Amaliy geografiyada prognozlashtirish (2-soat)


Download 299.35 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/5
Sana04.01.2023
Hajmi299.35 Kb.
#1077271
1   2   3   4   5
Bog'liq
AG MA\'RUZA 10

Bashorat usullari 
Geografik bashoratlashda turli xil usullardan foydalaniladi. Qanday 
usullardan foydalanish bashoratning maqsadi va muddatiga bog’liq bo’ladi. Qisqa 
muddatli geografik bashoratlarda landshaft-indikastiya usuli, uzoq muddatli 
geografik bashoratlarni amalga oshirishda geografik o’xshatish va ekstrapolyastiya 
usuli qo’Uaniladi. Bundan tashqari juda ko’p hollarda tizimlararo tahlil usulidan 
keng foydalaniladi. 
Landshaft-indikastiya usuli. Mazkur usulning mazmuni shundan iboratki, 
landshaftning bevosita ko’rinib turadigan komponentlari (o’simlik, tuproq, relef va 
boshqalar) 
xususiyatlarini 
o’rganish 
orqali 
kuzatib 
bo’lmaydigan 
komponentlarning holatini o’rganish mumkin. Masalan, o’simlik turini aniqlash va 
holatini o’rganish orqali boshqa komponentlar haqida ma’lumotlarga ega bo’lish 
mumkin. Agar cho’lda yantoq o’simligi keng tarqalgan bo’lsa, yer osti suvlari 5— 
10 m chuqurlikda, agar qamish o’sayotgan joy bo’lsa, yer osti suvlari 1,5—2 m 
chuqurlikda ekanligi va tuproqlar o’rtacha sho’rlan-ganligi haqida xulosa 
chiqariladi. 
Shunday qilib, dala sharoitida landshaftlar o’rganilayotganda o’simlik, tuproq va 
relefning xususiyatlariga e’tibor berilsa, boshqa komponentlar to’g’risida, ya’ni 
qaysi o’simlik qoplami keyinchalik eng ko’p tarqalishini ham bashorat qilish 
mumkin. 
Geografik o’xshatish usuli. Bu usulda biror hududda bo’lgan o’zgarishlarni 
o’rganish asosida xuddi shunday o’zgarishlar boshqa shunga o’xshash hududlarda 
ham sodir bo’lishi mumkinligi bashorat qilinadi. 
O’xshatish usulini qo’llashning asosiy shartlaridan bin o’xshatish 
o’lchamlarining mos kelishidir. O’xshatish o’lchamlari quyidagilarni o’z ichiga 
oladi: 
1) relef sharoitining o’xshashligi. Bunda ikkala hudud ham bir xil relef 
shaklida joylashgan bo’lishi lozim (daryo vodiysi, tekislik, botiq, yonbag’ir, 
balandlik); 


2) tog’ jinslari va ular xossalarining o’xshashligi. Ikkala hudud ham deyarli 
bir xil xossaga (suv o’tkazadigan, suv o’tkazmaydigan, yoriqsiz, yoriqli, gilli, 
qumli, qoyali), bir xil genezisga ega (cho’kindi, metamornk, magmatik) tog’ 
jinslaridan iborat bo’lishi lozim; 
3) tuproqlari va ularning qalinligi, xossalari bir xil bo’lishi lozim (masalan, 
to’q bo’z tuproqlar); 
4) o’simlik qoplamining o’xshashligi; 
5) hayvonot dunyosining o’xshashligi; 
6) insonning tabiatga ta’sirining o’xshashligi (suv ombori, kon, shahar, 
ekinzorlar, bog’lar, to’g’onlar, yo’llar, kanallar va h.k.). 
Ushbu usul ko’proq aniq bir muhandislik inshootlarining tabiatga ta’sirini 
bashoratlashda qo’Uaniladi. Masalan, tekislikda avval qazilgan foydali qazilma 
konining tabiiy muhitga ko’rsatgan ta’sirini tahlil qilish bilan xuddi shunday 
sharoitdagi boshqa joyda qazib olinayotgan foydali qazilma konining tabiiy 
muhitga ta’sirini bashoratlashda o’xshatish usulini qo’llash mumkin. 

Download 299.35 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling