Ekstrapolyastiya usuli. Mazkur usulning mohiyati o’zgarish yo’nalishini
kelajakka nisbatan ekstrapolyastiya qilishdan iborat. Ushbu usul tabiat
komplekslarining holatidagi mavjud bo’lgan o’zgarishlar yo’nalishini o’rganish
orqali, bu o’zgarishlar kelajakda ham davom etadi, degan xulosa chiqarishga
asoslangan. Masalan, Niagara sharsha-rasi ohaktoshlarni emirib, Eri ko’li tomon
asta-sekin chekinmoqda. Bu jarayon davom etaversa, Niagara sharsharasi yo’q
bo’lib ketishi mumkin. Bunday jarayonning oldini olish bo’yicha chora-tadbirlar
tizimi ishlab chiqilishi lozim.
Tizimlararo tahlil usuli. Mazkur usulning asosiy mohiyati shundan
iboratki, bir tizim holatining tahlili asosida boshqa tizimning holati bashorat
qilinadi.
Masalan, har 11 yilda Quyoshdagi dog’lar sonining ko’payishi asosida
Erdagi qator noxush hodisalarning ro’y berishi oldindan aytib beriladi.
Eng xavfli qor ko’chkilari, sellar, qurg’oqchilik, toshqinlar va boshqa
noxush hodisalar Quyosh faolligining 11 yillik davriyligi bilan bog’langan.
Sayyoraviy, mintaqaviy va mahalliy geografik bashoratlar
Geografik bashoratlar jahon, mintaqa va mahalliy miqyoslarda olib boriladi.
Sayyoraviy
bashoratlar.
Ular
yer
rivojlanishining
evolustion
yo’nalishlarini
o’rganishga
asoslangan.
Umumsayyoraviy
geografik
bashoratlaming asosiy maqsadi insoniyatning kelajakdagi hayotini va yerni saqlab
qolishga qaratilgan muammolarni oldindan bashorat qilishdir. Shuning uchun ham
mutaxassis va olimlarning ko’pchiligi hozirgi paytda butun dunyo miqyosida
kelajakda kutilayotgan turli noxush hodisalami bashorat qilish bilan shug’ullanadi.
Atmosfera havosining ifloslanishi, ozon qatlamining yupqalanishi, "issiqxona
samarasi"ning vujudga kelishi, cho’llashish jarayoni, gidrosferaning ifloslanishi va
toza ichimlik suvi muammosi shular jumlasidandir. Insoniyatning kelajakdagi
hayoti yuqoridagi muammolarning qanday bashorat qilinishiga bog’liq.
Umumsayyoraviy bashoratlar ma’lum bir hududga bog’lanmagan bo’ladi .
Do'stlaringiz bilan baham: |