Amaliy geografiyada prognozlashtirish (2-soat)


Download 299.35 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/5
Sana04.01.2023
Hajmi299.35 Kb.
#1077271
1   2   3   4   5
Bog'liq
AG MA\'RUZA 10

Ekstrapolyastiya usuli. Mazkur usulning mohiyati o’zgarish yo’nalishini 
kelajakka nisbatan ekstrapolyastiya qilishdan iborat. Ushbu usul tabiat 
komplekslarining holatidagi mavjud bo’lgan o’zgarishlar yo’nalishini o’rganish 
orqali, bu o’zgarishlar kelajakda ham davom etadi, degan xulosa chiqarishga 
asoslangan. Masalan, Niagara sharsha-rasi ohaktoshlarni emirib, Eri ko’li tomon 
asta-sekin chekinmoqda. Bu jarayon davom etaversa, Niagara sharsharasi yo’q 
bo’lib ketishi mumkin. Bunday jarayonning oldini olish bo’yicha chora-tadbirlar 
tizimi ishlab chiqilishi lozim. 
Tizimlararo tahlil usuli. Mazkur usulning asosiy mohiyati shundan 
iboratki, bir tizim holatining tahlili asosida boshqa tizimning holati bashorat 
qilinadi. 
Masalan, har 11 yilda Quyoshdagi dog’lar sonining ko’payishi asosida 
Erdagi qator noxush hodisalarning ro’y berishi oldindan aytib beriladi. 
Eng xavfli qor ko’chkilari, sellar, qurg’oqchilik, toshqinlar va boshqa 
noxush hodisalar Quyosh faolligining 11 yillik davriyligi bilan bog’langan. 
Sayyoraviy, mintaqaviy va mahalliy geografik bashoratlar 
Geografik bashoratlar jahon, mintaqa va mahalliy miqyoslarda olib boriladi. 
Sayyoraviy 
bashoratlar. 
Ular 
yer 
rivojlanishining 
evolustion 
yo’nalishlarini 
o’rganishga 
asoslangan. 
Umumsayyoraviy 
geografik 
bashoratlaming asosiy maqsadi insoniyatning kelajakdagi hayotini va yerni saqlab 
qolishga qaratilgan muammolarni oldindan bashorat qilishdir. Shuning uchun ham 
mutaxassis va olimlarning ko’pchiligi hozirgi paytda butun dunyo miqyosida 
kelajakda kutilayotgan turli noxush hodisalami bashorat qilish bilan shug’ullanadi. 
Atmosfera havosining ifloslanishi, ozon qatlamining yupqalanishi, "issiqxona 
samarasi"ning vujudga kelishi, cho’llashish jarayoni, gidrosferaning ifloslanishi va 
toza ichimlik suvi muammosi shular jumlasidandir. Insoniyatning kelajakdagi 
hayoti yuqoridagi muammolarning qanday bashorat qilinishiga bog’liq. 
Umumsayyoraviy bashoratlar ma’lum bir hududga bog’lanmagan bo’ladi . 



Download 299.35 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling