Amaliy fanlar universiteti
Katta guruh yoshidagi bolalarning kattalik haqidagi matematik tasavvurlarini shakllantirish
Download 130.57 Kb.
|
metodika kurs ishi
Katta guruh yoshidagi bolalarning kattalik haqidagi matematik tasavvurlarini shakllantirish.
Maktabga tayyorlov guruhiga o‘tish vaqtida bolalar o‘lchov- lami (uzunlik, kenglik, balandlik) bilishlari va narsalar o‘lchovini 2-3 o‘lchov nuqtayi nazaridan baholay bilishlari zarur. Berilgan kattaliklami aniqlashdan narsalami taqqoslash mashqlari qo‘lla- niladi. Bitta o‘lchovi bilan farq qiluvchi narsalami taqqoslashdan bolalar 2-3 o‘lchov bilan farq qiluvchi narsalami taqqoslashga o‘tadilar («Qaysi taxtacha uzunroq (qisqaroq)? Qaysi biri kengroq (torroq)? Qaysinisi yo‘g‘onroq (ingichkaroq?»). Taqqoslanadigan narsalar doirasi ortib boradi. Bolalar o‘z faoliyatlarida muntazam uchratib turadigan har xil narsalar (tasmalar, sharflar, arg'amchiqlar, shnur iplar, kamarlar, quti- chalar va hokazolar)dan foydalanadilar. Kattaliklarni taqqoslash ayrim olingan holda amalga oshiril- maydi, balki narsalarning boshqa xossalarini (bajaradigan vazifasi, qismi, rangi. materiali va boshqalarni) ko‘rib chiqish bilan birgalik- da bajariladi. Bu bolalar aqliy qobiliyatining o‘sishida muhim ahami- yatga egadir. Bolalar ko‘rsatilgan narsalarning o‘rtasidagi o‘lchov muno- sabatlarini aniqlabgina qolmay, balki tasavvurlari bo‘yicha shularga o‘xshash munosabatlarni ham yaratadilar. Tarbiyachi ularga o‘xshash munosabatlarni ham yaratadilar. Tarbiyachi ularga, masa- lan, shunday topshiriqlar beradi: «Biri ikkinchisidan uzunroq bo‘lgan ikkita yo‘lka rasmini chizing; uzunligi bir xil, kengligi har xil yoki uzunligi ham, kengligi ham bir xil 2 ta tasmaning rasmini chizing», — va hokazo. Bolalarga ikkita boshqa narsadan namunaga teng narsa tuzishni taklif ctish foydalidir. Masalan, bolalarga ikkalasining birgalikdagi uzunligi o‘lchov uzunligiga, u esa o‘z navbatida uy tomining uzunligiga teng ikkita taxtacha tanlab olinishini taklif ctish va hokazo. Bolalarga ikkita boshqa narsadan namunaga teng narsa tuzishni taklif ctish foydalidir. Masalan, bolalarga ikkalasining birgalikdagi uzunligi o‘lchov uzunligiga, u esa o‘z navbatida uy tomining uzunligiga teng ikkita taxtacha tanlab olinishini taklif ctish va hokazo. Agar narsalarni bevosita taqqoslash mumkin bo‘lmasa, unday holda vosita — o‘lchov kiritiladi. Shartli o‘lchov sistemasi va shu kabilardan foydalaniladi. Bu davrda o‘lchanayotgan narsalarga nisbatan katta o‘lchovdan foydalaniladi. Belgilar o‘rtasidagi oraliq bir narsa boshqasiga qaraganda qanchalik uzun (keng, baland) ekanligini ko‘rsatadi. Harbir narsa alohida-alohida o‘lchovlarbilan o‘lchanishi mumkin. O‘lchovlarni taqqoslash narsalar o‘lchami orasidagi farqni aniqlash imkonini beradi. Masalan, narsalaming uzunligi va kengligi uning uzunligi va kengligiga mos keladigan 2 ta arqon yordamida solishtirilishi mumkin. O‘lchov — vositadan foydalanishni o‘rganib olgach, bolalar bevosita bir-biri bilan taqqoslash mumkin bo‘lmagan narsalaming o‘lchamlarini solishtira oladilar. Bolalarda ko‘z bilan chamalash qobiliyatini o‘stirishga katta e’tibor beriladi. Bolalar narsalar o‘lchamlarini bevosita taqqoslash, ustiga qo‘yish. yoniga qo‘yish, o‘lchov yordamida o‘lchash usul- larini egallashlari asosida ko‘z bilan yanada aniqroq chamalanishni talab etuvchi masalalami yechadilar. Avvalo bolalarga o‘lchamlari namunadan katta va kichik narsalarni chamalab topish topshirig'i beriladi, shu bilan birga, narsalar qidiriladigan joy asta-sekin kengaytirib boriladi. Topshiriqlami bajarish jarayonida pedagog o‘lchov qoidasini aniqlashda bolalarga yordamlashadi: eng qisqa masofa bo‘lishi uchun to‘g'ri chiziq bo‘ylab oMchash zarur; bir maromda katta qadam tashlab yurgan ma’qul; qadam-o‘lchov. Barcha masofada o‘Ichov bir xil bolishi kerak. Bolalar daraxtgacha, qum solingan yashikkacha va boshqa narsalargacha necha qadam ekanligini ishtiyoq bilan aniqlaydilar. Aynan bir masofani har bir bola va pedagog qadamida o‘lchanganida har xil chiqishi bilan oladilar. Tarbiyachi ta’lim faoliyatlarga tayyorlanar ekan, dastur mazmunini sinchiklab o‘rganadi. Matematik bilimlar bolalarga qat’iy aniqlangan sistema va izchillikda beriladi, bunda yangi materiallar bolalar o‘zlashtira oladigan darajada bo‘lishi kerak. Har bir vazifa bir qator kichik topshiriqlarga bo‘linadi. Bu kichik topshiriqlar ketma- 35 ket o‘rganiladi. Masalan, tayyorlov guruhi bolalarini buyumlarni bo‘laklarga bo‘lish bilan tanishtirish shunday ketma-ketlikda amalga oshiriladi: bolalar birinchi ta’lim faoliyatida buyumlarni ikkita teng qismga bo‘lishni mashq qiladilar va yarim nima ekanini o‘zlashtiradilar; ikkinchi ta`lim faoliyatida bolalarning teng ikkiga bo‘linadigan buyumlar haqidagi tushunchalari kengaytiriladi va shunga mos lug‘at faollashtiriladi; tarbiyachi uchinchi ta`lim faoliyatida bolalarga buyumlarni teng to‘rt qismga bo‘lish usullarini tanishtiradi, shuningdek butunning qismga munosabatini ko‘rsatadi; keyinroq bolalarga geometrik shakllarni ikki va to‘rt qismga bo‘lishning har xil usullarini ko‘rsatadi, bolalar butun bilan qism orasidagi munosabatlarni o‘rganishadi. Shunday qilib, dasturning har bir bo‘limi ketma-ket o‘tkaziladigan bir necha (uch-olti) ta’lim faoliyatlarida amalga oshiriladi. Bolalarning bilimlari bir ta`lim faoliyatidan ikkinchi ta`lim faoliyatiga o’tganda kengayadi, aniqlashtiriladi va mustahkamlanadi. Dasturning bir bo‘limidan ikkinchi bo‘limiga o‘tishda o‘tilganlarni takrorlash, yangi bilimlarni o‘zlashtirilgan bilimlar bilan bog‘lashni ta’minlash katta ahamiyatga ega. Yangi materialni o‘rganish jarayonida o‘tgan materialni takrorlash bolalarning bilimlarini chuqurlashtiribgina qolmay, balki ular e’tiborini yangi materialga qaratish, uning puxta o‘zlashtirilishiga imkon beradi. Odatda, yangi mavzuni uch-besh mashg‘ulot davomida, oldin uning birinchi qismida, keyinroq ikkinchi qismida o‘rganiladi. Mavzuni oradan ikki hafta, ba’zan uch hafta o‘tgandan keyin takrorlash kerak. Eski materialga qaytish davri borgan sari dasturning har bir o‘rganilgan bo‘limi o‘quv yili oxiriga qadar tarbiyachining fikr doirasida bo‘lib turishi kerak. Shu munosabat bilan bir mashg‘ulotning o‘zida dasturning bir bo‘limiga yoki har xil bo‘limning, ya’ni «Miqdor», «Sanoq», «Kattalik», «Shakl» va boshqa bo‘limlariga oid masalalar o‘rganilishi va takrorlanishi mumkin. Hamma bo‘limlari bo‘yicha dasturni bolalar izchil o‘rganishini va ularda elementar matematik bilimlar tizimini shakllantirishni shunday qilib ta’minlash mumkin bo‘ladi. Matematika o‘qitishda ta`limiy faoliyatning har xil turidan foydalaniladi. Ta`limiy faoliyat turi uning mazmuni bilan aniqlanadi. U yangi materialni o‘rganishga yoki o‘tilganlarni takrorlashga, bir qator ta’limiy faoliyatlarning 36 materiallarini umumlashtirishga yoki bolalarning bilimlarini tekshirishga bag‘ishlanadi. Download 130.57 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling