Amaliy fanlar universiteti
Maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishida mehnat tarbiyasining tutgan o`rni va ahmiyati
Download 198.41 Kb.
|
BOLALARNI MEHNATGA MUHABBAT RUHIDA TARBIYALASHNING SAMARALI SHAKL
1.3. Maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishida mehnat tarbiyasining tutgan o`rni va ahmiyatiBolalarga mehnat quvonchi, o’qishdagi yutuq quvonchini berish ular qalbida faxrlanish hissini, o’z izzat-nafsi hissini uyg’otish – bu tarbiyaning eng asosiy birinchi vazifasidir, degan Suxomlinskiy. Avestoda «Bolalar yosh paytdanoq daraxt ko’chati o’tqazish, uy-ro’zg’or qurilmalarini yasash, yerga ishlov berish va chorva bilan shug’ullanishga o’rgatish kerakligini» - ta’kidlagan. Yaxshilik va ezgulik yaratish uchun kishi mehnat qilishi, o’z qo’llari bilan moddiy noz-ne’matlar yaratishi lozim. ...Mehnat qilmaydigan odamlar! Sen haqiqatdan ham tilanchilar qatorida, yot eshiklarga ta’zim qilib, abadul-abad bosh egib turajaksan! Haqiqatdan ham sening yoningdan turli xil ziroatlarni olib o’tadilar, bu noz-ne’matlarning barchasi mehnat qilayotgan, to’g’ va farovon yashayotgan xonadonga nasib qiladi. Abadul-abad shunday bo’lajak! Inson butun umr davomida suv, tuproq, olov, umuman inson, dunyodagi jamiki yaxshi narsalarni pok va bus-butun asrashga burchlidir. Chorvador to’g’ bo’lsin uchun chorvani muttasil parvarish qilmoq lozim, kabi g’oyalar ta’kidlangan. Har qanday odamga uning qilgan ishlariga qarab baho berish kerak, - degan Servantes. Agar inson biron kasbni mukammal egallasa, mehnat unga huzur bag’ishlaydi, baxt keltiradi, degan Andre Morua. Madaniy jamiyat shunday bo’ladiki, shu mamlakatning aholisidan bo’lgan har bir odam kasb-hunarda ozod hamma bab-barobar bo’ladi, har kim o’zi istagan yoki tanlagan kasb-hunar bilan shug’ullanadi. Odamlar chin ma’nosi bilan ozod bo’ladigan – deb ta’kidlagan A.N.Forobiy. «Mehnatdan tashqari va mehnatsiz tarbiya yo’q va bo’lishi ham mumkin emas, chunki murakkab va ko’p qirrali mehnatsiz haqiqiy insonni tarbiyalab bo’lmaydi» va yana «Mehnatsevarlik – bu obrazli qilib aytganda, uchta tushuncha: zarur, qiyin va go’zal degan tushunchalar yig’indisidan iborat». O’tmishdagi iste’dodli shoir Abu Shukur Balxiyning mehnatni ulug’lovchi quyidagi she’riy satrini keltirish mumkin: Orzu-tilak yo’li mehnat tagida, Xazinaning mo’li mehnat tagida. Download 198.41 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling