Amaliy geografiyada prognozlashtirish (2-soat)


Download 299.35 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/5
Sana04.01.2023
Hajmi299.35 Kb.
#1077271
  1   2   3   4   5
Bog'liq
AG MA\'RUZA 10



Amaliy geografiyada prognozlashtirish (2-soat) 
Reja: 
1. Geografik bashorat xaqida tushuncha. 
2. Bashorat usullari. 
3.Sayyoraviy, mintaqaviy va mahalliy geografik bashoratlar 
4. O’zbekiston tabiat komplekslarining ozgarishini bashoratlash 
 
Tayanch tushunchalar: Sayyoraviy bashorat, mintaqaviy bashorat, 
maxalliy bashorat tabiat kompleksi 
Geografik qobiqning kelajakdagi holatini oldindan ko’ra bilish, fan-texnika 
inqilobi sharoitida insonning tabiiy muhitga ta’siri va uning oqibatlarini oldindan 
ilmiy asosda ayta olish va asoslab berish zamonaviy geografiya fani oldida turgan 
muhim muammolardan biri hisoblanadi. 
Fanda biror hodisa yoki biron-bir obekt holatining o’zgarishini oldindan 
ko’ra bilish va ayta olish bashorat deb ataladi. 
Hozirgi paytda geografiyada bashoratlash va bashorat tushunchalari mavjud. 
Bashoratlash - o’rganilayotgan borliq (obekt) holatining o’zgarishi haqida 
ma’lumotlar yig’ish yoki olish jarayonidir. Bashorat esa bashoratlash bo’yicha 
tadqiqotlarning natijasidir. Umuman bashorat deganda o’rganilayotgan borliq yoki 
hodisaning kelajakdagi holati va ko’rinishining tavsifi tushuniladi. 
Geogralfik bashoratlash tabiiy va ijtimoiy-iqtisodiy muhitning rivojlanishi 
va o’zgarishi haqida ma’lumotlar olish va to’plash jarayonidir. 
Geografik bashorat deb, tabiiy muhit va hududiy ishlab chiqarish 
tizimlarining o’zgarishidagi asosiy yo’nalishlarni ilmiy jihatdan oldindan asoslab 
berishga aytiladi. 
So’nggi vaqtda ilmiy-texnik jadallashtirish jarayoni tufayli bashoratlash 
bo’yicha ilmiy izlanishlar juda tezlik bilan rivojlana boshladi. Ilmiy g’oyalarni 
amaliyotda qo’llash muddatlari keskin qisqarishi munosabati bilan tabiiy muhitga 
bo’lgan bosim kuchayib ketdi. Natijada tabiiy muhitning aks ta’siri muddatlari ham 
keskin qisqara boshladi. Tabiiy muhitning inson ta’siriga aks ta’siri ko’pincha 
salbiy ko’rinishga ega bo’la boshladi. Shuning uchun hozirgi paytda noxush 
hodisalarni oldindan ko’ra bilish muhim ahamiyatga ega bo’lmoqda. Insonning 
tabiatga ta’siri oqibatlarini oldindan ko’ra bilmaslik va ularni oldindan ayta 
olmaslik sayyoraviy, mintaqaviy va mahalliy ekologik muammo-larning kelib 
chiqishiga sabab bo’ladi. Orol dengizi muammosi bunga misol bo’lishi mumkin
Geografik bashoratlar bir necha variantlarda amalga oshiriladi. Masalan, 
Sibir daryolari oqimining bir qismini O’rta Osiyo va Qozog’istonga burish 
loyihasini amalga oshirish va uning ekologik oqibati bir necha variantda ishlab 
chiqilgan. Ulardan avvaliga 5—6, keyinchalik esa maqbul varianti tanlab olindi va 
mazkur variant asosida barcha hisob-kitob ishlari bajarildi. 
Geografik bashoratlar turli muddatlarga tuziladi. Shuning uchun bashoratlar 
muddatiga ko’ra quyidagi turlarga bo’linadi: operativ bashorat bir oy muddatga, 
qisqa muddatli bashorat 1 oydan 1 yilgacha, o’rta muddatli bashorat 1 yildan 5 


yilgacha, uzoq muddatli bashorat 5 yildan 15 yilgacha, juda uzoq muddatli 
bashoratlar 15 yildan ko’proq muddatga ishlab chiqiladi. 
Tabiiy geografik bashoratni amalga oshirish uchun tabiat komplekslari 
komponentlarining bashoratli xossalarini aniqlab olish lozim bo’ladi. Ma’lum bir 
joyning relefi, tog’ jinslari, tuproqlari, suvlari, o’simligi va hayvonot dunyosi 
o’ziga xos xususiyatlarga ega bo’ladi. Bu xususiyatlar haqidagi ma’lumotlar tabiiy 
geografik bashoratlarda ishlatiladi. 
Tabiiy 
komplekslar 
komponentlarining 
tabiiy 
muhit 
ifloslanishini 
kamaytirish xususiyatlari quyidagilardan iborat: 
1. Relef. Botiqlar texnogen mahsulotlarni (chiqindilarni) to’plovchidir. 
Balandliklar esa ularni tarqatib yuboruvchidir. - 
2. Tog jinslari. Suv otkazadigan suv otkazmaydigan jinslar, ularning qalinligi 
tabiiy muxitga tasir korsatadi. 
3. Suvlar. Ularda erigan organik moddalarning miqdori yillik oqim miqdori
oqim tezligi muxim axamiyatga ega 

Download 299.35 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling