Amaliy geografiyada prognozlashtirish (2-soat)


O’zbekiston tabiat komplekslarining o’zgarishini bashoratlash


Download 299.35 Kb.
Pdf ko'rish
bet5/5
Sana04.01.2023
Hajmi299.35 Kb.
#1077271
1   2   3   4   5
Bog'liq
AG MA\'RUZA 10

O’zbekiston tabiat komplekslarining o’zgarishini bashoratlash 
O’zbekistonda shakllangan tabiat komplekslari rivojlanishi va tuzilishining 
asosiy qonuniyatlarini, ularda vujudga keladigan tabiiy geografik jarayonlarni, 
inson faoliyati ta’sirida ro’y beradigan o’zgarishlarni o’rganish asosida kelajakdagi 
o’zgarishlarning asosiy yo’nalishlarini bashorat qilish mumkin. 
O’zbekistonda asosan tekislik, tog’ oldi va tog’ tabiat komplekslari 
tarqalganligi uchun bashoratlash ishlari ikki yo’nalishda olib borilishi lozim. 
O’zbekistonda tekislik tabiat komplekslaridan hozirgi paytda asosan 
chorvachilik va sug’orma dehqonchilik maqsadlarida foydalaniladi. 
Cho’l yaylovlaridan ham turlicha foydalaniladi. Qizilqum, Qamob va 
Surxondaryo yaylovlaridan yuqori darajada foydalanilsa, Ustyurt platosi
Qizilqumning shimoli g’arbi, Orol dengizining qurigan qis-midagi yaylovlardan 
umuman foydalanilmaydi. 


Ustyurt platosi hozirgi paytda, asosan, inson faoliyati ta’sirida o’zgarmoqda. 
Bu erda geologik-qidiruv ishlari, yo’l qurilishi, gaz quvurlarining yotqizilishi, 
ayrim joylarda muhandislik inshootlarining qurilishi inson xo’jalik faoliyatining 
asosi hisoblanadi. 
Kelajakda gaz va neft konlarining qidirilishi va ularning ishga tu-shirilishi
yo’llarning qurilishi, aholi manzilgohlarining barpo qilinishi munosabati bilan 
texnogen eroziya keng rivojlanishi mumkin. 
Tog’ oldi va tog’ tabiat komplekslarida insonning mehnat faoliyati juda 
xilma-xilligi bilan ajralib turadi. 
Tog’ oldi tabiat komplekslari kuchli o’zgargan, adirlar va pasttog’lar kamroq 
o’zgargan, o’rta-cha va baland tog’lar tabiat komplekslari kuchsiz o’zgargan 
hisoblanadi
Tog’ oldi tekisliklarining tabiat komplekslari o’zgarishining bashoratini 
Mirzacho’l misolida ko’rib chiqamiz. Mirzacho’lning deyarli barcha erlari 
o’zlashtirib bo’lingan. Mirzacho’ldagi tabiat komplekslarining kelajakdagi 
o’zgarishini bashoratlashda er osti suvlari sathi, ularning minerallashish darajasi 
hisobga olinmog’i lozim. Mirzacho’l erlaridan doi-miy yuqori hosil olish uchun er 
osti suvlari sathining 2,5 m chuqurlikda va ularning minerallashish darajasini 3-5 g 
miqdorida ushlab turish lozim. Shunda sho’rlanish jarayoni ro’y bermaydi. Buning 
uchun vertikal va gorizontal zovurlar yaxshi ishlashi, erni yuvish ishlari vaqtida 
olib borilishi lozim. Aks holda er osti suvlari sathining ko’tarilishi va ularning 
bug’lanishi natijasida erlar sho’rlanib ketadi va ishdan chiqadi. 
Tog’-kon sanoati rivojlangan hududlarda tabiat komplekslarining 
o’zgarishini bashoratlashda quyidagilarga e’tibor beriladi: a) konning maydoni va 
loyihadagi chuqurligi; b) konni qazib olish usuli (yopiq yoki ochiq tarzda); d) 
kondan va qayta ishlovchi korxonalardan chiqadigan chiqindilarning yillik miqdori 
va ular egallaydigan maydon; e) konni qazib olish jarayonida ro’y berishi mumkin 
bo’lgan noxush tabiiy geografik jarayonlar; f) konni qazib olish jarayonida tuproq, 
o’simlik, suv va hayvonot dunyosining o’zgarishi va h.k. 
Nazorat savollari. 
1. Bashoratning qanday usullarini bilasiz? 
2. Tizimlararo bashorat usuli qanday hollarda qo’llaniladi? 
3. Landshaft-indikastiya usulining mazmuni nimadan iborat? 
4. O’xshatish usuli qanday hollarda qo’llanadi? 
5. O’zingiz yashab turgan joyda bir-biriga o’xshash va bir xil sharoitda joylashgan 
inshootlar ro’yxatini tuzing. 
6 Bashroat qanday turlarga bo’linadi? 
7.uumsayyoraviy bashoratlarning asosiy maqsadi nimadan iborat? 
8. Mintaqaviy bashoratlar deb nimaga aytiladi? 
9. Mahalliy geografik bashoratlar qanday amalga oshiriladi? 
 

Download 299.35 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling