bolalariga son-sanoqga o’rgatish……..35 2.2. Maktabgacha tayyorlov guruhi bolalarini xisoblash faolyatiga o’rgatish vaziflari ….......................................................................................37 Xulosa……………………………………………………………………….........40 Foydalanilganadabiyotlar…………………………………………………….....41 Kirish… Ma’lumki, maktabgacha yoshdagi bolalarga ta’lim-tarbiya berishning asosiy vazifalari bolalarni jismoniy, aqliy va ma’naviy jihatdan rivojlantirish, ularning tug‘ma layoqati, qiziqishi, ehtiyoji va imkoniyatlarini hisobga olgan holda milliy va umuminsoniy qadriyatlar asosida tarbiyalashdan iborat. Maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalarga ta’lim berish jarayonini takomillashtirishda bo‘lajak pedagoglarning ilmiy va uslubiy ta’minlanganligi, ularning kasbiy tayyorgarligi asosiy masalalardan sanaladi. Ayniqsa, bolalarda matematik tasavvur va bilimlarni rivojlantirish ularning intellektual jihatdan yetuk insonlar bo‘lib ulg‘ayishida o‘ziga xos o‘ringa ega. Matematik bilimlar bolalarga, ular nimani bilib olganliklari va nimaning uddasidan chiqa olishlarini hisobga olgan holda, aniq tizim va ketma-ketlikda beriladi. Bu jarayonda “Matematik tasavvurlarni shakllantirish nazariyasi va 4 metodikasi” fanining mazmunidan kelib chiqib tayyorlangan ushbu qo‘llanma maktabgacha ta’lim yo‘nalishi bakalavriat talabalari, shu yo‘nalishning maxsus sirtqi va sirtqi ta’limi talabalari hamda maktabgacha ta’lim tashkiloti tarbiyachilariga zarur ma’lumot va metodik yordam bera oladi. Qo‘llanma zamonaviy pedagogik texnologiyalarni hisobga olib tayyorlangani va bugungi kun talablariga to‘laqonli javob berishi bilan ham muhim ahamiyat kasb etadi. “Matematik tasavvurlarni shakllantirish nazariyasi va metodikasi” fanining asosiy maqsadi bo‘lajak maktabgacha ta’lim tashkiloti xodimlari – tarbiyachilarni maktabgacha yoshdagi bolalarda ilk matematik tasavvurlarni shakllantirish va rivojlantirishning ilmiy hamda metodik asoslari bilan tanishtirishdan iborat. Mazkur o‘quv qo‘llanmada ana shu ilmiy-nazariy asoslar, bu jarayonda qo‘llanishi maqsadga muvofiq bo‘lgan zamonaviy ta’lim texnologiyalari, didaktik o‘yinlar, usul va vositalar masalasi yoritilgan. Ushbu o‘quv qo‘llanma maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalarda matematik tasavvurlarni shakllantirish nazariyasi va metodikasiga bag’ishlangan. Qo‘llanmada turli yosh guruhidagi bolalarda matematik tasavvurlarni shakllantirish ta’limining asosiy didaktik tamoyillari, bolalarda miqdoriy tasavvurlarni rivojlantirish, ilk va maktabgacha yoshdagi bolalarda predmetlar miqdorini idrok qilish, esda olib qolish va taqqoslashning o‘ziga xos xususiyatlari, sanash faoliyatining rivojlanish bosqichlari, vaqtni idrok qilish, bolalarning maktabga tayyorlik darajasiga qo‘yiladigan minimal talablar, oilada va maktabgacha ta’lim tashkilotlarida olib boriladigan metodik ishlarni rejalashtirish kabi masalalarga oid ma’lumotlarga keng o‘rin berilgan. Bolalarda matematik tasavvurlarni shakllantirish mashg’ulotlarida foydalaniladigan yangi pedagogik texnologiyalar, didaktik o‘yinlar ko‘rsatib o‘tilgan. Download 130.57 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling