Amaliy geografiyada prognozlashtirish (2-soat)
O’zbekiston tabiat komplekslarining o’zgarishini bashoratlash
Download 299.35 Kb. Pdf ko'rish
|
AG MA\'RUZA 10
- Bu sahifa navigatsiya:
- Nazorat savollari.
O’zbekiston tabiat komplekslarining o’zgarishini bashoratlash
O’zbekistonda shakllangan tabiat komplekslari rivojlanishi va tuzilishining asosiy qonuniyatlarini, ularda vujudga keladigan tabiiy geografik jarayonlarni, inson faoliyati ta’sirida ro’y beradigan o’zgarishlarni o’rganish asosida kelajakdagi o’zgarishlarning asosiy yo’nalishlarini bashorat qilish mumkin. O’zbekistonda asosan tekislik, tog’ oldi va tog’ tabiat komplekslari tarqalganligi uchun bashoratlash ishlari ikki yo’nalishda olib borilishi lozim. O’zbekistonda tekislik tabiat komplekslaridan hozirgi paytda asosan chorvachilik va sug’orma dehqonchilik maqsadlarida foydalaniladi. Cho’l yaylovlaridan ham turlicha foydalaniladi. Qizilqum, Qamob va Surxondaryo yaylovlaridan yuqori darajada foydalanilsa, Ustyurt platosi, Qizilqumning shimoli g’arbi, Orol dengizining qurigan qis-midagi yaylovlardan umuman foydalanilmaydi. Ustyurt platosi hozirgi paytda, asosan, inson faoliyati ta’sirida o’zgarmoqda. Bu erda geologik-qidiruv ishlari, yo’l qurilishi, gaz quvurlarining yotqizilishi, ayrim joylarda muhandislik inshootlarining qurilishi inson xo’jalik faoliyatining asosi hisoblanadi. Kelajakda gaz va neft konlarining qidirilishi va ularning ishga tu-shirilishi, yo’llarning qurilishi, aholi manzilgohlarining barpo qilinishi munosabati bilan texnogen eroziya keng rivojlanishi mumkin. Tog’ oldi va tog’ tabiat komplekslarida insonning mehnat faoliyati juda xilma-xilligi bilan ajralib turadi. Tog’ oldi tabiat komplekslari kuchli o’zgargan, adirlar va pasttog’lar kamroq o’zgargan, o’rta-cha va baland tog’lar tabiat komplekslari kuchsiz o’zgargan hisoblanadi Tog’ oldi tekisliklarining tabiat komplekslari o’zgarishining bashoratini Mirzacho’l misolida ko’rib chiqamiz. Mirzacho’lning deyarli barcha erlari o’zlashtirib bo’lingan. Mirzacho’ldagi tabiat komplekslarining kelajakdagi o’zgarishini bashoratlashda er osti suvlari sathi, ularning minerallashish darajasi hisobga olinmog’i lozim. Mirzacho’l erlaridan doi-miy yuqori hosil olish uchun er osti suvlari sathining 2,5 m chuqurlikda va ularning minerallashish darajasini 3-5 g miqdorida ushlab turish lozim. Shunda sho’rlanish jarayoni ro’y bermaydi. Buning uchun vertikal va gorizontal zovurlar yaxshi ishlashi, erni yuvish ishlari vaqtida olib borilishi lozim. Aks holda er osti suvlari sathining ko’tarilishi va ularning bug’lanishi natijasida erlar sho’rlanib ketadi va ishdan chiqadi. Tog’-kon sanoati rivojlangan hududlarda tabiat komplekslarining o’zgarishini bashoratlashda quyidagilarga e’tibor beriladi: a) konning maydoni va loyihadagi chuqurligi; b) konni qazib olish usuli (yopiq yoki ochiq tarzda); d) kondan va qayta ishlovchi korxonalardan chiqadigan chiqindilarning yillik miqdori va ular egallaydigan maydon; e) konni qazib olish jarayonida ro’y berishi mumkin bo’lgan noxush tabiiy geografik jarayonlar; f) konni qazib olish jarayonida tuproq, o’simlik, suv va hayvonot dunyosining o’zgarishi va h.k. Nazorat savollari. 1. Bashoratning qanday usullarini bilasiz? 2. Tizimlararo bashorat usuli qanday hollarda qo’llaniladi? 3. Landshaft-indikastiya usulining mazmuni nimadan iborat? 4. O’xshatish usuli qanday hollarda qo’llanadi? 5. O’zingiz yashab turgan joyda bir-biriga o’xshash va bir xil sharoitda joylashgan inshootlar ro’yxatini tuzing. 6 Bashroat qanday turlarga bo’linadi? 7.uumsayyoraviy bashoratlarning asosiy maqsadi nimadan iborat? 8. Mintaqaviy bashoratlar deb nimaga aytiladi? 9. Mahalliy geografik bashoratlar qanday amalga oshiriladi? Download 299.35 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling