Amaliy fanlar va maktabdan tashqari ta’lim metodikasi ” kafedrasi


Uzluksiz kasbiy rivojlantirish kursining namunaviy o’quvdasturi quyidagi


Download 0.62 Mb.
bet3/18
Sana01.03.2023
Hajmi0.62 Mb.
#1240364
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18
Bog'liq
TEXNOLOGIYA 2023 YIL YANGI ISHCHI O`QUV DASTURI

Uzluksiz kasbiy rivojlantirish kursining namunaviy o’quvdasturi quyidagi
modullardan iborat:
1. Pedagogning kommunikativ ko'nikmalarini rivojlantirish
2. AKT va mediasavodxonlik
3. O‘zini-o‘zi rivojlantirish va uzluksiz kasbiy rivojlanish masalalari
4. Pedagog mas’uliyati va moslashuvchanligi
5. Inklyuziv ta’limni joriy etish masalalari
6. Ta’limning normativ-huquqiy hujjatlarini bilish va kasbiy faoliyatda foydalanish masalalari
7. Fandagi yangiliklar va fanni o‘qitishning dolzarb masalalari
8. O‘quvchilar kompetensiyalarini baholash usullari va vositalari


Kursning maqsadi va vazifalari


Kurs maqsadi: Texnologiya fani o‘qituvchilari uchun tashkil qilinadigan uzluksiz kasbiy rivojlanish kursining maqsadi ta’lim-tarbiya jarayoni samaradorligini oshirish uchun zarur bo‘ladigan kasbiy bilim, ko‘nikma va malakalarni zamonaviy metodika asosida muntazam yangilash, malaka talablari asosida ularning kasbiy faoliyatga doir kompetentligini rivojlantirishdan iborat.

Kursning vazifalariga quyidagilar kiradi:


tinglovchilarga jamiyatda amalga oshirilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar mazmuni va ta’lim-tarbiya jarayonlarini tashkil etishning huquqiy-me’yoriy asoslarini singdirish;
o‘zini-o‘zi rivojlantirishning bosqichli istiqbol rejasini tuzishga o‘rgatish;
ta’lim jarayonida pedagog mas’uliyati va moslashuvchanligining zamonaviy modellari va tiplarini o‘rgatish;
alohida ta’lim ehtiyojlariga ega o‘quvchilarga ta’lim-tarbiya berishning psixologik jihatlari o‘rgatish;
ilg‘or xorijiy tajribalarni o‘rganish, tahlil etish va milliy ta’lim tizimiga moslashtirishni o‘rgatish;
tinglovchilarni ta’lim sifatini oshirishning yangicha metodikalari bilan qurollantirish;
AKTni ta’lim jarayoniga integratsiya qilishning turli yondashuvlari bilan tanishtirish;
pedagoglarning malaka talablariga mos holda kasbiy kompetentligini zamonaviy yondashuvlar va innovatsiyalar asosida uzluksiz rivojlantirish.

Download 0.62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling