Amaliy geografiya fani haqida tushuncha?
Geografik bashorat haqida tushuncha ?
Download 99.01 Kb.
|
Amaliy geografiya fani haqida tushuncha
- Bu sahifa navigatsiya:
- Geografik bashoratlash
Geografik bashorat haqida tushuncha ?
Fanda biror hodisa yoki biron-bir obyekt holatining o‘zgarishini oldindan ko‘ra bilish va ayta olish bashorat deb ataladi. Hozirgi paytda geografiyada bashoratlash va bashorat tushunchalari mavjud. Bashoratlash — o‘rganilayotgan borliq (obyekt) holatining o‘zgarishi haqida ma’lumotlar yig‘ish yoki olish jarayonidir. Bashorat esa bashoratlash bo‘yicha tadqiqotlarning natijasidir. Umuman bashorat deganda o‘rganilayotgan borliq yoki hodisaning kelajakdagi holat va ko‘rinishining tavsifi tushuniladi. Geografik bashoratlash tabiiy va ijtimoiy-iqtisodiy muhitning rivojlanishi va o‘zgarishi haqida ma’lumotlar olish va to‘plash jarayonidir. Geografik bashorat deb, tabiiy muhit va hududiy ishlab chiqarish tizimlarining o‘zgarishidagi asosiy yo‘nalishlarni ilmiy jihatdan oldindan asoslab berishga aytiladi. So‘nggi vaqtda ilmiy-texnik jadallashtirish jarayoni tufayli bashoratlash bo‘yicha ilmiy izlanishlar juda tezlik bilan rivojlana boshladi. Ilmiy g‘oyalarni amaliyotda qo‘llash muddatlari keskin qisqarishi munosabati bilan tabiiy muhitga bo‘lgan bosim kuchayib ketdi. Natijada tabiiy muhitning aks ta’siri muddatlari ham keskin qisqara boshladi. Tabiiy muhitning inson ta’siriga aks ta’siri ko‘pincha salbiy ko‘rinishga ega bo‘la boshladi. Shuning uchun hozirgi paytda noxush hodisalarni oldindan ko‘ra bilish muhim ahamiyatga ega bo‘lmoqda. Insonning tabiatga ta’siri oqibatlarini oldindan ko‘ra bilmaslik va ularni oldindan ayta olmaslik sayyoraviy, mintaqaviy va mahalliy ekologik muammolarning kelib chiqishiga sabab bo‘ladi. Orol dengizi muammosi bunga misol bo‘lishi mumkin. Geografik bashoratlar bir necha variantlarda amalga oshiriladi. Masalan, Sibir daryolari oqimining bir qismini O‘rta Osiyo va Qozog‘istonga burish loyihasini amalga oshirish va uning ekologik oqibati bir necha variantda ishlab chiqilgan. Ulardan avvaliga 5-6, keyinchalik esa maqbul varianti tanlab olindi va mazkur variant asosida barcha hisob-kitob ishlari bajarildi. Geografik bashoratlar turli muddatlarga tuziladi. Shuning uchun bashoratlar muddatiga ko‘ra quyidagi turlarga bo‘linadi: operativ bashorat bir oy muddatga, qisqa muddatli bashorat 1 oydan 1 yilgacha, o‘rta muddatli bashorat 1 yildan 5 yilgacha, uzoq muddatli bashorat 5 yildan 15 yilgacha, juda uzoq muddatli bashoratlar15 yildan ko‘proq muddatga ishlab chiqiladi. Tabiiy geografik bashoratni amalga oshirish uchun tabiat komplekslari komponentlarining bashoratli xossalarini aniqlab olish lozim bo‘ladi. Ma’lum bir joyning relyefi, tog‘ jinslari, tuproqlari, suvlari, o‘simligi va hayvonot dunyosi o‘ziga xos xususiyatlarga ega bo‘ladi. Bu xususiyatlar haqdagi ma’lumotlar tabiiy geografik bashoratlarda ishlatiladi. Download 99.01 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling