Amaliy fanlar universiteti


Download 198.41 Kb.
bet2/10
Sana02.06.2024
Hajmi198.41 Kb.
#1836151
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
BOLALARNI MEHNATGA MUHABBAT RUHIDA TARBIYALASHNING SAMARALI SHAKL

Kurs ishining maqsadi: Maktabgacha ta'lim muassasalari bolalarini mehnatga muhabbat ruhida tarbiyalashning metodlarini ishlab chiqish.
Kurs ishining obyekti: Maktabgacha ta'lim muassasalari bolalarini mehnatga muhabbat ruhida tarbiyalash jarayoni.
Kurs ishining predmeti: Maktabgacha ta'lim muassasalari bolalarini mehnatga muhabbat ruhida tarbiyalashning mazmun, shakl va metodlari.
Kurs ishining vazifalari:
1. Maktabgacha ta'lim muassasalari bolalarini mehnatga muhabbat ruhida tarbiyalashning mazmun-mohiyatini ilmiy-pedagogik jihatdan asoslash.
2. Maktabgacha ta'lim muassasalari bolalarini mehnatga muhabbat ruhida tarbiyalashning mazmuni, shakli, metod va vositalarini belgilash, ularning samaradorligini tajriba-sinov ishlari natijasida aniqlash hamda ilmiy-amaliy tavsiyalar ishlab chiqish.
Kurs ishining ilmiy yangiligi. Maktabgacha ta'lim muassasalari bolalarini mehnatga muhabbat ruhida tarbiyalashning nazariy asoslari ilk marta asoslab berilganligi, Maktabgacha ta'lim muassasalari bolalarini mehnatga muhabbat ruhida tarbiyalashning mazmuni, shakli va metodlari ishlab chiqilganligi va ularning eksperimental tadbig’iga erishilganligi bilan izohlanadi.
Kurs ishining metodlari: tadqiqot mavzusiga oid falsafiy, psixologik, pedagogik, metodik adabiyotlar va ta’lim mazmunini yorituvchi me’yoriy hujjatlarni o’rganish, tahlil qilish; shaxsga yo’naltirilgan pedagogik texnologiyalar, mashg’ulotlar, ilg’or pedagogik tajribalarni o’rganish va umumlashtirish.
Kurs ishining nazariy ahamiyati. Maktabgacha ta'lim muassasalari bolalarini mehnatga muhabbat ruhida tarbiyalashning nazariy asoslari ochib beriladi, maktabgacha ta'lim muassasalari bolalarini mehnatga muhabbat ruhida tarbiyalashning pedagogik mohiyati yoritiladi, maktabgacha ta'lim muassasalari bolalarini mehnatga muhabbat ruhida tarbiyalash mezonlari ishlab chiqiladi.
Kurs ishining amaliy ahamiyati. Kurs ishida yoritiladigan nazariy va amaliy g’oyalardan maktabgacha ta’lim muassasalari tarbiyalanuvchilarini mehnatga muhabbat ruhida tarbiyalash maqsadida pedagogik faoliyatni tashkil etish va tarbiyaviy tadbirlarni o’tkazish jarayonida samarali foydalanish mumkin. Ishlab chiqilgan ilmiy-metodik tavsiyalar maktabgacha ta’lim muassasalari tarbiyalanuvchilarini mehnatga muhabbat ruhida tarbiyalash jarayonining samaradorligini ta’minlashga xizmat qiladi.

Download 198.41 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling