Amaliy ish №1 mavzu: ma’lumotlar bazasining axborot mantiqiy modelini qurish ishdan maqsad


-rasm. «Mohiyat-aloqa» diagrammalari


Download 181.04 Kb.
bet2/4
Sana16.06.2023
Hajmi181.04 Kb.
#1503917
1   2   3   4
Bog'liq
Amaliy ish №1 mavzu ma’lumotlar bazasining axborot mantiqiy mod

4-rasm.
«Mohiyat-aloqa» diagrammalari
Yuqoridagi 2-4-rasmlardagi chizmalarni yoki mohiyatlarni ular orasidagi aloqalar hamda aloqalarning maksimal kardinalligi ko‘rsatilgan holda maxsus chizma tarzida ifodalash «mohiyat-aloqa» diagrammalari yoki ER-diagrammalar (entity-relationship diagrams, ER-diagrams) deb ataladi. Bu diagrammalar standartlashtirilgan, lekin juda qat’iy ravishda emas. Bu standartga asosan mohiyatlar - to‘g‘ri to‘rtburchaklar, atributlar - ellipslar, aloqalarning nomi - romblar ichida tasvirlanadi.
Ba’zan birlik aloqalar , ko‘plik aloqalar esa shaklda belgilanadi.
«Mohiyat-aloqa» diagrammasining elementlaridan tuzilgan, mahsulotning sotuvchigacha bo‘lgan ma’lumotlar bazasining modeliga misol 2- rasmda keltirilgan.
Undagi diagrammadan ko‘rinib turibdiki, BUYURTMA va MAXSULOT mohiyatlari mos ravishda beshtadan atributga - Buyurtma_№, Mijoz, Sotuvchi_№, Buyurtmasummasi, Buyurtma sanasi; Buyurtma_№, Mahsulot_№, Miqdori, Narxi, Qiymati; SOTUVCHI mohiyati to‘rtta atributga - Sotuvchi_№, Familiya, Ism, Ota ismi; OMBOR mohiyati esa uchta atributga - Maxsulot_№, Miqdori, Narxi.
BUYURTMA-SOTUVCHI aloqasining maksimal kardinalligi N:l, BUYURTMA-MAXSULOT aloqasining maksimal kardinalligi 1:N, MAXSULOT-OMBOR aloqasining maksimal kardinalligi esa 1:1.

1:N

TOBE-XODIM
Agarda mohiyatning atributlari ko‘p bo‘lsa, tasvir ancha murakkablashib qabul qilish qiyinlashadi.

XODIM

rasm.

5-rasm
Mohiyatni zaiflar toifasiga kiritish uchun, u mantiqan boshqa mohiyatga bog‘liq bo‘lishi kerak. Ayrim holatlarda USTOZ va TALABA mohiyatlar orasidagi aloqadan kelib chiqqan holda, TALABA mohiyati zaif deb hisoblanadi, chunki talabaning ustozi bo‘lishi kerak va u ma’lumotlar bazasiga faqat USTOZ sinfiga tegishli mohiyatlardan biri bilan aloqada bo’lishi kerak, deb yuritiladi. Lekin talaba tizik va mantiqiy jihatdan ham ustozi bilan bog‘lanmagan, shuning uchun ham TALABA mohiyati kuchli mohi­yat hisoblanadi. Talaba ish tartibi yo‘l qo‘ymasa ham, mantiqiy jihatdan ustozsiz ham mavjud bo‘lishi mumkin.
Ushbu tasdiqni yanada yaxshi namoyish qilish uchun bir nechta misollami ko'ramiz. Faraz qilaylik, ta'limga oid ma’lumotlar bazasi FAN NOMI va REYT1NG BALI mohiyatlarini o‘z ichiga olgan bo'lsin va ular orasida aloqa o'matilgan bo’lsin (6-rasm). REYTING BALI mohiyatining ixtiyoriy nusxasi FAN NOMI sinfidagi mohiyat bilan albatta aloqada bo‘lishi mantiqan shart, chunki reyting bali o‘z holicha mavjud bo‘la olmaydi, lekin ixtiyoriy fan reyting balisiz ham mavjud. Demak, FAN NOMI mohiyati kuchli, REYTING BALI mohiyati esa zaif mohiyat.

Fan_nomi

1:N

Reyting_bali

6-rasm.

Endi BEMOR va RETSEPT mohiyatlari orasidagi 7-rasmdagi diag- rammaga e’tibor beraylik. Retsept bemorsiz mantiqan mavjud emas. RETSEPT mohiyatining minimal (cardinal soni birga teng bo‘lsa ham, u BEMOR mohiyatisiz mavjud bo’la olmaydi. Demak, RETSEPT zaif, BEMOR esa kuchli mohiyat.

BEMOR

1:N

RETSEPT

7-rasm
7-


BUYURTMA va SOTUVCHI mohiyatlari orasidagi aloqani ko‘rib chiqaylik (8-rasm). SOTUVCHI mohiyatining minimal kardinalligi 1, bu mantiqiy zaruratdan emas, balki ish tartibidan kclib chiqqan holda shunday bo‘ladi. Buyurtmani huquqiy shaxs ham berishi mumkin. Shunday ekan, demak, BUYURTMA mohiyati SOTUVCHI mohiyatisiz ham mavjud bo'lishi mumkin. Xulosa, BUYURTMA va SOTUVCHI mohiyatlarining ikkalasi ham kuchli



SOTUVCHI

N:M

BUYURTMA

8-rasm
Atribut domeni


Bir yoki bir nechta atributning qabul qilishi mumkin bo‘lgan qiymatlar to‘plami, atribut domeni deb ataladi. Har bir atribut domen deb atalmish, qiymatlar to‘plami bilan bog‘langan.

9-rasm.

Domen, atribut qabul qilishi mumkin bo‘lgan, hamma qiymatlami aniqlaydi. Domenning bu ta’rifi berilganlaming relatsion modelida keltirilgan ta’rifga o‘xshash. Masalan, ko‘chmas mulk obyektidagi xonalar soni l tadan 25 tagacha bolishi mumkin desak, demak, tegishli atributning turidagi qiymatlar birdan yigirma beshgacha bo’lgan butun sondan iborat bo’ladi. Turli atributlar bitta domendan birgalikda foydalanishi mumkin. Domenlar, shuningdek, boshqa domenlaming kombinatsiyasidan ham tuzilishi mum­kin. Berilganlaming to‘liq yaratilgan modeli har bir atributning domenlarini o‘z ichiga olgan holda ER-modelda tasvirlanadi.


Bo’linmas atributlar oddiy, bo'linuvchi atributlar esa tarkibli hisoblanadi. Masalan, Maosh atributi oddiy atribut, Manzil atributi esa tarkibli atribut, chunki uni bir nechta tobe atributlarga ajratish mumkin.
Talabalar o‘quv loyihasini modellashtirish
Berilganlami modellashtirish uchun vazifani predmet sohani tahlil qilishdan boshlash kerak. Biz, predmet soha sifatida respublikamiz hududidagi ixtiyoriy oliy ta’lim muassasasini olishimiz mumkin. Chunki, yaratilgan modelimizni ixtiyoriy oliy ta’lim muassasiga amaliyotda tatbiq etish mumkin.
Oliy ta’lim ikki bosqichdan iboratligini inobatga olgan holda, biz bakalavriatda tahsil oluvchi talabalar misolida o’quv loyihamizning «mohiyat-aloqa» modelini yaratamiz. Oliy o’quv yurti tuzilishining talabalar bilan bog‘liq jihatlarining eng asosiylarini «mohiyat-aloqa» modeli tarkibiga kiritamiz.
Yuqoridagi maqsadga binoan, oliy o’quv yurtidagi bakalavriat talabalari ma’lum bir yo‘nalish bo‘yicha ta’lim oladilar. Yo’nalishlar ro‘yxati, Oliy ta’limning Davlat ta’lim standard - Oliy ta’lim yo’nalishlari va mutaxassisliklari klassifikatoriga asosan belgilanadi. Har bir yo’nalish oliy ta’lim muassasasidagi birorta fakultet bilan bog‘langan. Bakalavriatdagi talabalar 4 yil tahsil oladilar. Ta’lim olish jarayoni sakkizta semestrni tashkil qiladi. Har bir semestrda, davlat ta’lim standartiga asosan, har bir yo‘nalish hamda ma’lum fanlar bo’yicha darslar o‘tiladi va talabalaming reyting natijalari qayd etiladi. Har bir fan bo’yicha kamida bitta professor-o’qituvchi dars jarayonini olib boradi. Talabalar yo’nalishlar bo‘yicha kurslari kamida bitta guruhni tashkil etadi. Talabalar grant yoki shartnoma-to‘lov asosida tahsil oladilar. Talabalaming o‘qishga kirgan sanalari rektorning buyrug’i asosida qayd etiladi. Talabalar o‘z uylarida, talabalar uyida yoki boshqa joyda yashab o’qishlari mumkin. Har bir o‘quv yilining boshida, talabalami avtomatik tarzda kursdan kursga ko'chirish va bakalavriyatni bitirgan talabalarni tizim arxiviga (maxsus bazaga) o’tkazish kerak. Birinchi kursga qabul qilingan talabalami «Abituriyent» berilganlar bazasidan avtomatik tarzda o’tkazish kerak bo'lsin.
Ana shu to'liq ma’lumotlami tahlil qilish asosida, biz modelimizdagi asosiy omillarni turlicha nisbiy yondoshuv asosida ajratib olamiz.
Biz fakultetlarni asosiy omil sifatida olsak, fakultetlar kesimida model Birinchi nisbiy yondoshuv qurishimiz kerak bo‘ladi. Bu albatta eng quluy. lekin bazalaming soni birmuncha ko‘p bo‘ladi. Ushbu omil asosida yaratilgan modelning uslunligi, har bir fakultet dekanati faqatgina o'zining talabalari ustidagi amallarni bajarish imkoniyatiga ega bo’ladi Oliy o'quv yurtidagi umumiy natijalami boshqa fakultet dekanati ko‘ra olmaydi va umumiy tahlil ham qila olmaydi, faqatgina o‘ziga tegishli fakultet talabalari bo'yicha o‘quv yili yoki semestr natijalarini olish va tahlil qilish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Ushbu yondashuv ko‘p miqdordagi talabalarga ega bo‘lgan oliy o‘quv yurtlari uchun yaratiladigan berilganlar bazasini boshqarish tizimining modeli, deb qabul qilsak bo‘ladi.

Download 181.04 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling