Amaliy fanlar universiteti


Maktabgacha yoshdagi bolalarni mehnatga muhabbat ruhida tarbiyalashga yo’naltirilgan mashg’ulotlar


Download 198.41 Kb.
bet9/10
Sana02.06.2024
Hajmi198.41 Kb.
#1836151
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
BOLALARNI MEHNATGA MUHABBAT RUHIDA TARBIYALASHNING SAMARALI SHAKL

2.2.Maktabgacha yoshdagi bolalarni mehnatga muhabbat ruhida tarbiyalashga yo’naltirilgan mashg’ulotlar


Bolalar bog’chasida bolalarni kattalar mehnati bilan tanishtirish har xil tashkiliy yo’llar va metodlar orqali amalga oshiriladi. Birinchi yo’l – ekskursiya, mashg’ulot, maqsadli sayrlar orqali bolalarni kattalar mehnatiga yaqin-lashtirish. Bunda kuzatish, kino va diafilm, diapozitiv, teleeshittirish, badiiy adabiyot, ko’rgan va eshitgani to’g’risida suhbat, tarbiyachi va bolalarning hikoyalari, tarbiyachining hikoya va tushuntirishi, didaktik o’yinlar kabi turli-tuman metodlardan foydalaniladi.


Ikkinchi yo’l – mashg’ulot va mashg’ulotdan tashqari vaqt-larda kattalar mehnatini bolalarga yaqinlashtirish. Gigiyenik va pedagogik jihatdan mumkin bo’lgan ishlarni (binoni tozalash, idish yuvish, yuvilgan kirlarni dazmollash va taxlash, bayram kiyimlarini tikish, bolalar bilan o’yin, mashg’ulot uchun kerakli materiallarni tayyorlash va boshqalar) bolalar oldida bajarish. Kuzatish, ko’rsatib tushuntirish, suhbat, tar-biyachining so’zlab berishi va shunga o’xshash materiallardan foydalaniladi. Kuzatishdan keyin bolalar bilan shunga o’x-shash mehnat turlarini tashkil etish maqsadga muvofiq bo’lur zdi: kutubxonaga borib kelgandan keyin yirtilgan kitoblar-ni yamash, modalar atelyesiga borib kelgandan keyin qo’g’ir-choqqa kiyim tikish va hokazolar.
Uchinchi yo’l – bolalarning kattalar bilan birgalikdagi mehnatlari. Bolalarning kattalar bilan birgalikdagi mehnatlari har xil bo’lishi mumkin (xona o’simliklarini yuvish, polizda ko’chat yoki urug’larni ekish uchun jo’yaklar tayyorlash, binoning ichini tozalash va h. k.).11
Bolalarning kattalar bilan birgalikdagi mehnatlarini tashkil etish shakllari ham ish mazmuniga qarab har xil bo’ladi:
1. Asosiy ishni kattalar bajarishadi, bolalar qo’llaridan kelganicha yordam beradilar.
2. Tarbiyachi ishni boshlab beradi, solganini bolalar o’zlari mustaqil davom ettirishadi.
3. Kattalar boshlab beradi, bolalar davom ettiradi, keyin esa bolalar va kattalar birgalikda bajarishadi.
Bolalar kattalar bilan birgalikda mehnat qilishlari orqali mehnat malaka va ko’nikmalarini tez va oson egallab oladilar, ularning kattalar mehnati to’g’risidagi bilimlari boyiydi, bunday mehnat bolalarga quvonch bag’ishlaydi.
Bolalarni kattalar mehnati bilan tanishtirishda hamma metod va vositalardan keng ravishda foydalaniladi. O’rta guruh bolalari bilan oshxonaga ekskursiya uyushtirib, kattalar mehnati bilan tanishtiriladi (namunaviy konspekt).
MAVZU. OSHPAZNING MEHNATI.
Maqsad. Bolalarni oshpazning mehnati bilan tanishtirish, bolalarga uning mehnati mazmuni, natijasi, ahamiyati to’g’risida bilim berish, mehnat jarayoni, oshpazning mehnatini yengillashtiruvchi moslamalar bilan tanishtirish.
Ekskursiyaning borishi: ertalabki nonushtadan keyin tar-biyachi bolalarni o’z atrofiga to’plab quyidagi savollar bo’yicha suhbatlashadi:
Bugun biz nonushtada nima yedik?
Ovqat shirin pishirilganmidi?
Bizga nonushtani kim tayyorlab beradi? Bolalarning javoblaridan keyin tarbiyachi bolalarga so’zlab beradi: nonushta, tushki ovqat, kechki ovqatni bog’chada oshpaz tayyorlaydi. Oshpaz hamma ovqatlar mazali, chiroyli, o’z vaqtida tayyor bo’lishi uchun harakat qiladi. Oshpaz oshxonada ishlaydi. Bizning bog’chamiz oshxonasida ikkita oshpaz ishlaydi: Gulchehra Bahodirovna va Sanobar Karimovna. Biz sizlar bilan oshxonaga borib, oshpazlarimiz qanday ishlayotganini ko’ramiz. Ularning ishlariga xalaqit bermaslik uchun o’zingizni odobli tutinglar vasekin gaplashinglar. Oshxonaga borganimizda oshpazlarga «Assalomu alaykum» deysizlar.
Bolalar oshxonaga borib oshpazlarga salom berishadi. Oshpazlar ham bolalarning salomiga alik olib, ichkariga – oshxonaga taklif qilishadi.
Tarbiyachi: Gulchehra Bahodirovna, Sanobar Karimovna, sizlar bolalarimizga judayam mazali ovqatlar pishirib berasizlar, buning uchun sizlarga katta rahmat! Ular sizlar tayyorlagan taomlarni ishtaha bilan yeb sog’lom va baquvvat bo’lib o’sishmoqda. Ular sizlarning taomlarni qanday tayyor-lashingizni ko’rishmoqchi.
Oshpaz Gulchehra Bahodirovna bolalarga oshxonani, u yerdagi katta plitani, stollar, idishlarni ko’rsatadi va nomini aytadi. Keyin shunday deydi: «Plitaning ustida turgan katta kostryulkalarda sizlarga suyuq ovqatlarni tayyorlaymiz. Bugun tushki ovqatga mastava pishiramiz». Unga ketadigan masalliqlarni bolalarga ko’rsatib, nomini aytadi. Mahsulotlarning qaysinisiga qanday ishlov berishni ko’rsatadi va so’zlab beradi: kartoshkani archib, yuviladi, uni mana bunday shaklda qirqiladi, piyozning po’stini archib, yuviladi va mana bunday to’g’raladi va hokazo. Keyin kartoshka tozalagich mashinani ishlatib ko’rsatadi, bolalar elektr go’sht maydalagichni ko’rishadi, keyin bolalar oshpazlarning ovqat tayyorlashlarini ko’radilar.
Yakunlovchi suhbat. Tarbiyachi: oshpazimiz har bir ovqat uchun kerakli masalliqlarni tanlab oladi va ularga ishlov beradi, yuvadi, tozalaydi, pichoq bilan kesadi, xamir qoradi, qovuradi, pishiradi. Oshpaz uchun qanday asboblar kerak? (Bolalarning javoblari.)
Tarbiyachi: demak, oshpazga plita, stollar, idishlar va har xil asboblar kerak (hammasining nomini takrorlaydi). Oshpazga qanday mashinalar yordam beradi? (Bolalarning javoblari.)
Tarbiyachi: kartoshkani tozalash juda qiyin va unga ko’p vaqt ketadi. Go’shtni qiyma qilish ham qiyin, xamir qorish ham kuch va vaqtni talab qiladi. Bu ishlarni oson va tez bajarishda oshpazlarga mashinalar yordam beradi (nomini aytib chiqadi). Oshpazlarimiz qanday ishlashadi? (Bolalarning javoblari.)
Tarbiyachi: oshpazlarimiz o’zaro inoqlikda bizga ovqatlarni tez va shirin qilib tayyorlab berishadi. Oshxonani ko’ringlar, hammayoq saranjon-sarishta, hamma idishlar, kiyimlari ham top-toza.
Oxirida oshpazlar bolalarga o’yinchoq idishlar sovg’a qilishadi va mana endi sizlar ovqatlarni qanday tayyorlashni bilib oldinglar, qo’g’irchoqlaringizga mazali ovqatlar tayyorlab berasizlar, deb aytishadi.
Tarbiyachi va bolalar oshpazlarga hamma xizmatlari, sov-g’alari uchun minnatdorchilik bildirishadi va xayrlashib chiqib ketishadi.
Eslatma: Agar kattalar mehnati to’g’risidagi bunday hajmdagi bilim va tasavvur bolalarga og’irlik qilsa, dastur materialini ikkiga bo’lib, ekskursiyani ikki marta o’tkazish mumkin.
Shunday qilib, kattalar mehnati bilan tanishtirish bolalar mehnat va axloqiy tarbiyasining tarkibiy qismi hisoblanadi.

Xulosa


Kichik yoshdagi bolalarni mustaqil mehnat faoliyatiga amaliy va psixologik jihatdan puxta tayyorlash maktabgacha ta’lim muassasalari oldida turgan eng muhim vazifalardan biriga aylandi. Bu davrda ularda mehnatga yaxshi munosabatda bo’lish asoslari tarkib topa boshlaydi, mehnatga havas uyg’onib ijtimoiy foydali ishlarda ishtirok etish hissi tarbiyalanadi. Binobarin uning eng yaxshi axloqiy sifatlari ilk bor ijtimoiy foydali mehnat jarayonida shakllanadi. Ongli ravishda bajarilgan muhit mehnat va shaxs kamolotiga hamisha ijobiy ta’sir etadi. Shu jarayonda shaxsning barcha sifatlari, psixik jarayonlari, xususiyatlari va fiziologik chiniqishi nomoyon bo’ladi.
Yosh avlodni mehnatga psixologik tayorlash esa uning hamisha umum foydasi uchun astoydil mehnat qilishiga bo’lgan ichki tayorgarligini yuzaga keltiradi. Buning uchun esa, avvalo uni shu mehnatga har tomonlama qiziqtirish emosional hayrixohlikni shakllantirish lozim. Chunki ana shu qiziqishlar orqali izchillik xushchaqchaqlik, mustaqillik va tashabbuskorlik kabi hislatlar tarkib topadi. Bola mehnatga o’z - o’zidan qiziqib qolmaydi. Madomiki qiziqish bo’lmas ekan mehnatga muhabbat ham bo’lmaydi degan edi mashhur pedagoglarimizdan biri. Bolalar mehnati noto’g’ri uyushtirilsa bola mehnatdan bezib qolishi mumkin.
Bolalarni ijtimoiy foydali mehnatga tayorlash asosan quyidagi ikki yo’nalish bo’yicha olib boriladi. Birinchi yo’nalishda ko’proq mehnat darslarining mazmundorligi uning bola psixikasiga, qobiliyatiga va kasb tanlashiga mos kelishi, shuningdek bola ongida qiziqishlarni shakllantirish asos qilib olinadi. Masalan bolalar uchun yangi yil o’yinchoqlari yasash, bog’chadagi buzilib qolgan o’yinchoqlarni sozlash, turli xil texnik modellar tayorlash kabilarda bolalarning qobiliyatlarini ko’nikma va malakalarini shakllantiradi. Ularda foydali ish qilganliklaridan quvonch hissi ortib, ijtimoiy motivlarning shakllanishi uchun dastlabki zamin hozirlaydi. Birinchi gurux tarbiyalanuvchisi Durdona; men E’zozaga konvert yasab berdim, menga esa G’anisher konvert yasayapti, men uni albatta avaylashim kerak deb quvonadi.
Ko’ramizki bola o’zgalarga foyda keltirayotganidan g’oyat mamnun, ayni bir vaqtda boshqalar mehnatini qadrlashga, e’zozlashga odatlanayapti.
Ikkinchi yo’nalish bo’yicha esa maktabgacha ta’lim muassasasidan tashqari ishlar bolalar ongiga jamoaviylik, vatanparvarlik, tashabbuskorlikni his etish singari hususiyatlar singdirib boriladi. Shu bilan birga ijtimoiy foydali mehnatga ishtirok etishdan o’zini chetga oladigan ayrim bolalarga ham jamoa ta’siri kuchaytiriladi. Jamoa mehnati bolalarga o’z oldiga vazifalar va ularni hal etish imkonini beradi. Bunday topshiriqlarni ular alohida bajara olmaydilar, topshiriqlar ularda o’zaro nazorat qilish bir-biriga tanqidiy ko’z bilan qarash malakasini shakllantiradi.
Shu boisdan individual va jamoadagi mehnatning bola shaxsini rivojlantirishga bo’lgan ta’siri masalasi muhim taraqqiyot obektiga aylangan. Har bir bola yoshligidanoq jamoa ishlarini sidqidildan bajarishga odatlanish, o’zining ijtimoiy ma’suliyatini to’g’ri talqin qilishga o’rganish kerak.
Aks holda uning mehnati faqat o’zi yoki o’z oilasi uchungina foydali bo’lishi mumkin, xolos. Bu esa bolada salbiy illatlarni tarkib topishiga zamin hozirlaydi.
Shunday qilib, bog’cha yoshidagi davrda bolalarni mehnatga odatlantirish va uning bundan keyingi o’sishi tizimli ta’lim va tarbiya jarayonida amalga oshiriladi.


Download 198.41 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling