Amaliy geografiya fani haqida tushuncha?


Download 99.01 Kb.
bet6/12
Sana19.06.2023
Hajmi99.01 Kb.
#1619406
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
Amaliy geografiya fani haqida tushuncha

Geoekologik monitoring

Ekologik monitoringning ikkinchi bosqichi I.I. GYerasimov bo‘yicha geoekologik, geotizimli yoki tabiy-xo‘jalik monitoringa bo‘lishi lozim. Geoekologak monitoringning (GEM) mazmuni tabiat majmualarining o‘zgarishlari ustidan nazorat olib borish hamda ularni tabiiy-texnik tizimlarga qayta o‘zgarishini kuzatishdan iborat bo‘lishi lozim. GEM BEMning mutlaq to‘ldirib boradi: BEMni indikatorlari bo‘lib xizmat qiluvchi hodisalarning genezisi va o‘zaro aloqalarni ajratishga imkon bYeradi; BEMni mazmunini chuqurlashtiradi, atrof-muhitda bo‘ladigan stixiyali o‘zgarishlarni oldindan ko‘ra olishga turtki bo‘ladi, inson sog‘lig‘ini yomonlashtiruvchi tabiat hodisadarini oldindan bilishga imkon bYeradi; BEMning tadqiqot chegaralarini kengaytiradi, bunda atrof-muhitning tabiiy resurslarini ham o‘z ichiga oladi, chunki inson ulardan o‘z faoliyatida foydalanadi.
Ifloslantiruvchi chiqindilarni ruhsat etilgan me’yor (REM) bo‘yicha ekologik baholashda tabiiy muhitnnng o‘z-o‘zini tozalash xususiyatini to‘g‘ri aniqlash muhim ahamiyatga ega. Bu qobiliyat tabiatda biologik aylanma harakatning hajmi va jadalligi bilan o‘lchanadi. SHuning uchun ham birinchi holatda GEM tarkibiga indikatorlarni kiritish bilan tabiiy ekotizimlarning ifloslanishi me’yordan oshib ketishini anglash va bashorat qilishga imkon topiladi.
Ikkinchi holatni tushuntirish asosida tabiiy tadrijiy ekologik muvozanatning mavjudligini bilish yotadi. Agar tabi­iy ekotizimlar muvozanatining buzilishi ro‘y bYersa, tiklab bo‘lmaydigan hodisalar vujudga keladi, masalan, Yerlarning Yeroziyaga uchrashi, jar Yeroziyasi, surilmalar, tuproqda tuz to‘planishi va boshqalar. SHuni kayd qilish lozimki, ushbu monitoringning vazifasi ancha murakkab. Baykal ko‘lini o‘z-o‘zini tozalash qobiliyati yaxshi o‘rganilmagan bir paytda unga turli chiqindilarning tushishi monitoring ishini qiyinlashtiradi. SHuning uchun ham uni tabiiy xolatda saqlab qolish ancha o‘rinlidir.
Uchinchi holatni tushuntirish uchun tabiiy ekotizimlarning muhim boyligi biologik mahsuldorlikka e’tibor bYerish lo­zim. SHuni hisobga olgan xolda GEM tarkibiga biologik mahsuldorlikning ma’lum indikatorlarini kiritish darkor. SHuningdek, yangi geotizimlarning vujudga kelishini aniqlovchilarini ham bilish zarur. Ushbu ko‘rsatkichlarni o‘zaro solishtirish tabiiy resurslardan foydalanish darajasini bilishga imkon bYeradi. Ushbu ko‘rsatkichlar miqdor ko‘rsatkichlari ko‘rinishida bo‘lishi lozim. Bu hol bashoratli ishlamalarni tayyorlashda asqotadi.


  1. Download 99.01 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling