Amaliy geografiya fani haqida tushuncha?
Download 99.01 Kb.
|
Amaliy geografiya fani haqida tushuncha
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tizimlararo tahlil usuli.
- Geografik ekspertiza Ekspertiza
- Geogra fi k ekspertiza
Ekstrapolyatsiya usuli. Mazkur usulning mohiyati o‘zgarish yo‘nalishini kelajakka nisbatan ekstrapolyatsiya qilishdan iborat. Ushbu usul tabiat komplekslarining holatidagi mavjud bo‘lgan o‘zgarishlar yo‘nalishini o‘rganish orqali, bu o‘zgarishlar kelajakda ham davom etadi, degan xulosa chiqarishga asoslangan. Masalan, Niagara sharsharasi ohaktoshlarni yemirib, Eri ko‘li tomon asta-sekin chekinmoqda. Bu jarayon davom etaversa, Niagara sharsharasi yo‘q bo‘lib ketishi mumkin. Bunday jarayonning oldini olish bo‘yicha chora-tadbirlar tizimi ishlab chiqilishi lozim.
Tizimlararo tahlil usuli.Mazkur usulning asosiy mohiyati shundan iboratki, bir tizim holatining tahlili asosida boshqa tizimning holati bashorat qilinadi. Masalan, har 11 yilda Quyoshdagi dog‘lar sonining ko‘payishi asosida Yerdagi qator noxush hodisalarning ro‘y berishi oldindan aytib beriladi. Eng xavfli qor ko‘chkilari, sellar, qurg‘oqchilik, toshqinlar va boshqa noxush hodisalar Quyosh faolligining 11 yillik davriyligi bilan bog‘langan. Geografik ekspertiza Ekspertiza deb, yirik muhandislik inshootlarini qurish loyihalarining mutaxassislar ko‘rigidan o‘tkazilishiga aytiladi. «Ekspert» so‘zi lotin tilida «tajribali» degan ma’noni bildiradi. Ekspert – biror sohada ekspertiza o‘tkazuvchi mutaxassis. Masalan, qurilish, geologiya, qishloq xo‘jaligi, suv xo‘jaligi, atom energetikasi, mashinasozlik va h.k. sohalar bo‘yicha ekspertiza, asosan, loyihalanayotgan muhandislik inshootining atrof-muhitga ta’sirini baholash yuzasidan o‘tkaziladi. Ekspertizalar geograf k va ekologik ekspertizaga bo‘linadi. Geografik ekspertiza deb, loyihalashtirilayotgan muhandislik inshootining atrof-muhit talablariga mos kelish-kelmasligini aniqlashga aytiladi. Ekologik ekspertiza deb, inson faoliyatining atrof-muhit biologik (o‘simlik, hayvonot dunyosi va mikroorganizmlar) qismiga ta’sirini baho lashga aytiladi. Geografik va ekologik ekspertiza bir-biriga barcha jihatdan yaqin va bir-birini taqozo qilishini e’tiborga olib, geograf k-ekologik ekspertiza deb ataladi. Geograf k-ekologik ekspertiza ekspertiza jarayonida muhandislik inshootining atrof-muhitga, aholi salomatligiga qanday ta’sir qilishi e’tiborga olinadi. Ekspertiza turli darajalarda amalga oshiriladi. Davlat ekspertizasi, Vazirlik ekspertizasi, Davlat fan va texnika qo‘mitasi ekpertizasi, ilmiy va jamoatchilik ekspertizasi va boshqalar. Atrof-muhit bo‘yicha ekspertiza Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi tomonidan belgilanadi. Ushbu tashkilotda ekologik-geografik ekspertiza boshqarmasi mavjud. O‘zbekistonda geografik-ekologik ekspertiza o‘tkazish. O‘zbekistonda o‘tgan asrning 90-yillaridan boshlab yirik inshoot va obyektlarning loyihalari geografik-ekologik ekspertizadan o‘tkazila boshlandi. Hozirgi paytda O‘zbekistonda yangi sanoat korxonalarini ekologik talablarga mos holda joylashtirish, mavjud korxonalar ishlab chiqarayotgan mahsulotlar, atrof-muhitga chiqarayotgan chiqindilar masalasi atroflicha tahlil qilinib, texnologik jarayonlarni mukammallashtirish, gaz va changni tutib qoluvchi, ularni tozalovchi zamonaviy moslamalarni o‘rnatishga katta ahamiyat berilmoqda. Mamlakatimizda qurilayotgan yirik va o‘rtacha korxonalar ekologik tartib-qoida, belgilangan me’yorlar asosida qurilish bilan birga ishlash jarayonida atrof-muhitga zararli chiqindilarni chiqarishi me’yorda bo‘lishi kafolatlangan. Masalan, Asaka shahridagi yengil avtomobil zavodi, Qorovulbozordagi neftni qayta ishlash zavodi va boshqa korxonalar ekologik ekspertizadan chuqur va har tomonlama o‘tkazilgan. Download 99.01 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling